Hakamlar 2 bob

1 Egamizning farishtasi Boximda. 6 Yoshuaning o‘limi. 11 Isroil xalqi Egamizga sajda qilmaydi

1 Egamizning farishtasi Gilgaldan Boximga kelib shunday dedi: — Men sizlarni Misrdan olib chiqdim. Ont ichib, ota–bobolaringizga beraman, degan yurtga sizlarni olib kirdim. Men: “Sizlar bilan tuzgan ahdimni hech qachon buzmayman”, degan edim.
2 Sizlarga: “Bu yurt xalqlari bilan ahdlashmanglar, ularning qurbongohlarini vayron qilinglar”, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar amrimga itoat qilmay, teskarisini qildingizlar.
3 Bunday qilganingiz uchun yurtingizda yashab yurgan bu xalqlarni Men endi haydab chiqarmayman. Ular sizlarga dushman bo‘lib, ularning xudolari sizlarga tuzoq bo‘ladilar.
4 Egamizning farishtasi bu so‘zlarni aytgach, butun Isroil xalqi faryod ko‘tardi.
5 Shunday qilib, ular o‘sha yerni Boxim, deb atab, Egamizgaqurbonliklar keltirdilar.
6 Yoshua Isroil xalqini tarqatib yuborgandan so‘ng, har bir odam o‘ziga tushgan yerni mulk qilib olish uchun yo‘lga tushgandi.
7 Yoshua davrida odamlar Egamizga sajda qilishar edi. Ular Yoshuaning o‘limidan so‘ng, Egamiz Isroil uchun qilgan buyuk ishlarini ko‘rgan oqsoqollar davrida ham Egamizning amrlarini bajarishar edi.
8 Egamizning quli Nun o‘g‘li Yoshua 110 yoshida olamdan o‘tdi.
9 Uni Gash tog‘ining shimolida joylashgan Efrayim qirlaridagi Timnat–Seraxda, o‘zi ulush qilib olgan yerida dafn qilishdi.
10 Butun keksa avlod ham olamdan o‘tdi. Isroil xalqining yosh avlodi esa Egamizni tan olmadi, Uning Isroil xalqi uchun qilgan buyuk ishlarini bilmadi.
11 Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi, ular Baal degan xudoning tasvirlariga sig‘ina boshlashdi.
12 Egamiz ularni Misrdan olib chiqqan bo‘lsa–da, ular ota–bobolarining Xudosidan yuz o‘girishdi. Boshqa xudolarga — yon–atrofda yashovchi xalqlarning xudolariga ergashishdi. Ularga sajda qilib, Egamizning qahrini keltirishdi.
13 Isroil xalqi Egamizdan yuz o‘girib, Baalga va Ashtaretning tasvirlariga sajda qilayotgan edi.
14 Bundan g‘azablangan Egamiz ularni bosqinchilar qo‘liga berib, talon–taroj qildirdi va yon–atrofdagi g‘animlarga taslim qildi. Bundan buyon Isroil xalqi dushmanlariga qarshilik ko‘rsata olmas edi.
15 Isroil xalqi qayerda jang qilmasin, Egamiz ogohlantirganidek, ularning boshlariga falokat keltirish uchun har safar ularga qarshi O‘zi chiqar edi. Isroil xalqi og‘ir ahvolda qolgan edi.
16 Egamiz ularni bosqinchilar qo‘lidan ozod qilish uchun hakamlarni yubordi.
17 Lekin ular hatto hakamlariga quloq solmadilar. Egamizga bevafolik qilib, boshqa xudolarga sajda qilaverdilar. Ular Egamizning amrlariga itoat qilgan ota–bobolariga o‘xshamay, tez orada ajdodlari yurgan haq yo‘ldan ozdilar.
18 Egamiz ularga hakam yuborar ekan, har bir hakam bilan O‘zi bo‘lar edi, o‘sha hakam davrida xalqini dushmanlardan xalos qilardi. Chunki zolim va zo‘ravonlarning dastidan noligan xalqqa Egamizning rahmi kelar edi.
19 Ammo hakam olamdan ko‘z yumgach, ular yana eski qilmishlariga qaytishar edi. Ota–bobolaridan ham battar gunohlar qilib, boshqa xudolarga sajda qilishar, ularga sig‘inishar edi. Bu odatlarining birontasini ham qoldirmay, qilmishlarini o‘jarlik bilan davom ettirishar edi.
20 Isroil xalqidan qattiq g‘azablangan Egamiz shunday dedi: “Bu odamlar gapimga kirmay, Men ota–bobolari bilan tuzgan ahdimni buzdilar!
21 Shuning uchun Men ularning oralarida Yoshuaning o‘limidan keyin qolib ketgan begona xalqlarning birontasini ham ularning huzuridan haydab chiqarmayman.”
22 Isroil xalqi ota–bobolari singari Egamizning yo‘lidan yurish– yurmasligini ko‘rish uchun,
23 Egamiz bu xalqlarni Yoshuaga taslim qilmagan edi. Ularning hammasini birdaniga haydab chiqarmay, yurtda qolishlariga ijozat bergan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18