Hakamlar 3 bob

1 Yurtda qolgan o‘zga xalqlar. 7 O‘tniyol. 12 Ehud. 31 Shamgar.

1 Egamiz, Kan’on yurtida bo‘lib o‘tgan bironta urushda qatnashmagan Isroil xalqini sinay,
2 hech qachon urush ko‘rmagan bu yangi avlodga jangni o‘rgatay, deb quyidagi xalqlarni qoldirgan edi:
3 beshta Filist bekini, barcha Kan’on xalqlarini, Sidonliklar va Baal–Xermon tog‘idan to Levo– Xomatgacha Lubnon qirlarida yashagan Xiv xalqini.
4 Ular yordamida Egamiz O‘z xalqi Isroilni sinab, Muso orqali ota–bobolariga bergan amrlarga itoat qilish–qilmasligini ko‘rmoqchi edi.
5 Shunday qilib, Isroil xalqi Kan’on, Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlarining orasida yashadi.
6 Ular o‘sha xalqlar bilan apoq–chapoq bo‘lib, qiz olib, qiz berishardi, hatto xudolariga ham sig‘inishardi.
7 Isroil xalqi Egamizning oldida qabih ishlar qilar edi. Ular o‘z Egasi Xudoni eslaridan chiqarib, Baal va Asheraning tasvirlariga sig‘inishar edi.
8 Bundan g‘azablangan Egamiz ularni Oram–Naxrayim shohi Kushonrishtamga tobe qilib qo‘ydi. Ular sakkiz yil davomida Kushonrishtamning xizmatida bo‘lishdi.
9 Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilgach, Egamiz ularga qutqaruvchi qilib O‘tniyolni yubordi. O‘tniyol Xolibning jiyani, aniqrog‘i, kenja ukasi Xanazning o‘g‘li edi.
10 Egamizning Ruhi O‘tniyolni qamrab oldi. O‘tniyol Isroil xalqiga hakam bo‘ldi. O‘tniyol Mesopotamiya shohi Kushonrishtamga qarshi jang qilib, uni yengdi, chunki Egamiz shohni uning qo‘liga bergan edi.
11 Shundan keyin yurtda qirq yil tinchlik, osoyishtalik bo‘ldi. So‘ng Xanaz o‘g‘li O‘tniyol olamdan o‘tdi.
12 Isroil xalqi Egamizning oldida yana qabihliklar qilgani uchun, Egamiz Mo‘ab yurtining shohi Eglonni ularga qarshi qo‘zg‘atdi.
13 Shoh Eglon Ommon va Omolek xalqlari bilan birgalikda Isroil xalqini yengib, palma shahri — Erixoni qo‘lga kiritdi.
14 Shunday qilib, Isroil xalqi o‘n sakkiz yil davomida Mo‘ab yurtining shohi Eglonga qaram bo‘lib yashadi.
15 Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilishi bilanoq, Egamiz ularga Ehud ismli bir qutqaruvchini yubordi. Gera o‘g‘li Ehud Benyamin qabilasidan bo‘lib, chapaqay edi. Isroil xalqi Ehud orqali Mo‘ab shohi Eglonga o‘lpon jo‘natdi.
16 Ehud o‘ziga uzunligi bir tirsak bo‘lgan xanjar yasab, uni o‘ng tomoniga, kiyimining ichidan taqib olgandi.
17 U o‘lponni shoh Eglon huzuriga olib kirdi. Shoh Eglon haddan tashqari semiz bir odam edi.
18 Ehud o‘lponni taqdim qilib bo‘lgach, hadyalarni ko‘tarib kelgan odamlar bilan birga uyga yo‘l oldi.
19 Biroq ular Gilgaldagi tosh haykallar o‘rnatilgan joyga yetganlarida, Ehud iziga qaytdi. U Eglonning oldiga kelib: “Ey, hazrati oliylari, sizga aytadigan bir sirim bor”, — dedi. Shoh: “Bizni holi qo‘yinglar!” — deyishi bilanoq, uning huzuridagi xizmatkorlar chiqib ketishdi.
20 Shoh salqin boloxonasida yolg‘iz o‘zi qoldi. Ehud unga yaqinlashib: “Men sizga Xudoning xabarini yetkazmog‘im lozim”, — dedi. Eglon o‘rnidan turdi.
21 Shunda Ehud o‘ng tarafida osilgan xanjarni chap qo‘li bilan sug‘urib olib, Eglonning qorniga sanchdi.
22 Xanjar sopi bilan Eglonning qorniga kirib ketdi, teshigini esa yog‘ qopladi. Ehud xanjarni sug‘urib olmadi, xanjar tig‘i shohning qornini yorib butidan chiqdi.
23 Ehud ayvonga chiqdi, boloxona eshiklarini yopib, qulfladi.
24 U ketishi bilanoq, Eglonning xizmatkorlari kelishdi. Eshik qulf ekanligini ko‘rishgach: “Shohimiz salqingina xonada hojatini chiqarayotgan bo‘lsalar kerak”, degan xayolga borishdi.
25 Ammo boloxonaning eshiklari hadeganda ochilavermagandan so‘ng, xizmatkorlar bezovtalanishdi. Ular tashqarida ancha kutib qolishganidan keyin, kalit olib, eshikni ochishdi. Qarashsa, shoh hazratlari jonsiz yotgan ekan.
26 Ehud esa paytdan foydalanib, qochib qolgan edi. U tosh haykallar oldidan o‘tib, Saviro shahriga bordi.
27 Efrayim qirlariga yetib kelganda burg‘u chalib, Isroil xalqini jangga da’vat qildi. Ehud hammani boshlab qirlardan pastga tushar ekan,
28 Isroil xalqiga: “Orqamdan yuringlar! — dedi. — Dushmanimiz Mo‘ab xalqini Egamiz sizlarning qo‘lingizga berdi–ku!” Isroil xalqi Ehudga ergashdi. Ular Iordan daryosining kechuv joylarini qo‘lga olib, bironta odamni ham u yerdan o‘tkazishmadi.
29 O‘sha kuni ular o‘n mingtacha baquvvat va jasur Mo‘ab sipohlarini o‘ldirishdi. Birontasi ham Isroil xalqining qo‘lidan qochib qutulmadi.
30 O‘sha kuni Isroil xalqi Mo‘ab lashkarini mag‘lub qildi. Yurtda sakson yil tinchlik, osoyishtalik bo‘ldi.
31 Ehuddan keyin Onot o‘g‘li Shamgar hakam bo‘ldi. U ham Isroil xalqini qutqarib, govron bilan olti yuz nafar Filist sipohini o‘ldirgandi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак