Hakamlar 13 bob

1 Shimsho‘nning tug‘ilishi.

1 Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabih ishlar qilgani uchun, Egamiz ularni qirq yilga Filist xalqining qo‘liga berdi.
2 O‘sha zamonda Zoroxlik bir odam bor edi. U Dan qabilasidan bo‘lib, uning ismi Monuvax edi. Uning xotini bepusht bo‘lib, farzandi yo‘q edi.
3 Bir kuni Egamizning farishtasi ayolga zohir bo‘lib shunday dedi: “Sen shu paytgacha bola ko‘rishga ojiz eding, ammo ko‘p o‘tmay sen homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘asan.
4 Sharob va o‘tkir ichimliklarni endi icha ko‘rma, harom narsani ham yema,
5 chunki sen homilador bo‘lib, o‘g‘il ko‘rasan. Bola tug‘ilishi bilanoq Xudoga nazr qilingay, shuning uchun bolaning boshiga ustara tegmasin. Isroilni Filistlarning qo‘lidan ozod qilishni boshlaydigan o‘shadir.”
6 Keyin ayol erining oldiga borib dedi: “Oldimga Xudoning bir odami keldi, uning ko‘rinishi xuddi Xudoning farishtasiga o‘xshagan juda qo‘rqinchli edi. Uning qayerdan kelganini so‘ramabman. O‘zi ham menga ismini aytmadi.
7 Uning gapiga qaraganda, men homilador bo‘lib, o‘g‘il ko‘rar ekanman. Bola tug‘ilishi bilanoq bir umrga Xudoga nazr qilinar ekan, shuning uchun men sharobni ham, o‘tkir ichimlikni ham, harom narsani ham og‘zimga olishim mumkin emas ekan.”
8 “Yo, Rabbiy, — deya Egamizga yolvordi Monuvax. — O‘sha odamingni yana oldimizga yuborishingni iltijo qilib so‘rayman. U kelib, bo‘lajak o‘g‘limizga nima qilishimiz kerakligini o‘rgatib ketsin.”
9 Monuvaxning ibodati ijobat bo‘ldi. Ayol dalada o‘tirgan bir paytda Xudoning farishtasi yana ayolning oldiga keldi. Ammo o‘sha paytda Monuvax u yerda yo‘q edi.
10 Ayol shoshib–pishib erining oldiga yugurdi–da: “Tunov kun oldimga kelgan odam yana menga zohir bo‘ldi!” — deb aytdi.
11 Monuvax turib xotiniga ergashdi. O‘sha odamning oldiga kelib: — Bu ayolga gapirgan sizmidingiz? — deb so‘radi. — Ha, men edim, — deya javob berdi u.
12 — Aytganlaringiz amalga oshganidan so‘ng, bola qay tarzda yashashi kerak? U nima ish qiladi? — deb so‘radi Monuvax.
13 Egamizning farishtasi Monuvaxga shunday deb javob berdi: — Xotining aytganlarimning hammasini so‘zsiz bajarsin.
14 Uzumdan tayyorlangan bironta narsani ham og‘ziga olmasin. Sharob va o‘tkir ichimliklarni ichmasin, hech qanday harom narsa yemasin. Aytganlarimning hammasiga rioya qilsin.
15 Monuvax Egamizning farishtasiga: — Biroz kutib tursangiz, sizga bir uloqcha tayyorlab bersam, — dedi.
16 — Kutganim bilan, baribir, taomingni yemayman, — dedi Egamizning farishtasi. — Lekin uloqchani kuydiriladigan qurbonlik qilmoqchi bo‘lsang, uni Egamizga baxshida et. Monuvax u Egamizning farishtasi ekanligini bilmagandi.
17 Keyin Monuvax Egamizning farishtasiga: — Bizga ismingizni ayting. Toki aytganlaringiz ro‘yobga chiqqanda, sizni duo qilib yuraylik, — dedi.
18 Egamizning farishtasi esa: — Nega ismimni so‘rayapsan? Aytganim bilan baribir unga aqling yetmaydi, — dedi.
19 Monuvax Egamizga atab, uloqchani katta bir toshning ustida qurbonlik qilib kuydirdi, unga qo‘shib don nazri ham kuydirdi. Shu onda Monuvax va uning xotini oldida Egamiz ajoyib bir mo‘jiza yaratdi:
20 qurbongoh alangasi osmonga chirmashayotgan edi. Egamizning farishtasi ham alangaga qo‘shilib yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Buni ko‘rgan Monuvax bilan xotini yerga muk tushishdi.
21 Farishta ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi–yu, boshqa ularga ko‘rinmadi. Shundan keyin Monuvax o‘sha odam Egamizning farishtasi ekanligini angladi.
22 Monuvax xotiniga: — Biz o‘lamiz, chunki biz Xudoni ko‘rdik! — dedi.
23 — Agar Egamiz bizni o‘ldirmoqchi bo‘lganda, don nazri va qurbonligimizni qabul qilmagan bo‘lardi, — dedi xotini. — Bu mo‘jizalarni bizga ko‘rsatib, bunday narsalarni aytib o‘tirmagan bo‘lardi.
24 Ayol o‘g‘il ko‘rdi, uning ismini Shimsho‘n qo‘ydi. Bola katta bo‘ldi, Egamiz esa uni yorlaqadi.
25 Shimsho‘n Zorox bilan Eshtoyo‘l shaharlari orasidagi Dan qabilasining qarorgohida bo‘lganda, Egamizning Ruhi uni boshqara boshladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18