Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 22 bob

1 Hayot daryosi. 6 Iso kelyapti.

1 Farishta menga billurday tiniq, hayotbaxsh suvlar daryosini ko‘rsatdi. Bu daryo Xudoning va Qo‘zining taxtidan chiqib,
2 shahar ko‘chasi bo‘ylab oqayotgan edi. Daryoning ikkala qirg‘og‘ida ham hayot daraxti bor edi. Bu daraxt yilda o‘n ikki marta, har oy hosil beradi. Daraxtning barglari xalqlarga shifo baxsh etadi.
3 La’nat degan narsa u yerda qolmaydi. Shaharda Xudoning va Qo‘zining taxti bo‘ladi, Xudoning qullari Unga xizmat qiladi.
4 Ular Xudoning jamolini ko‘radi. Xudoning ismi ularning peshanalariga yoziladi.
5 U yerda boshqa tun bo‘lmaydi. Chiroqqa ham, quyoshga ham ehtiyoj qolmaydi. Axir, Egamiz Xudo ularga nur sochadi, ular esa to abad hukmronlik qiladi.
6 Farishta menga shunday dedi: — Bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir. Payg‘ambarlarni ruhlantirgan Egamiz Xudo O‘z qullari oldiga farishtasini yubordi. Toki farishta yaqin orada yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqealarni ularga bildirsin.
7 “Men tezda kelaman! Bu kitobning bashorat so‘zlariga Amal qilganlar baxtlidir!”
8 Men, Yuhanno, bularni ko‘rdim va eshitdim. Bularni ko‘rib eshitganimdan keyin, bu narsalarni menga ko‘rsatgan farishtaga sajda qilmoqchi bo‘lib, o‘zimni uning oyoqlariga tashladim.
9 Ammo u menga dedi: — Zinhor bu ishni qilma! Men sening hamkoringman, shuningdek payg‘ambar birodarlaringning va bu kitobdagi so‘zlarga rioya qiluvchilarning hamkoriman. Xudoga sajda qil!
10 Keyin menga yana shunday dedi: — Bu kitobning bashorat so‘zlarini sir saqlama, chunki vaqt yaqindir.
11 Badkirdorlar yomonligini qilaversin. Ifloslar iflosligini davom ettiraversin. Solihlar esa to‘g‘ri ish qilishdan to‘xtamasin, muqaddas odamlar o‘zini muqaddas saqlasin.
12 “Men tez kelaman, mukofotim O‘zim bilan. Har kimga qilmishiga yarashasini beraman.
13 Men Ibtido va Intihodirman, Birinchi va Oxirgi, Boshi va Poyonidirman.”
14 Kiyimlarini yuvganlar naqadar baxtlidir! Ular hayot daraxti mevasidan yeyishga, shahar darvozalaridan kirishga haqli bo‘ladilar.
15 Hamma “ko‘ppaklar” esa: jodugarlar, buzuqlar, qotillar, butparastlar, yolg‘onga ruju qo‘yib, hiyla ishlatganlar tashqarida qoladilar.
16 “Men, Iso, O‘z farishtamni oldingizga yubordim, Toki u bular to‘g‘risida jamoatlarimga shahodat bersin. Men Dovud ildizidan chiqqan Zotdirman, uning zurriyotiman, Yorug‘ tong yulduziman.”
17 Ruh ham, kelin ham: “Kel!” — deb chorlayapti. Eshitgan kishi ham: “Kel!” — deb aytsin. Kim chanqagan bo‘lsa, kelsin. Kim xohlasa, hayotbaxsh suvdan tekin bahra olsin.
18 Bu kitobning bashorat so‘zlarini eshituvchi har bir kishini ogohlantiraman: kimda–kim bu so‘zlarga biror narsa qo‘shsa, Xudo ham o‘sha kishining jazosiga bu kitobda yozilgan balolarni qo‘shadi.
19 Kimda–kim bu kitobdagi bashorat so‘zlaridan birortasini chiqarib tashlasa, Xudo ham o‘sha kishini bu kitobda yozilgan hayot daraxtidan mahrum qilib, muqaddas shahardan chiqarib tashlaydi.
20 Bu gaplarning Shohidi: “Ha, Men tez kelaman!” — deb aytmoqda. Omin! Yo Rabbimiz Iso, kelgin!
21 Rabbimiz Isoning inoyati barchangizga yor bo‘lsin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18