Hakamlar 8 bob

1 Midiyonlarning so‘nggi mag‘lubiyati. 29 Gido‘nning o‘limi.

1 Efrayim qabilasi Gido‘nga: — Nega bunday qilding? Midiyonlarga qarshi jang qilgani chiqqaningda nega bizni chaqirmading? — deya u bilan qattiq janjallashdilar.
2 Gido‘n esa ularga dedi: — Men qilgan ishim bilan sizlarga teng kelarmidim?! Efrayimdagi uzum qoldiqlari kichkinagina bir qavmimning jami hosilidan a’lo– ku!
3 Sizlar Xudoning qudrati bilan Midiyon lashkarboshilari Oriv va Zayovni qo‘lga olgan bo‘lsangiz, o‘z ishlarim bilan sizlarga teng kelarmidim?! U bu gaplarni aytganidan keyin, ular jahldan tushdilar.
4 Gido‘n uch yuzta odami bilan Iordan daryosiga kelib narigi qirg‘og‘iga o‘tib oldi. Ular holdan toygan bo‘lsalar–da, dushmanning ketidan quvib ketayotgan edilar.
5 Gido‘n Suxo‘t shahri aholisiga murojaat qilib: — Ey, xaloyiq, marhamat qilib odamlarimga ozgina non beringlar, ular holdan toyganlar. Biz Midiyon shohlari Zevax va Zalmunoning ketidan quvib ketyapmiz, — dedi.
6 Ammo Suxo‘t boshliqlari shunday javob berishdi: — Zevax va Zalmunoni qo‘lga olgan bo‘lsang ekan, lashkarlaringga non bersak.
7 — Juda soz! — dedi Gido‘n. — Zevax va Zalmunoni Egamiz mening qo‘limga bergandan so‘ng, sizlarni cho‘ldagi yantoq va chaqir tikanaklar bilan savalab, teringizni shilib olaman.
8 Gido‘n u yerdan Paniyol shahriga yo‘l oldi. U yerdagilarga ham xuddi shunday iltimos bilan murojaat qildi. Suxo‘t aholisi qanday javob bergan bo‘lsa, Paniyol aholisi ham xuddi shunday javob berdi.
9 Gido‘n Paniyol aholisiga dedi: — G‘olib bo‘lib qaytib kelganimdan so‘ng bu minorani yer bilan yakson qilaman.
10 O‘sha paytda Zevax va Zalmuno o‘z lashkarlari bilan Karxorda turgan edilar. Sharqdagi ko‘chmanchilarning 120.000 ta sipohi halok bo‘lib, 15.000 tachasi qolgandi.
11 Gido‘n Navah va Yohboxoning sharq tomonidagi karvon yo‘li bo‘ylab borib, dushmanni g‘aflatda qoldirib hujum qildi.
12 Zevax va Zalmuno qochishdi, Gido‘n esa ularning ketidan quvib ketdi. Ikki Midiyon shohini qo‘lga olib, butun dushman lashkarini sarosimaga soldi.
13 Yo‘sh o‘g‘li Gido‘n jangdan qaytib, Xares dovoni tomon ketayotganda,
14 Suxo‘tlik bir yigitchani ushlab olib, so‘roqqa tutdi. Yigitcha Suxo‘t shahrining yetmish yettita boshliq va oqsoqolini nomma–nom aytib berdi.
15 So‘ng Gido‘n Suxo‘t aholisining oldiga borib dedi: — Eslaringdami meni masxara qilib, Zevax va Zalmunoni qo‘lga olganmidingki, biz holdan toygan lashkaringga non bersak, deb aytganlaring? Mana o‘sha Zevax va Zalmuno.
16 Gido‘n yantoq va chaqir tikanaklarni olib, Suxo‘t boshliqlarining ta’zirini berdi.
17 Paniyoldagi minorani ham vayron qilib, shaharning barcha erkaklarini qirib tashladi.
18 So‘ng Zevax va Zalmunoga yuzlanib: — Sizlar Tovur shahrida o‘ldirgan odamlar qanday edi? — deb so‘radi. — Ular senga o‘xshagan, ko‘rinishlari shoh o‘g‘illariday savlatli edi, — deya javob berishdi ular.
19 — Ular mening jigarlarim edi–ku! — deya xitob qildi Gido‘n. — Biz bir qorindan talashib tushgan edik. Xudo shohid! Ularni o‘ldirmaganlaringda, men ham jonlaringni saqlab qolgan bo‘lardim.
20 So‘ng to‘ng‘ich o‘g‘li Eterga: — Bor, ularni o‘ldir! — dedi. Ammo bola qo‘rqqanidan qilichini ham chiqarmadi, chunki u hali yosh edi.
21 Shunda Zevax va Zalmuno: — Erkak bo‘lsang, o‘zing kelib bizni o‘ldir, — dedilar. Gido‘n Zevax va Zalmunoni o‘ldirib, tuyalarining bo‘ynidagi shohona bezaklarini oldi.
22 Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Isroil xalqi Gido‘nning oldiga kelib: — Sen bizni Midiyonlarning qo‘lidan qutqarding, endi o‘zing, o‘g‘illaring va nabiralaring bizga hukmdor bo‘linglar, — deyishdi.
23 — Men sizlarga hukmdor bo‘lmayman, — dedi Gido‘n, — o‘g‘lim ham hukmdoringiz bo‘lmaydi. Egamning O‘zi sizlarga hukmdorlik qilsin.
24 Keyin davom etib: — Sizlardan bir narsa so‘ramoqchiman, — dedi. — O‘ljalaringdan bittadan tilla zirak bersangizlar. Midiyonlar ham Ismoil avlodi singari tilla ziraklar taqib yurishardi.
25 — Jonimiz bilan, — deb javob berdi Isroil xalqi. So‘ng bir kiyim yoyib, har biri o‘lja qilib olgan tilla zirakdan o‘sha kiyim ustiga tashladi.
26 Tilla ziraklarning o‘lchovi bir puddan ortiq oltin chiqdi. Midiyon shohlari kiygan safsar liboslaru taqqan yarim oy va shokilali bezaklar hamda tuyalarining bo‘ynidagi tilla zanjirlar hisobga kiritilmagandi.
27 Gido‘n o‘sha oltindan bir haykal yasab, uni o‘z shahri O‘fraga o‘rnatib qo‘ydi. Butun Isroil xalqi Xudoga bevafolik qilib, o‘sha yerdagi haykalga sig‘ina boshladi. Bu haykal Gido‘n va uning oilasi uchun tuzoq bo‘lib qoldi.
28 Shunday qilib, Midiyonlar mag‘lub bo‘ldilar. Ular Isroil xalqiga qarshi bosh ko‘tarishga qayta jur’at etmadilar. Gido‘n paytida yurtda qirq yil tinchlik barqaror bo‘ldi.
29 Yo‘sh o‘g‘li Gido‘n uyiga qaytib ketdi.
30 Uning yetmishta o‘g‘li bor edi, chunki xotinlari nihoyatda ko‘p edi.
31 Shakam shahridagi cho‘risi ham Gido‘nga bir o‘g‘il tug‘ib berdi. Gido‘n unga Abumalek, deb ism qo‘ydi.
32 Gido‘n ulug‘ yoshga kirib olamdan o‘tdi va O‘fra shahridagi otasi Yo‘shning xilxonasiga dafn etildi. Bu shahar Abuazar urug‘iga qarashli edi.
33 Gido‘n olamdan ko‘z yumishi bilanoq, Isroil xalqi yana Xudoga bevafolik qilib, Baalning tasvirlariga sig‘ina boshladi, ular Baal–Beritni o‘zlariga xudo qildilar.
34 Ularni atrofdagi dushmanlardan xalos qilgan Egasi Xudoni eslaridan chiqardilar.
35 Yerubbaal, ya’ni Gido‘n, Isroil xalqi uchun qilgan shuncha yaxshiliklariga qaramay, Isroil xalqi uning xonadoniga sodiq qolmadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак