Solnomalar (birinchi kitob) 23 bob

2 Levilarning vazifasi.

1 Dovud rosa keksayib, umri oxirlashib qolgach, o‘g‘li Sulaymonni Isroil ustidan shoh qildi.
2 Dovud Isroilning hamma yo‘lboshchilarini, ruhoniylarini va levilarni to‘pladi.
3 U o‘ttiz va undan yuqori yoshdagi levilarni hisobladi. Ularning jami 38.000 erkak chiqdi.
4 Shunda Dovud aytdi: “Bulardan 24.000 tasi Egamizning uyidagi ishlar uchun mas’ul bo‘ladi, 6000 tasi amaldorlar va hakamlar bo‘lib xizmat qiladi,
5 4000 tasi darvozabon bo‘ladi, qolgan 4000 tasi esa men yasattirgan musiqiy asboblarni chalib, Egamizni madh qiladi.”
6 Dovud levilarni urug‘lariga ko‘ra, Gershon, Qohot va Marori guruhlariga bo‘ldi.
7 Gershonning Laden va Shimax degan ikki o‘g‘li bor edi.
8 Ladenning uchta o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi Yoxiyol, o‘rtanchasi Zatom va kenjasi Yo‘el edi.
9 Ular Laden naslining urug‘boshilari edilar. Shimaxning Shalumo‘t, Xaziyol va Xaron ismli uch o‘g‘li bor edi.
10 Keyinchalik Shimax yana to‘rt o‘g‘il ko‘rdi, ularning tartibi quyidagicha edi: Yaxat, Zenax, Yoush va Bariyo.
11 Yoush bilan Bariyoning o‘g‘illari kam bo‘lgani uchun, ular bitta xonadon hisoblanardilar.
12 Qohotning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
13 Imromning o‘g‘illari Horun va Muso edi. Horun Xudoga bag‘ishlangan bo‘lib, eng muqaddas ashyolar uchun mas’uliyat to abad uning va uning nasli zimmasiga yuklangan edi. Ular Egamizning huzurida qurbonliklar keltirishlari, Unga xizmat qilishlari va to abad Uning nomidan xalqni duo qilishlari kerak edi.
14 Xudoning odami Musoga kelsak, uning o‘g‘illari Levi qabilasining bir qismi hisoblanardi.
15 Musoning Gershom va Eliazar degan ikki o‘g‘li bor edi.
16 Gershomning o‘g‘illari orasida Shavuvol to‘ng‘ichi edi.
17 Eliazarning to‘ng‘ich farzandi Raxaviyo edi. Eliazarning undan bo‘lak o‘g‘illari bo‘lmasa–da, Raxaviyoning o‘g‘illari nihoyatda ko‘p edi.
18 Qohotning ikkinchi o‘g‘li Izxor ham o‘g‘illar ko‘rgan edi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Shalumit edi.
19 Qohotning uchinchi o‘g‘li Xevron to‘rt o‘g‘il ko‘rgan edi. To‘ng‘ich o‘g‘lining ismi Yoriyo, keyingilarniki Emoriyo, Yaxaziyol va Yoxamom edi.
20 Qohotning kenja o‘g‘li Uziyolning ikki o‘g‘li bor edi: to‘ng‘ichi Mixo va kenjasi Ishshiyo.
21 Marorining Maxli va Mushi degan ikkita o‘g‘li bor edi. Maxlining Elazar va Kish ismli ikkita o‘g‘li bor edi.
22 Elazar o‘g‘il ko‘rmay o‘tib ketdi. Undan faqat qizlar tug‘ildi. Uning qizlari o‘zlarining amakivachchalari — Kishning o‘g‘illariga turmushga chiqdilar.
23 Mushining Maxli, Eder va Yorimo‘t ismli uch o‘g‘li bor edi.
24 Xullas, levilarning nomma–nom ro‘yxatga kiritilgan avlodlari, ularning urug‘ va xonadonlari shulardan iborat edi. Yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar Egamizning uyidagi xizmatga tayinlangan edilar.
25 Dovud shunday degan edi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z xalqiga tinchlik ato qildi. Endi U Quddusda abadiy istiqomat qiladi.
26 Shunday ekan, bundan buyon levilar Egamizning chodirini yoki unda ishlatiladigan ashyolarni ko‘tarib yurishlari shart emas.”
27 Dovudning oxirgi farmoniga ko‘ra, yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar ro‘yxatga olingan edilar.
28 Levilarning vazifasi Egamizning uyidagi xizmatda Horun nasliga yordam berish edi. Bularning ichiga: hovli va yon xonalarga mas’ul bo‘lish, muqaddas narsalarni poklash va Egamizning uyidagi har qanday boshqa yumushlarni bajarish kirar edi.
29 Shuningdek, levilar Egamiz huzuridagi xontaxta ustiga qo‘yiladigan nonlar, don nazri uchun sifatli un, xamirturushsiz chalpaklar, pishirib tayyorlanadigan nazrlar, zaytun moyi aralashtirilgan nazrlar, nazrlarning og‘irligi, soni va hajmi uchun mas’ul edilar.
30 Har kuni ertalab va kechqurun ular Ma’badda Egamizga shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylashlari kerak edi.
31 Shabbat kunlari, yangi oy va boshqa belgilangan bayramlarda qurbonliklar kuydirilganda ham shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylash ularning zimmasida edi. Egamizning huzurida doimo xizmat qilayotgan levilarning soni qoidaga muvofiq bo‘lishi shart edi.
32 Demak, levilar Uchrashuv chodiri va Ma’bad uchun mas’ul bo‘lib, Egamizning uyida xizmat qilgan o‘z qarindoshlari — Horun nasliga yordam berishlari kerak edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак