Solnomalar (birinchi kitob) 12 bob

1 Dovudning Benyamin qabilasidan ilk izdoshlari. 8 Dovudning Gad qabilasidan izdoshlari. 16 Benyamin va Yahudo qabilasidan chiqqan izdoshlar. 19 Manashe qabilasidan chiqqan izdoshlar. 23 Dovud lashkarining ro‘yxati.

1 Birmuncha vaqt oldin Dovud shoh Shouldan qochib, Zixlax shahrida yashab yurgan paytda ba’zi bahodir jangchilar unga qo‘shilgan edilar. Urushlarda Dovud tomonida jang qilgan bu jangchilar
2 Benyamin qabilasidan, Shoulning qarindosh–urug‘laridan edilar. Ular mohir kamonchilar bo‘lib, ham o‘ng, ham chap qo‘li bilan o‘q va toshlarni otar edilar.
3 Ularning bosh sardori Givolik Shamoning o‘g‘li Oxazar edi. Uning ukasi Yo‘sh sardorning o‘ng qo‘l yordamchisi edi. Quyidagilar esa jangchilar edi: Ozmobitning o‘g‘illari — Yiziyol va Palat, Baraka va Onoto‘tlik Yohu,
4 “O‘ttiz qahramonning” sardori va mohir jangchisi — Givonlik Yishmayo, Yeremiyo, Yaxaziyol, Yo‘xanon, Gederalik Yo‘zabad,
5 Eluzay, Yarimo‘t, Boliyo, Shamariyo va Xaruflik Shafatiyo,
6 Ko‘rax naslidan — Elqana, Ishshiyo, Ozariyol, Yo‘azar va Yoshuvam,
7 Gado‘rlik Yeroxamning o‘g‘illari — Yo‘elax va Zabadiyo.
8 Gad qabilasidan ba’zilari Dovudga qo‘shilmoqchi bo‘lib, adirlardagi pana joylarga bordilar. Ular tajribali bahodir jangchilar bo‘lib, qalqon va nayzani ustalik bilan ishlatardilar. Sherday jasur, tog‘lardagi kiyikday chaqqon edilar.
9 Eyzar ularning bosh sardori bo‘lib, ikkinchisi — Obodiyo, uchinchisi — Eliyob,
10 to‘rtinchisi — Mishmanax, beshinchisi — Yeremiyo,
11 oltinchisi — Attay, yettinchisi — Eliel,
12 sakkizinchisi — Yo‘xanon, to‘qqizinchisi — Elzabad,
13 o‘ninchisi — Yeremiyo, o‘n birinchisi Maxbannay edi.
14 Gad qabilasidan bo‘lgan bu jangchilar sardorlar bo‘lib, orasidagi eng zaifi yuz kishiga, eng kuchlisi esa ming kishiga bas kelar edi.
15 Ular Iordan daryosining toshqin mavsumida — yilning birinchi oyida daryodan kechib o‘tib, sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlardagi vodiylarda yashaydigan xalqni quvib chiqargan edilar.
16 Bir kuni Benyamin va Yahudo qabilasidan ba’zilar adirlardagi pana joylarga, Dovudning yoniga keldilar.
17 Dovud ularni kutib olgani chiqib, ularga aytdi: “Agar bu yerga tinchlik bilan, menga yordam bergani kelgan bo‘lsangiz, qatorimizga marhamat qilinglar. Bordi–yu, meni dushmanlarim qo‘liga topshirmoqchi bo‘lib kelgan bo‘lsangiz, ota–bobolarimizning Xudosi buni ko‘rib jazoingizni bersin. Men sizlarga hech qanday yomonlik qilganim yo‘q.”
18 Shunda “O‘ttizta qahramon”ning sardori Emosayni Xudoning Ruhi qamrab oldi va Emosay gapira boshladi: “Biz siznikimiz, ey Dovud! Siz tomondamiz, Ey Essay o‘g‘li! Omon bo‘ling, iloyim omon bo‘ling! Sizga yordam berganlar ham omon bo‘lsin! Sizni qo‘llagan Xudoyingizning O‘zidir.” Dovud ularni qatoriga qo‘shib, lashkarining sardorlari qilib tayinladi.
