Solnomalar (birinchi kitob) 4 bob

1 Yahudoning nasli. 11 Boshqa oilalar ro‘yxati. 21 Sheloning nasli. 24 Shimo‘nning nasli.

1 Yahudoning Paraz, Xazron, Karmi, Xur va Sho‘val degan o‘g‘illari bor edi.
2 Sho‘val o‘g‘li Rayodan Yaxat tug‘ildi. Yaxatdan Oximay va Lo‘had tug‘ildilar. Bular Zorox shahri aholisining ajdodlari edilar.
3 Xolib xotini Efratdan Xur ismli o‘g‘lini ko‘rdi. Xur onasi Efratning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos solgan edilar. Xurning Etom,
4 Panuval va Eyzar degan o‘g‘illari bor edi. Etomning Yizril, Yishmo va Yidbosh ismli uch o‘g‘li va Xazaleylpo‘n ismli bir qizi bor edi. Panuval Gado‘r shahriga, Eyzar esa Xusha shahriga asos soldi.
5 Taxuva shahriga asos solgan Ashxurning Xela va Naro ismli ikkita xotini bor edi.
6 Ashxur Narodan to‘rtta o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Oxizam, Xafer, Tamanax va Xaxashtori edi.
7 Xotini Xeladan esa Zaret, Izxor va Etnan ismli uch o‘g‘il ko‘rdi.
8 Kozning Onib va Zobeba degan o‘g‘illari bor edi. Koz Xarum o‘g‘li Oxarxel urug‘larining ajdodi edi.
9 Yabiz ismli bir odam birodarlariga qaraganda baland obro‘ga ega edi. Onasi “Uni dard chekib tuqqanman”, deb ismini Yabiz qo‘ygan edi.
10 Yabiz Isroilning Xudosiga shunday deb yolvordi: “Koshkiydi, Sen meni muborak qilib, hududimni kengaytirsang. Yonimda bo‘lib, meni dardga yo‘liqtirmay, kulfatdan saqlasang.” Xudo uning iltijolarini bajo qildi.
11 Shuxoning akasi Xalubdan Maxir tug‘ildi. Maxirdan Eshtun tug‘ildi.
12 Eshtundan Baytrafa, Posiyox va Taxinno tug‘ildilar. Taxinno Naxosh shahriga asos soldi. Bularning avlodlari Raxada istiqomat qilardilar.
13 Xanazning O‘tniyol bilan Sarayo degan ikki o‘g‘li bor edi. O‘tniyolning ham Xatat bilan Miyono‘tay degan ikki o‘g‘li bor edi.
14 Miyono‘taydan O‘fra tug‘ildi. Sarayodan Yo‘ab tug‘ildi. Yo‘ab Hunarmandlar vodiysiga asos soldi. U yerda yashagan odamlarning hammasi hunarmand edi.
15 Yafunax o‘g‘li Xolib uch o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Iru, Elox va Nayam edi. Eloxdan Xanaz tug‘ildi.
16 Yoxalilning Zif, Zifo, Tirayo va Osoriyol degan o‘g‘illari bor edi.
17 Ezraxning Eter, Mirod, Ifar va Yolun degan o‘g‘illari bor edi. Mirod fir’avnning qizi Bitiyoga uylandi, ular Maryam ismli bir qiz hamda Shammay va Yishbox ismli ikki o‘g‘il ko‘rishdi. Yishbox Eshtamo‘va shahriga asos soldi.
18 Mirod Yahudo qabilasidan o‘ziga yana bir xotin oldi. Bu xotinidan u Yored, Xaber va Yohutal ismli uch o‘g‘il ko‘rdi. Yored Gado‘r shahriga, Xaber So‘xu shahriga va Yohutal Zono‘vax shahriga asos soldilar.
19 Xo‘diyo Naxamning singlisiga uylandi. Ulardan Keylaxda istiqomat qilgan Xarm urug‘i va Eshtamo‘vada istiqomat qilgan Maxo urug‘lari kelib chiqdi.
20 Shimonning Omno‘n, Rina, Banxanon va Tilo‘n degan o‘g‘illari bor edi. Yishining Zo‘xit va Banzo‘xit degan o‘g‘illari bor edi.
21 Yahudoning Shelo ismli o‘g‘li ham bor edi. Sheloning nasli quyidagilardan tashkil topgan edi: Lexa shahrini qurgan G‘ur, Morisho shahrini qurgan Lado, Bayt–Ashbiya shahrida yashagan zig‘ir to‘quvchilarning urug‘i,
22 Yo‘xim va Xozeba shahrining aholisi. Yo‘sh va Soraf ham Sheloning naslidan kelib chiqqan edilar. Ular Mo‘ablik ayollarga uylanib, Baytlahm shahriga o‘rnashib olgan edilar. Bu ma’lumotlar qadimgi yozuvlardan olingan.
23 Shu naslga tegishli odamlar shoh saroyida kulollar sifatida xizmat qilib, Natayim va Gedera shaharlarida yashashardi.
24 Shimo‘nning Namuvol, Yomin, Yoriv, Zerax va Shovul ismli o‘g‘illari bor edi.
25 Shovulning Shallum degan o‘g‘li, Mivsom degan nabirasi va Mishmo degan chevarasi bor edi.
26 Mishmoning Xammuvol degan o‘g‘li, Zakkur ismli nabirasi va Shimax degan chevarasi bor edi.
27 Shimax o‘n olti o‘g‘il va olti qiz ko‘rdi. Lekin aka–ukalarining farzandlari kam bo‘lgani uchun Shimo‘n qabilasi, Yahudo qabilasi kabi, ko‘paymadi.
28 Shimo‘n nasli Bersheva, Mo‘lodax, Xazor– Shuval,
29 Bilxax, Ezam, To‘lad,
30 Batuval, Xo‘rmax, Zixlax,
31 Bayt–Markobo‘t, Xazor– Susum, Bayt–Biriy va Sharayim shaharlarida istiqomat qilardilar. Dovud shoh bo‘lgunga qadar mana shu shaharlar Shimo‘n nasliga qarashli edi.
32 Ular yana Etom, Oyin, Rimmon, To‘xan va Oshon nomli beshta shaharda ham istiqomat qilardilar.
33 Janubi–g‘arbdagi Baal shahrigacha cho‘zilgan bu shaharlaru ularning atrofidagi hamma qishloqlar Shimo‘n nasliga qarashli edi. Ular shu joylarda yashab, o‘z nasabnoma ma’lumotlarini yozib qo‘ygan edilar.
34 Quyidagilar Shimo‘n naslining urug‘boshilari edi: Mashuvov, Yamlax, Emoziyo o‘g‘li Yo‘sha,
35 Yo‘el va Yo‘shyiviyo o‘g‘li Yohu. Yohu Sarayoning nevarasi,
36 Osiyolning evarasi edi. Eliyo‘nay, Yaqo‘vo, Yoshuxayo, Osoyoh, Odil, Yesimil, Binayo
37 va Shifi o‘g‘li Zizo ham Shimo‘n naslining urug‘boshilari edi. Zizo Elonning nevarasi, Yodiyoning evarasi, Shamayo o‘g‘li Shimrining chevarasi edi.
38 Ularning urug‘lari nihoyatda ko‘paygani uchun
39 ular qo‘y–echkilariga yaylov axtarib, vodiyning sharqiy chetida joylashgan Gado‘r shahrigacha bordilar.
40 U yerdagi keng, tinch va osoyishta joylar ko‘m–ko‘k yaylovlarga boy ekanini ko‘rdilar. Bu yerlar azaldan Xom nasliga qarashli edi.
41 Yahudo shohi Hizqiyo hukmronlik qilgan davrda yuqorida nomlari ro‘yxat qilingan Shimo‘n nasli Xom nasliga va ular orasida o‘rnashib olgan Munim urug‘iga hujum qildilar. Ularning hammasini bitta qoldirmay qirib tashladilar. U yerda qo‘ylar uchun yaylovlar ko‘p bo‘lgani uchun ularning joyiga o‘zlari o‘rnashib oldilar.
42 So‘ng Shimo‘n naslidan besh yuz kishi Yishining Pilatiyo, Nariyo, Rafiyo va Uziyol ismli to‘rt o‘g‘li boshchiligida Seir tog‘lariga borib,
43 Omolek naslining qolganlarini qirib tashladilar. Shimo‘n nasli bugunga qadar o‘sha joylarda yashab kelyapti.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак