Solnomalar (birinchi kitob) 18 bob

1 Dovudning jangdagi g‘alabalari.

1 Birmuncha vaqt o‘tgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni mag‘lub qildi. Gat shahri va uning atrofidagi qishloqlarni Filistlardan tortib oldi.
2 So‘ng Mo‘ab xalqini ham mag‘lub qildi. Mo‘ab xalqi Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi.
3 Zo‘vo shohi Hadadzar Furot daryosi bo‘ylariga yurish qilib, o‘sha yerlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoqchi bo‘lgan bir paytda Dovud unga hujum qildi. Dovud Hadadzarni Xomat shahri yonida tor–mor etdi.
4 Hadadzarning 1.000 jang aravasini, 7.000 otliq va 20.000 piyoda sipohini asirga oldi. O‘zining 100 jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.
5 Damashqdagi Oram xalqi Zo‘vo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini o‘ldirdi.
6 So‘ng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga o‘zining qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘ldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.
7 Dovud Hadadzarning a’yonlari ko‘tarib yuradigan oltin qalqonlarni tortib olib, Quddusga keltirdi.
8 Yana Hadadzarning qo‘li ostidagi shaharlari bo‘lgan Tivxat va Xundan ko‘p bronza olib ketdi. Keyinchalik Sulaymon bu bronzadan hovuz, ustunlar va har xil ashyolar yasattirdi.
9 Xomat shohi To‘vu “Dovud Hadadzarning hamma lashkarini mag‘lub qilibdi”, degan xabarni eshitib qoldi.
10 To‘vu shoh Dovudning huzuriga o‘g‘li Hadoramni yuborib, qutladi, jangda Hadadzardan g‘olib kelgani uchun Dovudni olqishladi. To‘vu Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. U Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni tortiq qilib yubordi.
11 Shoh Dovud bu in’omlarni boshqa yurtlardan — Edom, Mo‘ab, Ommon, Filist va Omolekdan tortib olib kelgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizganazr qildi.
12 Zeruya o‘g‘li Abushay Tuz vodiysida Edom xalqidan 18.000 kishini halok qildi.
13 U Edom yurtiga o‘z qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram bo‘ldi. Dovud qayerga borsa, Egamiz uni zafarga erishtirdi
14 Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi.
15 Zeruya o‘g‘li Yo‘ab — lashkarboshi, Oxilud o‘g‘li Yohushafat mushovir edi.
16 Oxitob o‘g‘li Zodo‘x bilan Abuatar o‘g‘li Oximalek — ruhoniy, Shavsho mirza edi.
17 Yohayido o‘g‘li Binayo Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarning boshlig‘i edi. Dovudning o‘g‘illari saroyda yuksak lavozimdagi a’yonlar edilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18