Hakamlar 6 bob

1 Gido‘n.

1 Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi. Egamiz ularni yetti yilga Midiyon xalqining qo‘liga berdi.
2 Midiyonlarning zulmiga chiday olmagan Isroil xalqi tog‘larda, g‘orlarda va adirlardagi pana joylarda yashirinib yurdi.
3 Har safar Isroil xalqi ekin ekkanda, Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi ko‘chmanchilar birgalikda ularning yerlariga bostirib kirishardi.
4 Ular Isroil yerida qarorgoh qurib, to G‘azo shahri atroflarigacha bo‘lgan hamma hosillarini nobud qilishardi. Isroil xalqi uchun hech qanday ozuqa qoldirmay, qo‘y, eshak, mollarigacha tortib olishardi.
5 Dushman galalari o‘zlari bilan chorvasini olib, hatto chodirlarini ham ko‘tarib kelishardi. Ular chigirtka kabi g‘ijillab yotar edi, odamlarning va tuyalarining sanog‘iga yetib bo‘lmasdi. Ular kelib, butun yurtni xarob qilishardi.
6 Midiyonlarning dastidan jabr– jafo ko‘rgan Isroil xalqi Egamizdan najot so‘rab, faryod qildi.
7 Isroil xalqi Egamizga faryod qilganda,
8 Egamiz ularga bir payg‘ambar yuborib, quyidagilarni xabar qildi: — Isroil xalqining Xudosi — Egangiz shunday aytmoqda: “Sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Men edim.
9 Men sizlarni Misrliklarning qo‘lidan hamda bu yurtda sizlarga zulm o‘tkazgan barcha xalqlardan xalos qildim. Ularni o‘z yurtlaridan haydab, yerlarini sizlarga berdim.
10 Sizlarga, Men Egangiz Xudoman, sizlar Amor xalqlarining yurtida yashab yursangiz ham, ularning xudolariga sajda qilmanglar, degan edim. Ammo sizlar gaplarimga quloq solmadingizlar.”
11 Keyin Egamizning farishtasi O‘fra shahriga kelib, eman daraxtining tagida o‘tirdi. Bu daraxt Abuazar urug‘idan bo‘lgan Yo‘shga tegishli edi. O‘sha paytda uning o‘g‘li Gido‘n Midiyonlardan bekinib, sharob tayyorlanadigan chuqurda bug‘doy yanchiyotgan edi.
12 Egamizning farishtasi unga zohir bo‘lib dedi: — Ey, dovyurak jangchi, Egamiz sen bilan birgadir.
13 — Agar Egamiz biz bilan birga bo‘lsa, nima uchun bu kulfatlar boshimizga tushgan ekan?! — dedi Gido‘n. — Ota–bobolarimiz: “Egamiz bizni Misrdan olib chiqdi”, deya bizga aytib bergan edi, Egamizning ajoyib ishlari qayerda qoldi?! Egamiz bizni tark etib, Midiyonlarning qo‘liga berib qo‘ydi–ku.
14 Shunda Egamiz unga qarab dedi: — Qani, bo‘l, bor qudratingni ishga solib, Isroil xalqini Midiyonlarning qo‘lidan xalos qil. Men O‘zim seni yuboryapman.
15 — Ey, to‘ram, qanday qilib men Isroil xalqini xalos qila olaman? — dedi Gido‘n. — Mening urug‘im Manashe qabilasining eng zaifi bo‘lsa, o‘zim esa otam xonadonining kenjasi bo‘lsam.
16 Egamiz unga dedi: — Men sen bilan bo‘laman, sen Midiyonlarning hammasini bir odamni yengganday osonlikcha yengasan.
17 Shunda Gido‘n dedi: — Agar marhamatingga sazovor bo‘lgan bo‘lsam, sen chindan ham Egamiz Xudo ekanligingni isbotlab, biron bir alomat ko‘rsat.
18 Nazr olib kelib, senga taqdim qilgunimga qadar bu yerdan ketma. — Mayli, qaytib kelguningga qadar shu yerda bo‘laman, — dedi U.
19 Gido‘n uyiga borib, bitta uloqchani pishirdi, bir tog‘ora undan yupqalar tayyorladi. Uloqchaning go‘shtini savatga, sho‘rvasini esa tovoqqa solib, eman daraxtining tagida o‘tirgan Egamizning farishtasiga olib borib, taqdim qildi.
20 Egamizning farishtasi unga dedi: — Go‘sht va yupqalarni olib, mana bu toshning ustiga qo‘ygin, sho‘rvani esa bularning ustidan quy. Gido‘n aytilganday qildi.
21 Egamizning farishtasi qo‘lidagi tayoqning uchini go‘sht va yupqalarga tekkizishi bilanoq toshdan olov chiqib go‘sht va yupqalarni kuydirib yubordi. So‘ng Egamizning farishtasi ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
22 Shunda Gido‘n o‘sha odam Egamizning farishtasi ekanligini fahmlab: — Voy, sho‘rim quridi! — dedi — Yo, Egam Rabbiy, men farishtangning yuzini ko‘rdim.
23 Egamiz: — Tinchlan, — dedi. — Qo‘rqma, sen o‘lmaysan.
24 Gido‘n Egamizga atab bir qurbongoh qurib, uning nomini: “Egamiz tinchlikdir”, deb atadi. Qurbongoh bugunga qadar Abuazar urug‘iga qarashli bo‘lgan O‘frada bor.
25 Xuddi o‘sha kuni kechasi Egamiz Gido‘nga shunday dedi: “Otangning yetti yashar ikkinchi buqasini ol, otang Baalga atab qurdirgan qurbongohni vayron qil. Qurbongoh yonidagi Asheraga atalgan ustunni ham kesib tashla.
26 Shu yerdagi qal’aning tepasiga chiqib, Egang Xudoga — Menga atab bir qurbongoh qur. Qurbongoh toshlari bir–birining ustiga tekis terilgan bo‘lsin. So‘ng o‘sha buqani olib, qurbongohda qurbonlik qilib kuydir. O‘tin o‘rniga kesib tashlangan ustunni ishlat.”
27 Gido‘n o‘nta xizmatkorini olib, xuddi Egamiz aytganday qildi. Ammo uydagilaridan va shahardagi odamlardan qo‘rqqanidan buni kunduz kuni qilmay, kechasi qilgan edi.
28 Shahar aholisi erta bilan saharda turganda Baal qurbongohi vayron bo‘lganini, yonidagi Asheraning ustuni kesib tashlanganini va yangi qurilgan qurbongohning ustida buqa qurbonlik qilinganini ko‘rishdi.
29 Ular bir–birlaridan: “Buni kim qilgan ekan?” — deb so‘ray boshladilar. So‘rab–surishtirgandan keyin buni Yo‘sh o‘g‘li Gido‘n qilganini aniqlashdi.
30 Shunda shahar aholisi Yo‘shga: — O‘g‘lingni bu yerga olib chiq! — dedilar. — Biz uni o‘ldiramiz! U Baal qurbongohini buzibdi, qurbongoh yonidagi Asheraning ustunini ham kesib tashlabdi.
31 — Sizlar hali Baalning tarafini olyapsizlarmi?! — deya Yo‘sh g‘azablangan olomonga do‘q urdi. — Uni himoya qilyapsizlarmi? Kim uning tarafini olsa, tong otguncha o‘ldiriladi. Agar u xudo bo‘lsa, vayron bo‘lgan qurbongohi uchun o‘zi o‘ch olsin.
32 Gido‘n Baal qurbongohini buzib tashlagani uchun, odamlar o‘sha kundan boshlab Gido‘nni Yerubbaal, deb atay boshladilar. Bu: “Baal o‘zi o‘ch olsin”, deganidir.
33 Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi ko‘chmanchilar birgalikda Iordan daryosidan o‘tib, Yizril vodiysida qarorgoh qurdilar.
34 Egamizning Ruhi Gido‘nni qamrab oldi. Gido‘n burg‘u chalib, Abuazar urug‘idan bo‘lganlarni o‘ziga ergashishga chaqirdi.
35 U butun Manashe hududi bo‘ylab choparlar jo‘natib, u yerdagilarni ham o‘z atrofiga yig‘di. U Osher, Zabulun va Naftali qabilalariga ham o‘z choparlarini yuborgan edi. Ular ham kelib Gido‘nga qo‘shilishdi.
36 Shunda Gido‘n Xudoga dedi: “Isroil xalqini men orqali ozod qilishingni aytgan eding, bunga amin bo‘lmoq uchun,
37 mana men titilgan junni xirmonga qo‘yaman. Agar ertalab shudring faqatgina junning ustida bo‘lib, yer qup–quruq bo‘lsa, Sen Isroil xalqini men orqali ozod qilishingga ishonaman.”
38 Xuddi shunday bo‘ldi. Ertasi kuni Gido‘n barvaqt turib, junni olib siqdi, jundan bir kosa suv chiqdi.
39 Shunda Gido‘n Xudoga dedi: “Menga qahring kelmasin, Senga yana birgina gapim bor. Iltimos, jun bilan yana bir bor sinov o‘tkazay. Bu safar shunaqa qilginki, junning usti qup–quruq, yerning usti esa shudring bilan qoplangan bo‘lsin.”
40 Shu kechada Xudo xuddi shunday qildi. Junning usti qup–quruq bo‘lib, yerning usti esa shudring bilan qoplangan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18