1 Shoh Dovudning nasli. 10 Shoh Sulaymonning nasli. 17 Shoh Yohayixinning nasli.
Solnomalar (birinchi kitob) 3 bob
1 Dovud Xevronda turgan paytda tug‘ilgan o‘g‘illari mana shular edi: to‘ng‘ichi — Omno‘n, u Yizrillik Oxinavamdan tug‘ilgan. Ikkinchisi — Doniyor, u Karmillik Obigayldan tug‘ilgan.
2 Uchinchisi — Absalom, u Gashur shohi Talmayning qizi Maxodan tug‘ilgan. To‘rtinchisi — Odoniyo, u Xaggitdan tug‘ilgan.
3 Beshinchisi — Shafatiyo, u Obidadan tug‘ilgan. Oltinchisi — Yitrayom, u Eglaxdan tug‘ilgan.
4 Dovudning bu olti o‘g‘li Xevronda tug‘ilgan edi. Dovud bu yerda yetti yilu olti oy, Quddusda esa o‘ttiz uch yil hukmronlik qildi.
5 Dovudning Quddusda tug‘ilgan o‘g‘illari esa quyidagilardir: Shimo, Sho‘vav, Natan va Sulaymon. Bu to‘rtala o‘g‘li Omiyolning qizi Botshuvadan tug‘ilgan.
6 Dovudning yana to‘qqizta o‘g‘li bo‘lib, o‘g‘illarining ismlari quyidagicha edi: Yibxar, Elishama, Elifalet,
7 No‘g‘ax, Nafax, Yofiya,
8 Elishama, Elyodax va Elifalet.
9 Dovud, bu o‘g‘illaridan tashqari, cho‘rilaridan ham o‘g‘illar ko‘rgan edi. Uning Tamara degan qizi ham bor edi.
10 Sulaymonning naslidan chiqqan shohlar quyidagilar edi: Raxabom, Abiyo, Oso, Yohushafat,
11 Yohuram, Oxaziyo, Yo‘sh,
12 Emoziyo, Ozariyo, Yo‘tom,
13 Oxoz, Hizqiyo, Manashe,
14 Omon va Yo‘shiyo.
15 Yo‘shiyoning to‘rt o‘g‘li bor edi. To‘ng‘ichi — Yo‘xanon, ikkinchisi — Yohayiqim, uchinchisi — Zidqiyo va to‘rtinchisi Shallum edi.
16 Yohayiqimning Yohayixin bilan Zidqiyo degan o‘g‘illari bor edi.
17 Bobilga asir qilib olib ketilgan Yohayixinning o‘g‘illari quyidagilardir: Shaltiyol,
18 Malkirom, Podiyo, Shenazar, Yoxamiyo, Xo‘shama va Nadaviyo.
19 Podiyoning Zarubabel va Shimax degan o‘g‘illari bor edi. Zarubabelning Mashullom, Xanoniyo degan o‘g‘illari va Shalumit degan bir qizi bor edi.
20 Zarubabelning yana Xashuva, Oxil, Barxiyo, Xasadiyo va Yoshaxesed ismli beshta o‘g‘li bor edi.
21 Xanoniyoning o‘g‘illari Pilatiyo va Yeshayo edi. Yeshayodan Rafiyo tug‘ildi, Rafiyodan Arnan, Arnandan Obodiyo, Obodiyodan Shaxaniyo tug‘ildi.
22 Shaxaniyoning nasli quyidagicha edi: uning Shamayo ismli bir o‘g‘li va Xattush, Yixal, Boriyox, Nariyo va Shofot ismli beshta nabirasi bor edi. Hammasi bo‘lib oltita edilar.
23 Nariyoning Eliyo‘nay, Hizqiyo va Ozrikom degan uch o‘g‘li bor edi.
24 Eliyo‘nayning Xo‘daviyo, Eliashab, Paliyo, Oqquv, Yo‘xanon, Daloyo va Onanax degan yettita o‘g‘li bor edi.