Solnomalar (birinchi kitob) 21 bob

1 Dovud ro‘yxat qiladi.

1 Iblis Isroilga qarshi qo‘zg‘alib, Dovudni Isroil xalqini sanab chiqishga undadi.
2 Dovud Yo‘abga va lashkarboshilarga shunday buyruq berdi: — Boringlar, Bershevadan Dangacha bo‘lgan joylarni kezib, Isroil xalqini sanab chiqinglar. Menga natijasini olib kelinglar, toki qancha aholi borligini men bilayin.
3 Lekin Yo‘ab shunday dedi: — Egam xalqning hozirgi sonini yuz karra ko‘paytirsin! Ey shoh hazratlari, bu xalqning hammasi sizning qullaringiz emasmi?! Nechun hazratim xalqni sanashga ehtiyoj sezib qoldilar?! Nechun Isroilga gunoh orttirmoqchilar?!
4 Lekin Yo‘ab so‘zidan shohning so‘zi ustun keldi. Yo‘ab borib, butun Isroil yurtini kezib chiqdi. So‘ngra Quddusga qaytib keldi.
5 Yo‘ab ro‘yxat natijasini Dovudga ma’lum qildi. Butun Isroilda jang qilishga qodir 1.100.000, Yahudoda esa jang qilishga qodir 470.000 odam bor ekan.
6 Yo‘ab Levi qabilasi bilan Benyamin qabilasini ro‘yxatga kiritmagan edi, chunki shohning bu buyrug‘idan u tamom norozi edi.
7 Xalq ro‘yxatga olingani Xudoga ham ma’qul kelmadi. U Isroil xalqini jazoladi.
8 Shunda Dovud: — Bu ishni qilib og‘ir gunohga botdim, aqlsizlarcha ish tutdim. O‘tinaman, bu qulingning gunohini kechir, — deb Xudoga iltijo qildi.
9 Dovudning payg‘ambari Gadga Egamiz dedi:
10 “Borib Dovudga shu gaplarni yetkaz: — Egam shunday aytmoqda: Men senga uchta jazoni taklif qilaman, shulardan bittasini tanla, keyin senga o‘sha jazoni yuboraman.”
11 Gad Dovudning huzuriga borib, unga shunday dedi: — Egamiz aytmoqda: “Oladigan jazoingni o‘zing tanla.
12 Uch yil ocharchilik bo‘lsinmi? Yoki uch oy davomida dushmanlaring seni ta’qib qilib, qirsinmi? Yoki Egamning O‘zi senga uch kun davomida qilichi bilan hujum qilib, O‘z farishtasi orqali butun yurtni o‘latga giriftor qilsinmi?” Meni Yuborganga nima deb javob berayin?
13 — Men juda og‘ir ahvolda qoldim–ku, — dedi Dovud Gadga. — Nima bo‘lsa ham, odamzodning qo‘liga tushmayin. Mayli, Egamning O‘zi meni jazolasin, chunki U g‘oyat rahmdil.
14 Shunday qilib, Egamiz Isroil yurtiga o‘lat yubordi. Natijada Isroil xalqining yetmish mingtasi nobud bo‘ldi.
15 Xudo Quddusni vayron qilish uchun bir farishtani yubordi. Lekin farishta shaharni vayron qilmoqchi bo‘lib turganda, Egamiz rahm qilib, balo–qazo jo‘natmaydigan bo‘ldi. Xalqni qirayotgan farishtaga: — Bo‘ldi, bas! Yetadi! — deb amr berdi. Egamizning farishtasi o‘sha paytda Quddusda — Yobus xalqidan bo‘lgan O‘rnan ismli odamning xirmonida turgan edi.
16 Dovud qarasa, Egamizning farishtasi yer bilan osmon o‘rtasida, qo‘lidagi yalang‘ochlangan qilichini Quddus tomon cho‘zib turgan ekan. Shunda qanor kiygan Dovud va oqsoqollar muk tushdilar.
17 — Xalqni sanashga amr bergan menman–ku, — deya yolvordi Xudoga Dovud. — Gunoh qilgan menman, men aybdorman! Qo‘yday beozor bu insonlar nima ayb qilibdi? Ey Egam Xudo, g‘azabingni menga va otam xonadoniga socha qol! Xalqingni esa o‘latdan xalos et.
18 Shundan keyin Egamizning farishtasi Gadga: — Dovudga borib ayt: u Yobus xalqidan bo‘lgan O‘rnanning xirmoniga borib, o‘sha yerda Menga atab bir qurbongoh qursin, — deb buyurdi.
19 Gad Egamizning nomidan gapirgan edi, Dovud Gadning so‘ziga kirib, xirmonga bordi.
20 O‘sha payti O‘rnan bilan uning to‘rt o‘g‘li bug‘doy yanchiyotgan edilar. Birdaniga ular farishtani ko‘rib qoldilar. O‘g‘illarning to‘rttalasi ham qochib yashirinib oldilar.
21 Xuddi o‘sha zahoti Dovud ham xirmonga yaqinlashib qolgan edi. O‘rnan Dovudni ko‘rishi bilanoq xirmondan chiqib, yerga muk tushib ta’zim qildi.
22 Dovud O‘rnanga aytdi: — Menga xirmoningni to‘liq narxiga sot, men Egamga qurbongoh qurmoqchiman, toki o‘lat xalqdan daf bo‘lsin.
23 — Olavering, — deya javob berdi O‘rnan. — Shoh hazratlari nimani ma’qul ko‘rsalar, xirmon bilan shuni qilsinlar. Mana, kuydirib qurbonlik qilishlari uchun ho‘kizlarimni beraman, o‘tin uchun xo‘ptirim bor, don nazri uchun bug‘doyim ham tayyor. Hammasini olavering.
24 — Bo‘lmaydi! — dedi shoh Dovud. — Sendan bu narsalarni to‘liq narxiga sotib olaman. Sening narsalaringni Egam uchun olmayman. Tekin tushgan qurbonliklarni Egam Xudoga kuydirib nazr qilmayman.
25 Dovud O‘rnanga xirmon uchun olti yuz oltin tanga berdi.
26 Dovud o‘sha yerda Egamizga atab qurbongoh qurib, kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini atadi. So‘ngra Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijosiga javob berib, qurbongoh ustiga osmondan olov tushirdi.
27 Shundan so‘ng Egamiz farishtaga: “Qilichingni qiniga qaytarib solib qo‘y!” deb amr bergan edi, farishta itoat etdi.
28 Dovud qilgan iltijosiga Egamizdan javob olganini ko‘rgach, O‘rnanning xirmonida yana qurbonliklar keltirdi.
29 Muso sahroda yasagan Egamizning chodiri va qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh o‘sha paytda Givondagi sajdagohda joylashgan edi.
30 Ammo Dovud Xudoga iltijo qilgani u yerga bormagandi. Chunki u Egamizning farishtasi qilichidan qo‘rqqan edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак