Solnomalar (birinchi kitob) 19 bob

1 Dovud Ommon xalqi bilan Oram xalqini mag‘lub qiladi.

1 Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, Ommon shohi Naxosh olamdan o‘tib, o‘rniga o‘g‘li Xanun shoh bo‘ldi.
2 Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning o‘g‘li Xanunga sodiq bo‘layin”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasi vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun o‘z elchilarini jo‘natdi. Dovudning elchilari Xanunga tasalli bergani Ommon yurtiga borishgach,
3 Ommon beklari Xanunga shunday deb o‘rgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun jo‘natgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bu elchilar sizning huzuringizga yomon niyat bilan kelishgan, ular yurtni kuzatib, tekshirib, keyin qo‘lga kiritishmoqchi.”
4 Shu gapdan so‘ng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarini qirdirib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi.
5 Elchilar qaytib ketishdi. Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar jo‘natdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh o‘sha elchilariga: “Soqolingiz o‘sguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.
6 Ommon xalqi: “Endi Dovudning g‘azabiga duchor bo‘ldik”, deb o‘yladilar. Shuning uchun Xanun va Ommon xalqi Oram–Naxrayimdan, Oram–Maxodan va Zo‘vo shohliklaridan jang aravalari va otliqlar yollash uchun 2.000 pud kumush yubordilar.
7 Xanun 32.000 jang aravani va Maxo shahri shohini lashkari bilan yolladi. Maxo shohi kelib, Midavo shahri yonida qarorgoh qurdi. Ommon xalqi ham o‘z shaharlaridan chiqib, jangga otlandi.
8 Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yo‘ab boshchiligida qo‘riqchilarining hammasini urushga safarbar qildi.
9 Ommon lashkari shahar darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Yordamga kelgan shohlar ham yalanglikda, alohida saf tortdilar.
10 Yo‘ab g‘anim to‘dalari orqayu oldindan hujum qilayotganini ko‘rib, Isroilning saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkarlariga qarshi saflantirdi.
11 Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qo‘ydi.
12 Yo‘ab Abushayga: — Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman.
13 Bardam bo‘l! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish–irodasi bajo bo‘lsin.
14 Yo‘ab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldilar.
15 Ularning qochganini ko‘rgan Ommonlar ham Yo‘abning ukasi Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yo‘ab Quddusga qaytib ketdi.
16 Oram lashkari Isroil lashkaridan yengilganini anglab yetgach, xabarchilar yuborib, Furot daryosining narigi tomonida turgan o‘z lashkarini chaqirtirib keldilar. Ularga lashkarboshi qilib, Shoh Hadadzar lashkarining qo‘mondoni Sho‘faxni tayinladilar.
17 Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yig‘di. Iordan daryosini kechib o‘tib, Oram lashkariga qarshi saf tortdi. Oram lashkari hujumga o‘tdi.
18 Ammo ular bu safar ham Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qolishdi. Dovud Oram lashkarining 7.000 jang aravasi aravakashini va 40.000 sipohini o‘ldirdi. Hadadzarning lashkarboshisi Sho‘fax ham Dovudning qo‘lidan halok bo‘ldi.
19 Shunday qilib, Hadadzarning qo‘li ostidagi shohlar Isroil dastidan mag‘lubiyatga uchraganlarini ko‘rib, Dovud bilan sulh tuzishga majbur bo‘lishdi. Ular Dovudga qaram bo‘lib qolishdi. Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan bosh tortadigan bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18