Hakamlar 16 bob

1 Shimsho‘n G‘azoda. 4 Shimsho‘n va Dalila. 23 Shimsho‘nning o‘limi.

1 Bir kuni Shimsho‘n Filistlarning shahri G‘azoga bordi. U yerda bir fohisha ayolni ko‘rib uning oldiga kirdi.
2 G‘azoliklar Shimsho‘n kelganini bilgach, o‘sha joyni o‘rab olishdi. Ularning ba’zilari shahar darvozasida yashirinib, kechasi bilan uni poylab turishdi. Ular tun bo‘yi pisib, “Qani, tong yorishgunicha kutib turaylik–chi, keyin uni o‘ldiramiz”, deb o‘ylayotgan edilar.
3 Shimsho‘n esa fohishanikida faqatgina yarim kechagacha bo‘ldi. U tun yarmida turib, shahar darvozasining eshiklarini yondorlari bilan sug‘urib oldi–da, barcha tambalari bilan yelkasiga ortib, Xevron ro‘parasidagi tepalikning ustiga olib chiqdi.
4 Ko‘p o‘tmay Shimsho‘n So‘rax vodiysida yashaydigan Dalila ismli bir juvonni yaxshi ko‘rib qoldi.
5 Filist beklari juvonning oldiga kelib shunday dedilar: “Shimsho‘n bunday buyuk kuchni qayerdan olarkan? Uni bog‘lab bo‘ysundirish yo‘lini biz uchun bilib bersang, har birimiz senga 1100 bo‘lakdan kumush beramiz.”
6 Bir kuni Dalila Shimsho‘nga yalinib: — Iltimos, buyuk kuchingiz sirini menga aytib bering, — dedi. — Qanday qilib sizni bog‘lab, bo‘ysundirib bo‘ladi?
7 Shimsho‘n unga shunday javob berdi: — Agar meni yettita yangi, qurib ulgurmagan kamon ipi bilan bog‘lab tashlashsa, men el qatori kuchsiz bo‘lib qolaman.
8 Shunda Filist beklari juvonga yettita yangi, hali qurib ulgurmagan kamon ipini keltirdilar. Dalila iplar bilan Shimsho‘nni bog‘lab qo‘ydi.
9 Shu payt ichkari xonada bir nechta odam poylab turar edi. Juvon Shimsho‘nga qarab: — Shimsho‘n! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi. Ammo olov ipak tolalarini qanday yo‘q qilsa, Shimsho‘n ham kamon iplarini xuddi shunday uzib tashladi. Shimsho‘nning siri sirligicha qoldi.
10 — Siz meni aldab ahmoq qildingiz, — dedi unga Dalila. — Iltimos, sizni qanday qilib bog‘lash kerakligini menga ayta qoling.
11 — Agar meni yangi, ishlatilmagan arqonlar bilan bog‘lashsa, men el qatori kuchsiz bo‘lib qolaman, — dedi Shimsho‘n.
12 Shunda Dalila yangi arqonlarni oldi–da, uni bog‘lab: — Shimsho‘n! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi, odamlar esa ichkari xonada poylab turishar edi. Ammo Shimsho‘n qo‘llaridagi arqonlarni ipni uzganday uzib tashladi.
13 — Shu paytgacha meni aldab, ahmoq qilib keldingiz! — dedi Dalila. — Menga ayting–chi, sizni qanday qilib bog‘lab tashlasa bo‘ladi? — Agar sochimning yettita tutamini dastgohdagi matoga qo‘shib to‘qib, moki yordamida yaxshilab mahkamlab qo‘ysang, men el qatori kuchsiz bo‘lib qolaman, — dedi Shimsho‘n.
14 Shimsho‘n uxlab yotganda, Dalila uning yetti tutam sochini dastgohdagi matoga qo‘shib to‘qidi– da, moki yordamida yaxshilab mahkamlab qo‘ydi. Keyin esa: — Shimsho‘n! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi. Shimsho‘n uxlab yotgan joyida sakrab turdi–da, mokini uloqtirib, matoni dastgohi bilan sochidan yulqib tashladi.
15 Dalila unga dedi: — Dilingiz mendan yiroq ekan, qanday qilib menga: “Seni sevaman”, deysiz?! Siz meni uch marta aldadingiz, kuchingiz sirini menga aytmadingiz.
16 Dalila har kuni yalinaverib, Shimsho‘nning quloq–miyasini yedi. Bundan bezor bo‘lgan
17 Shimsho‘n butun sirini aytib berdi: — Biron marta ham ustara boshimga tegmagan. Chunki onamning qornidayoq Xudoga nazr qilinganman. Agar sochimni oldirsam kuchim yo‘q bo‘ladi va men el qatori kuchsiz bo‘lib qolaman.
18 Dalila Shimsho‘n unga butun sirini oshkor qilganini fahmlagach, Filist beklariga xabar jo‘natib dedi: “Bu safar yana bir bor kelib ketinglar, chunki u menga butun sirini oshkor qildi.” Shunda Filistlar Dalilaga va’da qilgan pullarini olib, uning oldiga bordilar.
19 Dalila Shimsho‘nni tizzasida uxlatib qo‘ydi–da, bir odamni chaqirib uning yetti tutam sochini qirqtirib tashladi. Shimsho‘n zaiflashib, kuchdan qoldi.
20 Dalila esa: — Shimsho‘n! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi. Shimsho‘n uyqudan turib, har safargidek o‘zimni xalos qilaman, deb o‘yladi. Ammo Egamiz uni tark etgan edi, Shimsho‘n esa bundan bexabar edi.
21 Filistlar uni qo‘lga olib, ko‘zlarini o‘yib tashlashdi. So‘ng G‘azoga olib ketib, zanjirband qilishdi. Shimsho‘n zindondagi tegirmon toshini yurg‘izib, g‘alla yanchir edi.
22 Shimsho‘nning sochlari yana o‘sa boshladi.
23 Bayramga yig‘ilgan Filist beklari: “Xudoyimiz Do‘g‘on dushmanimiz Shimsho‘nning ustidan bizga g‘alaba berdi!” — deya shodu xurramlik bilan xudosiga ko‘p qurbonliklar keltirdilar.
24 Xalq Shimsho‘nni ko‘rgach: “Yurtimizni xarob qilgan, talay sipohlarimizni o‘ldirgan dushmanni xudoyimiz qo‘limizga berdi”, — deya xudosiga hamdu sanolar ayta boshladi.
25 Mast, vaqti chog‘ bo‘lgan odamlar: “Shimsho‘nni keltiringlar, biz uchun bir o‘ynab bersin!” — deb baqira boshladilar. Shimsho‘nni zindondan keltirishdi, odamlar uni tomosha qilsin, deb ustunlar o‘rtasiga turg‘izib qo‘yishdi.
26 Shimsho‘n uni yetaklab kelgan yigitga dedi: “Binoni ko‘tarib turgan ustunlarni paypaslab ko‘ray. Ularga suyanib olmoqchiman.”
27 Uy erkagu ayol bilan to‘lgan, hamma Filist beklari o‘sha yerda edi. Tomning ustidagi ochiq ayvonda uch mingga yaqin odam Shimsho‘nni tomosha qilayotgan edi.
28 Shimsho‘n Egamizga iltijo qilib, dedi: “Yo, Egam Rabbiy, meni esla. Ey, Xudo, yana bir bor menga kuch ber, men Filistlardan ikki ko‘zim uchun yoppasiga o‘ch olay.”
29 Shimsho‘n uyni ko‘tarib turgan o‘rtadagi ikki ustun orasida turgan edi. U o‘ng qo‘lini biriga, chap qo‘lini ikkinchisiga qo‘ydi–da, tirandi.
30 Keyin qichqirib: “O‘lsam, Filistlar bilan o‘lay!” — dedi–yu, kuchi boricha ustunlarni itardi. Uy qulab, u yerdagi beklar bilan odamlarni bosib qoldi. Shunday qilib, o‘sha joyda o‘lgan odamlarning soni Shimsho‘n hayot davrida o‘ldirgan odamlarning sonidan ziyoda edi.
31 Shimsho‘nning aka–ukalari bilan butun oilasi G‘azoga kelib, uning jasadini uyga olib ketishdi. Keyin otasi Monuvaxning Zorox bilan Eshtoyo‘l shaharlari o‘rtasidagi xilxonasiga dafn qilishdi. Shimsho‘n yigirma yil davomida Isroil xalqiga hakam bo‘lgan edi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак