Solnomalar (birinchi kitob) 29 bob

1 Ma’bad qurilishi uchun hadyalar. 10 Dovud Xudoni madh qiladi. 26 Dovud hukmronligining so‘nggi paytlari.

1 Shoh Dovud butun jamoaga shunday dedi: “Xudo tanlagan o‘g‘lim Sulaymon hali yosh, tajribasiz, qiladigan ishi esa ulkandir, chunki bu koshona inson uchun emas, balki Egamiz Xudo uchundir.
2 Egamiz uyining qurilishi uchun men qo‘limdan kelganicha oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och, aqiq toshlar, bezak uchun firuza toshlar, rango–rang toshlar, har xil qimmatbaho toshlar va marmar yig‘dim.
3 Endi esa, Xudoyimning uyiga bo‘lgan sadoqatimni ko‘rsatib, bularga qo‘shimcha qilgan holda shaxsiy xazinamdagi oltin va kumushni beraman.
4 Men berayotgan mana bu 6.000 pud Ofir oltinini va 14.000 pud toza kumushni binolarning devorlarini qoplash uchun
5 hamda hunarmandlar yasaydigan ashyolar uchun ishlatinglar. Qani, yana kim bugun Egamizga o‘z sadoqatini ko‘rsatmoqchi? Kim Ma’badning qurilishiga nazrlar bermoqchi?”
6 Shunda urug‘boshilar, qabila yo‘lboshchilari, mingboshilar, yuzboshilar va shohning a’yonlari ko‘ngildan chiqarib nazrlar berdilar.
7 Ular Xudo uyining qurilishi uchun 10.000 pud oltin, 10.000 draxma oltin, 20.000 pud kumush, 36.000 pud bronza va 200.000 pud temir nazr qildilar.
8 Kimda qimmatbaho toshlar bo‘lsa, ularni Egamizning uyi xazinasiga berdilar. Xazinaga Gershon naslidan bo‘lgan Yoxiyol mas’ul edi.
9 Odamlar yo‘lboshchilarning bergan bu hadyalari uchun sevindilar, chunki ular ko‘ngildan chiqarib bergan bu nazrlarini yakdillik bilan Egamizga keltirgan edilar. Shoh Dovud ham juda xursand bo‘ldi.
10 Dovud butun jamoaning ko‘zi oldida Egamizga hamdu sano o‘qidi: “Ey bobomiz Yoqubning Xudosi — Egamiz! Senga to abad hamdu sanolar bo‘lsin!
11 Ey Egamiz! Sen buyuk, qudratli, shuhratli, salobatli va ulug‘dirsan. Zotan yeru osmondagi barcha narsa Senikidir. Ey Egamiz! Sen Shohsan. Sen har narsadan yuksaksan.
12 Boylik va shon–sharafning manbayi Sensan. Ha, Sen hamma narsa ustidan hukmronsan. Kuch–qudrat egasi O‘zingsan. Odamlarni yuksaltiradigan, ularga kuch beradigan Sensan.
13 Endi, ey Xudoyimiz, biz Senga shukrlar aytamiz, Sening ulug‘ nomingni madh qilamiz.
14 Lekin men kim bo‘libman, mening xalqim nima bo‘libdiki, biz ko‘ngildan chiqarib Senga nazr qila oladigan bo‘lsak? Axir, hamma narsa Sendan kelgan! Biz bugun bor–yo‘g‘i Sening narsangni O‘zingga qaytarib berdik, xolos.
15 Biz Sening oldingda, ota–bobolarimiz singari musofiru mehmonmiz. Bizning umrimiz soyaday izsiz o‘tib ketadi.
16 Ey Egamiz Xudo! Biz Sening muqaddas ismingga atab uy barpo qilish uchun yiqqan mana shu boyliklarning hammasi Sendan kelgan. Ha, hammasi O‘zingnikidir.
17 Ey Xudoyim! Bilaman, Sen yurakni sinaysan, to‘g‘ri odamdan xushnud bo‘lasan. Mana shu nazrlarni men Senga chin dildan, ko‘nglimdan chiqarib berdim. Hozir esa shu yerda turgan xalqing ham nazrlarini Senga xursandchilik bilan ataganini ko‘rdim.
18 Ey ota– bobolarimiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egamiz! Xalqingning yuragidagi bu niyatu maqsadlarini to abad saqla, ularning yuragini O‘zingga bur.
19 O‘g‘lim Sulaymon Sening amrlaring, shartlaring va qonunlaringga rioya qila olishi uchun va men hozirligini ko‘rib qo‘ygan Ma’badni qura olishi uchun unga kuchli istak ato qilgin.”
20 Shundan keyin Dovud butun jamoaga: “Egamiz Xudoni olqishlang!” dedi. Ular ota–bobolarining Xudosi — Egamizni olqishladilar. Unga ta’zim qilib, Egamiz va shohning oldida muk tushdilar.
21 Ertasi kuni ular ming bosh buqa, ming bosh qo‘chqor va ming bosh qo‘zini Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qildilar. Bular bilan birga sharob nazrlarini va butun Isroil xalqi uchun bir talay boshqa qurbonliklarni keltirdilar.
22 O‘sha kuni jamiki Isroil xalqi katta xursandchilik bilan Egamiz huzurida yeb–ichdi. Ular Dovud o‘g‘li Sulaymonni ikkinchi marta shoh deb e’lon qildilar. So‘ng Sulaymon va Zodo‘xning boshlariga moy surtib, Sulaymonni Egamizning shahzodasi, Zodo‘xni esa ruhoniy qilib tayinladilar.
23 Sulaymon Egamizning taxtiga o‘tirib, otasi Dovudning o‘rniga shoh bo‘ldi. U katta muvaffaqiyatga erishdi, butun Isroil xalqi unga itoat qilar edi.
24 Barcha yo‘lboshchilar, bahodir jangchilar va shoh Dovudning hamma o‘g‘illari shoh Sulaymonga sodiq bo‘lishga so‘z berdilar.
25 Egamiz Sulaymonni shu qadar yuksaltirdiki, butun Isroil xalqi uni nihoyatda izzat qiladigan bo‘ldi. Darhaqiqat, Sulaymondan oldin hech qanday shoh Isroilda bunday dabdabali shuhratga erishmagan edi.
26 Essay o‘g‘li Dovud butun Isroil ustidan shoh bo‘lgan.
27 U Isroilda qirq yil shohlik qildi: shundan yetti yili Xevronda, o‘ttiz uch yili Quddusda o‘tdi.
28 Dovud yoshini yashab, oshini oshadi, davlatu shuhrat orttirib, olamdan o‘tdi. O‘rniga o‘g‘li Sulaymon shoh bo‘ldi.
29 Shoh Dovudning butun faoliyati, boshdan oxirigacha valiy Shomuilning, payg‘ambar Natanning va valiy Gadning qo‘lyozmalarida bayon etilgan.
30 Dovudning hukmronligi davrida ko‘rsatgan qahramonliklari, Isroil xalqining va o‘zining boshidan kechgan voqealar hamda atrofdagi shohliklarda yuz bergan hodisalar o‘sha kitoblarga kiritilgan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак