Kirish
“1 Solnomalar” va “2 Solnomalar”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitobdir. Bu kitobni bitta o‘ramga joylashtirishning imkoni bo‘lmagani uchun, kitob ikki qismga — “1 Solnomalar” va “2 Solnomalar”ga bo‘lingan. Garchi ikkala kitobda “Shohlar” kitoblaridagi ko‘p voqealar takrorlansa ham, Isroil tarixi “Shohlar” kitoblaridagiga qaraganda bir oz boshqacharoq nuqtayi nazardan bayon qilinadi.
Shoh Dovud “1 Solnomalar” kitobida eng muhim shaxsdir. U Quddusni Xudoga sajda qilish markaziga aylantirdi. O‘z xalqiga Xudoga to‘g‘ri yo‘llar bilan sajda qilishni o‘rgatdi. Xudoga sajda qilinadigan joyni, ya’ni Ma’badni Dovudning o‘g‘li Sulaymon qurgan bo‘lsa–da, Dovud Ma’badning asoschisi sifatida shuhrat qozondi.
“1 Solnomalar”ning ko‘p qismida ro‘yxat berilgan bo‘lib, bu ro‘yxat Odam Atodan tortib, shoh Shoul davrigacha bo‘lgan nasllarning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi (1-9–boblar). Shoulning o‘limi to‘g‘risidagi xabardan keyin (10–bob), kitobning davomida (11-29–boblar) shoh Dovudga urg‘u beriladi. Kitobning oxirgi bu boblarini to‘rtta qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismida (11-12–boblar) qanday qilib Dovud shoh bo‘lgani va Quddusni poytaxt qilgani hikoya qilinadi. Bu qism Dovudning sipohlari va lashkarboshilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Ikkinchi qismda (13-16–boblar) Dovud qay tarzda muqaddasahd sandig‘ini yangi joy — Quddusga ko‘chirgani tasvirlanadi. Uchinchi qism (17-20–boblar) Dovudning hukmronligi davridagi voqealarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi qismda (21-29–boblar) Dovud Xudoning Ma’badini qurish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rgani va o‘g‘li Sulaymonga sajda qilishga oid ko‘rsatmalarni bergani bayon qilinadi.
“1 Solnomalar”da Dovud Xudoga chin ko‘ngildan sajda qiladigan va itoat etadigan inson sifatida namuna qilib ko‘rsatiladi. Dovud hukmronligining so‘nggi davrida Isroilning jamiki xalqi oldida Xudoni ulug‘lab shunday deydi: “Ey otamiz Yoqubning Egasi — Xudo! Senga to abad hamdu sanolar bo‘lsin! Ey Egamiz! Sen buyuk, qudratli, shuhratli, salobatli va ulug‘dirsan. Zotan yeru osmondagi barcha narsa Senikidir. Ey Egamiz! Sen Shohsan. Sen har narsadan yuksaksan. Boylik va shon–sharafning manbayi Sensan. Ha, Sen hamma narsa ustidan hukmronsan. Kuch–qudrat egasi O‘zingsan. Odamlarni yuksaltiradigan, ularga kuch beradigan Sensan.” (29:10-12)
1–BOB - Solnomalar (birinchi kitob)
Odam Atodan Ibrohimgacha bo‘lgan nasllar
1 Odam Atodan Shet tug‘ildi, Shetning nasli quyidagilardir: Eno‘sh,
2 Xenan, Maxaliyol, Yored,
3 Xano‘x, Matushaloh, Lamak
4 va Nuh. Nuhning Som, Xom va Yofas degan uch o‘g‘li bor edi.
5 Yofas nasli: Go‘mer, Mago‘g, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
6 Go‘mer nasli: Ashkanoz, Difat, To‘xarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
7 Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Ro‘don va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
8 Xom nasli: Kush, Mizra, Fut, Kan’on va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
9 Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
10 Kushning naslida yana Nimro‘d degani ham bor edi. Nimro‘d yer yuzidagi birinchi buyuk jangchi edi.
11 Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux,
12 Patro‘s, Kasluv, Xafto‘r va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi.
13 Kan’on nasli: Kan’onning to‘ng‘ich o‘g‘li Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
14 Kan’ondan Yobus, Amor, Girgosh,
16 Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi.
17 Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram, Uz, Xul, Geter, Meshex va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
18 Arpaxshodning Shilax degan o‘g‘li bor edi. Shilaxning Ibir degan o‘g‘li bor edi.
19 Ibir ikki o‘g‘il ko‘rdi: birinchisining ismini Palax qo‘ydi, chunki uning davrida dunyo bo‘linib ketdi. Ikkinchisining ismi Yoxton edi.
20 Yoxtonning nasli: Elmo‘dod, Shalaf, Xazormavat, Yorax,
23 Ofir, Xavila, Yo‘vov va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
24 Somdan Ibrohimgacha bo‘lgan nasllar quyidagicha edi: Som, Arpaxshod, Shilax,
26 Sarug‘, Naxo‘r, Terah,
28 Ibrohimning o‘g‘illari Is’hoq va Ismoildir.
29 Ularning nasl–nasabi quyidagichadir: Ismoilning to‘ng‘ich o‘g‘li — Navayot, keyingilari — Kedar, Adbal, Mivsom,
30 Mishmo, Dumax, Masso, Hadad, Temo,
31 Yatur, Nofish va Kedemax. Mana shular Ismoilning o‘g‘illaridir.
32 Cho‘ri Xaturo Ibrohimga tug‘ib bergan o‘g‘illar — Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va Shuvax. Yoxshonning Shava va Dedon degan o‘g‘illari bor edi.
33 Midiyonning Efax, Ifar, Xano‘x, Avido va Eldax degan o‘g‘illari bor edi. Mana shularning hammasi Xaturoning avlodlaridir.
34 Ibrohim o‘g‘li Is’hoqning Esov bilan Yoqub degan o‘g‘illari bor edi.
35 Esovning o‘g‘illari — Elifaz, Ruvel, Yoush, Yalom va Ko‘rax.
36 Elifazning o‘g‘illari — Temon, O‘mar, Zafi, Gatam, Xanaz, Timno va Omolek.
37 Ruvelning o‘g‘illari — Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo.
38 Seir o‘g‘illari — Lo‘ton, Sho‘val, Zibo‘n, Anah, Dishon, Ezer va Dishan.
39 Lo‘tonning o‘g‘illari — Xo‘ri bilan Xo‘mam. Lo‘tonning Timna degan singlisi ham bor edi.
40 Sho‘valning o‘g‘illari — Eliyon, Monaxat, Ebal, Shafi va O‘nam. Zibo‘nning o‘g‘illari — Oyo bilan Anax.
41 Anaxning o‘g‘li — Dishon. Dishonning o‘g‘illari — Xamron, Eshbon, Yitron va Xeron.
42 Ezerning o‘g‘illari — Bilxan, Zavon va Yaqon. Dishanning o‘g‘illari — Uz va Oron.
43 Isroilda shohlar bo‘lmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan edi. Bu shohlar quyidagilardir: Bavo‘rning o‘g‘li Belax. Belax Dinxaba shahridan edi.
44 Belax vafot etgach, uning o‘rniga Zerax o‘g‘li Yo‘vov shoh bo‘ldi. U Bozrax shahridan edi.
45 Yo‘vov vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Xushom shoh bo‘ldi. U Temon yurtidan edi.
46 Xushom vafot etgach, uning o‘rniga Badad o‘g‘li Hadad shoh bo‘ldi. U Ovit shahridan edi. Hadad Mo‘ab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi.
47 Hadad vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Samlo shoh bo‘ldi. U Masrixo shahridan edi.
48 Samlo vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Shovul shoh bo‘ldi. U Furot daryosi bo‘yidagi Rexobo‘t shahridan edi.
49 Shovul vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Axbor o‘g‘li Baalxanon shoh bo‘ldi.
50 Baalxanon vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Hadad shoh bo‘ldi. U Pog‘u shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi.
51 Oxiri Hadad ham olamdan o‘tdi. Edom yo‘lboshchilari quyidagilar edi: Timno, Elvo, Yetet,
52 Oxolibom, Elox, Pinon,
54 Maxdiyol va Irom. Edom yo‘lboshchilari ana shulardan iboratdir.