Hakamlar 15 bob

9 Shimsho‘n Filistlarni yengadi.

1 Oradan vaqt o‘tdi. Bug‘doy o‘rimi paytida, Shimsho‘n bir uloqcha olib, xotinining oldiga bordi. U qaynatasiga: — Men xotinimning oldiga kirmoqchiman, — dedi. Qaynatasi esa Shimsho‘nni ichkariga kirgizmadi.
2 — Sen qizimni tashlab ketding, deb o‘ylagandim, — dedi u. — Shuning uchun uni kuyov jo‘rangga uzatib yubordim. Qara, kenja qizim undan ham chiroyliroq. Kel, uning o‘rniga singlisini olaqol.
3 — Bu safar Filistlarga yomonlik qilsam, aybga buyurmaysiz, — deb chiqib ketdi Shimsho‘n.
4 Shimsho‘n uch yuzta tulki ushlab keldi. Tulkilarni juft–juft qilib, dumlarini bir–biriga bog‘ladi–da, orasiga bittadan mash’ala qistirdi.
5 So‘ng mash’alalarni yoqib, tulkilarni Filistlarning bug‘doyzorlariga qo‘yib yubordi. Bug‘doyzor va don g‘aramlarini alanga oldi–yu, Filistlarning uzumzorlari va zaytun bog‘larini yamladi.
6 Filistlar: “Buni kim qildi?” — deb surishtira boshladilar. “Buni Timnaxlik bir odamning kuyovi, Shimsho‘n qildi, — dedi bir kishi. — U o‘sha Timnaxlikning qiziga uylangan ekan, qaynatasi esa qizini kuyovning jo‘rasiga uzatib yuboribdi.” Shunda Filistlar kelib o‘sha juvon bilan otasining xonadonini yoqib yuborishdi.
7 Shimsho‘n bundan xabardor bo‘lgach, Filistlarning oldiga borib: “Ont ichib aytamanki, shu qilmishlaring uchun sizlardan o‘ch olmagunimcha qo‘ymayman!” — dedi.
8 Shimsho‘n ularni shafqatsizlarcha qirib tashladi. Keyin esa u yerlarni tark etib, Etom qoyasidagi bir g‘orga borib yashadi.
9 Ko‘p o‘tmay Filistlar Yahudoda qarorgoh qurib, Lexi shahrini bosib olishdi.
10 Yahudo odamlari: “Nima uchun bizga hujum qildingizlar?” — deb so‘radilar. Ular esa: “Biz Shimsho‘nni qo‘lga olmoqchimiz. Bizga qilgan yomonligini qaytarib o‘z boshiga solmoqchimiz”, — deb javob berishdi.
11 Yahudo qabilasidan uch mingta odam Etom qoyasiga borib Shimsho‘nga: — Filistlar bizga hukmronlik qilishlarini bilmaysanmi? — dedilar. — Sen boshimizga bitgan balo bo‘lding–ku! Shimsho‘n javob berib dedi: — Men qilmishlariga yarasha jazosini berdim, xolos.
12 — Biz seni olib ketgani keldik, — dedi Yahudo odamlari. — Seni bog‘lab Filistlarga bermoqchimiz. — Xo‘p, mayli, — dedi Shimsho‘n. — Ammo sizlar meni o‘ldirmaslikka so‘z beringlar.
13 — Biz seni o‘ldirmaymiz, — deb so‘z berdi ular. — Biz seni bog‘lab ularga topshirsak bo‘ldi. Yahudo odamlari Shimsho‘nni ikkita yangi arqon bilan bog‘lab, shaharga olib keldilar.
14 Shimsho‘n Lexiga kelganda, Filistlar uni qiy–chuv bilan qarshilab olishdi. Shu zahoti Egamizning Ruhi Shimsho‘nni qamrab olib, yanada kuchini oshirdi. Shimsho‘n qo‘llaridagi arqonlarni kuygan zig‘ir tolalarini uzayotganday osonlikcha uzib tashladi.
15 So‘ng atrofiga bir nazar solib, eshakning jag‘ suyagini ko‘rib qoldi. Jag‘ suyak oftobda qurib ketmagani uchun qattiq va og‘ir edi. Shimsho‘n suyakni olib, Filistlarni savalay boshladi. O‘sha kuni u ming nafar odamni o‘ldirdi.
16 Shunda Shimsho‘n dedi: “Eshakning jag‘ suyagi bilan mingta odamni o‘ldirdim. Eshakning jag‘ suyagi bilan ularni uyum– uyum qildim.”
17 U gapini tugatib bo‘lgach, suyakni uloqtirib yubordi–da, o‘sha joyni Ramat–Lexiy, deb atadi.
18 Shimsho‘n rosa chanqab ketdi, so‘ng Egamizga iltijo qilib dedi: “Sen qulingga shunday buyuk bir g‘alabani berding. Hozir esa men tashnalikdan ado bo‘lib, sunnatsizlarning qo‘liga tushamanmi?!”
19 Xudo Lexida yer ostidagi bo‘shliqni yorib, u yerdan suv chiqardi. Shimsho‘n suv ichib o‘ziga keldi. Shuning uchun buloq En–Xaqqor, deb ataldi, u bugunga qadar Lexidadir.
20 Filistlar davrida Shimsho‘n Isroil xalqiga yigirma yil davomida hakam bo‘lib xizmat qildi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18