2 Asirlikdan Quddusga qaytib kelgan xalq. 35 Shoh Shoulning nasl–nasabi.
Solnomalar (birinchi kitob) 9 bob
1 Shunday qilib, butun Isroil xalqi nasabnomada qayd etilib, bu ma’lumotlarning hammasi “Isroil shohlari kitobi”ga kiritilgan. Yahudo xalqi Egamizga kilgan bevafoligi uchun Bobilga surgun qilingan edi.
2 Birinchi bo‘lib surgundan o‘z shaharlaridagi mulklariga oddiy xalq qaytib keldi. Ular bilan birga ba’zi ruhoniylar, levilar va Ma’bad xizmatkorlari ham qaytishgandi.
3 Yahudo, Benyamin, Efrayim va Manashe qabilasidan bo‘lganlar Quddusga borib o‘rnashdilar. Qaytib kelganlar orasida quyidagilar bor edi:
4 Yahudo o‘g‘li Paraz naslidan bo‘lgan Utay. U Omihudning o‘g‘li, Omrining nabirasi, Imrining evarasi va Banixning chevarasi edi.
5 Shelo naslidan — Sheloning to‘ng‘ich o‘g‘li Osoyoh va uning o‘g‘illari,
6 Zerax naslidan — Yoval. Hammasi bo‘lib Yahudo qabilasidan Quddusga qaytib kelganlar 690 kishini tashkil qilar edi.
7 Benyamin qabilasidan quyidagilar Quddusga qaytib kelgan edilar: Mashullom o‘g‘li Sallu. U Xo‘daviyoning nevarasi va Xassinuvaning evarasi edi.
8 Yana Yeroxam o‘g‘li Yibnayo va Uzzi o‘g‘li Elox qaytib kelgan. Elox Mixrining nevarasi edi. Shafatiyo o‘g‘li Mashullom ham qaytib kelgan. U Ruvelning nevarasi va Yibniyoning evarasi edi.
9 Nasabnomaga kiritilgan Benyamin nasli 956 kishini tashkil qilgan edi. Yuqorida aytib o‘tilganlarning hammasi urug‘boshilar edi.
10 Quyidagi ruhoniylar Quddusga qaytib kelgan edilar: Yodayo, Yohayiriv va Yoxin.
11 Yana Xudo uyining bosh amaldori Ozariyo qaytib kelgan edi. U Xilqiyoning o‘g‘li, Mashullomning nevarasi, Zodo‘xning evarasi va Oxitob o‘g‘li Maroyo‘tning chevarasi edi.
12 Yeroxam o‘g‘li Odayo ham qaytib kelgandi. U Peshxurning nevarasi va Malkiyoning evarasi edi. Odil o‘g‘li Masay ham qaytib kelgandi. U Yaxzironing nevarasi, Mashullomning evarasi va Immar o‘g‘li Mashillamatning chevarasi edi.
13 Hammasi bo‘lib 1760 ruhoniy qaytib kelgan edi. Ular urug‘boshilar bo‘lib, Xudoning uyida xizmat qilish uchun layoqatli edilar.
14 Quyidagi levilar Quddusga qaytib kelgan edilar: Xashshub o‘g‘li Shamayo. U Marori urug‘idan bo‘lib, Ozrikomning nevarasi, Xashaviyoning evarasi edi.
15 Yana Bog‘baqar, Xaresh, Galol va Mattaniyo qaytib kelgandi. Mattaniyo Mixaning o‘g‘li, Zixrining nevarasi va Osifning evarasi edi.
16 Shamayo o‘g‘li Obodiyo ham qaytib kelgandi. U Galolning nevarasi va Yodutunning evarasi edi. Oso o‘g‘li Barxiyo ham qaytib kelgandi. U Elqananing nabirasi bo‘lib, Natufo shahrining qishloqlarida yashagan edi.
17 Quddusga qaytib kelgan Ma’bad darvozabonlari quyidagilar edi: Shallum, Oqquv, Talmo‘n, Oximan va ularning qarindosh–urug‘lari. Shallum ularning boshlig‘i edi.
18 Ular bugungacha sharq tomondagi Shoh Darvozasida soqchilik qilib kelmoqdalar. Levilar qarorgohiga qarashli darvozabonlar shulardir.
19 Ebuasafning nabirasi Kori o‘g‘li Shallum va uning Ko‘rax urug‘idan bo‘lgan qarindoshlari Ma’badning darvozasida soqchilik qilganlar. Ularning ota–bobolari ham Egamizning chodiri kirishida soqchilik xizmatida bo‘lgan edilar.
20 Elazar o‘g‘li Finxaz ilgari ularning ustidan boshliq edi. Egamiz u bilan birga edi.
21 Mashalmiyo o‘g‘li Zakariyo ham Uchrashuv chodirining eshigida soqchilik qilgan edi.
22 O‘sha kunlarda darvozani qo‘riqlash uchun hammasi bo‘lib 212 darvozabon tanlab olingan edi. Ular o‘z qishloqlarida nasabnomalari bo‘yicha ro‘yxatga olingan edilar. Ularni bu mas’ul vazifaga shoh Dovud bilan Shomuil payg‘ambar tayinlagan edilar.
23 Bu darvozabonlar va ularning avlodlari Egamizning uyi eshiklarida soqchilik qilardilar.
24 Ular Egamiz uyining sharq, g‘arb, shimol va janub tomonidagi eshiklarini qo‘riqlar edilar.
25 Ularning qishloqlaridagi qarindoshlari aniq belgilangan bir muddatda kelib, ular bilan birga yetti kun davomida xizmat qilishga majbur edilar.
26 To‘rtta bosh darvozabon Levi qabilasidan edi. Ular Xudoning uyidagi omborxona va xazinalar uchun mas’ul edilar.
27 Xudoning uyini qo‘riqlash va ertalablari eshiklarini ochish ularning zimmasida bo‘lgani uchun, ular tunni Xudoning uyi yonida o‘tkazar edilar.
28 Ba’zi levilar Ma’bad xizmatida foydalanadigan asbob–anjomlar uchun mas’ul edilar. Ularning vazifasi asbob–anjomlarni ishlatishdan oldin va ishlatilgandan keyin sanash edi.
29 Levilarning ayrimlari jihozlarga, Muqaddas xonadagi boshqa buyumlarga hamda sifatli unga, sharobga, zaytun moyiga, tutatqiga va ziravorlarga mas’ul edilar.
30 Biroq ziravorlarning aralashmasini faqat ruhoniylar tayyorlay olar edilar.
31 Levilardan biri — Ko‘rax naslidan bo‘lgan Shallumning to‘ng‘ich o‘g‘li Mattitiyo nazr nonlarini pishirishga tayinlangan edi.
32 Uning Qohot naslidan bo‘lgan ba’zi birodarlari esa Shabbat kunixontaxtaga qo‘yiladigan muqaddas nonlarni tayyorlashga mas’ul edilar.
33 Levilarning qo‘shiqchilari Ma’baddagi xonalarda yashar edilar. Ular urug‘boshilar bo‘lib, kechayu kunduz xizmatda bo‘lganlari uchun boshqa barcha vazifalardan ozod qilingan edilar.
34 Yuqorida nomlari aytilgan levilar urug‘boshilar bo‘lib, nasabnoma ro‘yxatiga boshliqlar sifatida kiritilgan edilar. Ular Quddusda yashardilar.
35 Yaviyol Givon shahrini qurib, o‘sha shaharda o‘rnashdi. Xotinining ismi Maxo,
36 to‘ng‘ich o‘g‘lining ismi Abdo‘n, keyingilariniki Zur, Kish, Baal, Nar, Nadov,
37 Gado‘r, Oxyo, Zakariyo va Mixlo‘t edi.
38 Mixlo‘t Shimomning otasi edi. Bularning nasli Quddusda o‘z urug‘lari bilan yonma–yon yashardi.
39 Nar — Kishning otasi, Kish shoh Shoulning otasi edi. Shoulning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Yo‘natan, Malkishuva, Abunadov va Eshbaal edi.
40 Yo‘natandan Maribaal tug‘ildi, Maribaaldan Mixo tug‘ildi.
41 Mixoning Pito‘n, Malek, Taxriya va Oxoz degan o‘g‘illari bor edi.
42 Oxozning Yorox ismli o‘g‘li bo‘lib, Yoroxning Elimat, Ozmobit va Zimri degan uch o‘g‘li bor edi. Zimridan Mo‘zo tug‘ildi,
43 Mo‘zodan Bina tug‘ildi, Binadan Rafiyo, Rafiyodan Elasax, Elasaxdan Oziyol tug‘ildilar.
44 Oziyolning oltita o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Oziyolning o‘g‘illari ana shular edilar.