19 Dovud Filistlarga qo‘shilib, Shoulga qarshi urushga otlanganda, Manashe qabilasidan ba’zilari Dovud tomonga o‘tib olgan edilar. Biroq natijada Dovud Filistlar tomonida jang qila olmagan edi, chunki Filist beklari maslahatlashib: “Agar Dovud o‘z xo‘jayini Shoul tomonga o‘tib olsa, boshimiz ketadi”, deb uni orqaga qaytarib yuborgan edilar.
20 Dovud Zixlaxga qaytib ketayotganda, uning tomoniga Manashe qabilasidan quyidagilar o‘tib olgan edilar: Adnax, Yo‘zabad, Yodiyol, Mikoyil, Yo‘zabad, Elixu, Zillatay. Ular Manashe qabilasining mingboshilari hamda
21 bahodir jangchilari bo‘lganlari uchun Dovud ularni o‘z lashkari ustidan lashkarboshilar qilib tayinladi. Ular bosqinchi to‘dalarni yo‘q qilishda Dovudga yordam bergan edilar.
22 Kundan kunga Dovudga qo‘shilgan odamlarning soni ko‘payib borar edi. Natijada Xudoning lashkari singari buyuk bir lashkar hosil bo‘ldi.
23 Dovud Xevronda turgan paytda ko‘p mohir jangchilar kelib, uning lashkari qatoriga qo‘shilgan edilar. Egamizning so‘ziga binoan, Shoulning o‘rniga Dovudni taxtga o‘tqizmoqchi bo‘lgan o‘sha jangchilarning soni quyidagicha edi:
24 Yahudo qabilasidan qalqon va nayza bilan qurollangan 6.800 kishi.
25 Shimo‘n qabilasidan — 7.100 bahodir jangchi.
26 Levi qabilasidan — 4.600 kishi.
27 Bularning qatoriga Horun xonadonining yo‘lboshchisi Yohayido va uning 3.700 odami,
28 yosh jangchi Zodo‘x va uning urug‘idan 22 sardor ham kirgan edi.
29 Benyamin qabilasidan — Shoulga qarindosh bo‘lgan 3.000 kishi. Benyamin qabilasining ko‘pchiligi shu paytgacha Shoul xonadoniga sadoqatini saqlab kelgan edi.
30 Efrayim qabilasidan — o‘z urug‘ida dong taratgan 20.800 bahodir jangchi.
31 Iordan daryosining g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmidan — 18.000 kishi. Ular maxsus tanlab olingan bo‘lib, Dovudni shoh qilish maqsadi bilan Xevronga kelgan edilar.
32 Issaxor qabilasidan — 200 lashkarboshi va ularning qo‘l ostidagi odamlari. Bu lashkarboshilar Isroil xalqining nima qilishini va qachon qilishini yaxshi bilishar edi.
33 Zabulun qabilasidan — 50.000 mohir jangchi. Ular Dovudga cheksiz sadoqati bilan xizmat qilish uchun tish–tirnog‘igacha qurollanib, jangga tayyor bo‘lib kelgan edilar.
34 Naftali qabilasidan — 1.000 sardor hamda qalqon va nayza bilan qurollangan 37.000 kishi.
35 Dan qabilasidan — jangga tayyor 28.600 kishi.
36 Osher qabilasidan — jangga tayyor 40.000 mohir jangchi.
37 Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad qabilalaridan va Manashe qabilasining yarmidan — 120.000 kishi. Ular barcha jang aslahalari bilan qurollangan edilar.
38 Bu jangchilarning hammasi jangovar holatda bo‘lib, Dovudni butun Isroil ustidan shoh qilish maqsadida Xevronga kelgan edilar. Isroilning qolgan xalqi ham Dovudni shoh qilish maqsadiga qo‘shilgan edi.
39 Jangchilar Dovudning huzurida uch kun qolib, qarindoshlari tayyorlagan ozuqa ichimliklardan yeb, ziyofat qilishdi.
40 Shimoldagi Issaxor, Zabulun va Naftali qabilalarining olis hududlaridan ham odamlar kelishgan edi. Ular eshak, tuya, xachir, ho‘kizlarga yeguliklar ortib, bir talay un, anjir qoqisi, mayiz, sharob, zaytun moyi olib kelishgan edi. Bulardan tashqari, ko‘plab mol va qo‘ylarni yetaklab kelishgandi. Ha, butun Isroilda xursandchilik hukmron edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18