Qonunlar 8 bob

1 Yaxshi yurt haqida. 11 Egamizni unutmaslik haqida ogohlantirish.

1 Bugun men sizlarga berayotgan amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar, shunda yashaysizlar, ko‘payasizlar. Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, beraman, deb va’da qilgan yurtga kirasizlar. O‘sha yurtni mulk qilib olasizlar.
2 Egangiz Xudo qirq yil davomida sizni sahrodan olib yurdi, o‘sha uzoq safarni yodingizda tutinglar. Egamiz yuragingizda nima borligini, Uning amrlarini bajarishingizni yoki bajarmasligingizni bilishi uchun, sizlarni qiyinchiliklarga duchor qilib, sinadi.
3 U sizlarni och qoldirdi, so‘ng o‘zlaringiz ko‘rmagan, ota–bobolaringiz ham ko‘rmagan manna bilan qorningizni to‘ydirdi. Egamiz sizlarga inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan hayot ekanini o‘rgatish uchun shunday qildi.
4 Mana shu qirq yil davomida kiyimlaringiz eskirib ketmadi, oyog‘ingiz ham shishmadi.
5 Endi shuni bilinglarki, inson farzandini qanday tarbiyalasa, Egangiz Xudo ham sizlarni shunday tarbiyalaydi.
6 Egangiz Xudoning amrlariga rioya qilinglar. U ko‘rsatgan yo‘ldan yuringlar. Undan qo‘rqinglar.
7 U sizlarni hosildor yurtga olib boradi, u yerda irmoqlar, buloqlar, vodiy va qirlarda yer ostidan chiqadigan suvlar bor.
8 Bug‘doy, arpa, uzum, anjir, anor, zaytun moyi va asal o‘sha yurtda mo‘ldir.
9 U yerda to‘yib non yeysizlar, hech narsaga muhtoj bo‘lmaysizlar. U yer shunday bir yurtki, qoyalardan temir, qirlaridan mis chiqarasizlar.
10 O‘sha yerda yeb to‘yganingizda, sizlarga bergan hosildor yurt uchun Egangiz Xudoni olqishlanglar.
11 Hushyor bo‘linglar, men bugun sizlarga aytayotgan Egamizning amrlarini, farmonlar va qonun–qoidalarini bajarmay qo‘ymanglar. Egangiz Xudoni esingizdan chiqarmanglar.
12 Yeb, to‘yganingizda, chiroyli uylar qurib, joylashganingizda,
13 mol, qo‘ylaringiz, oltin– kumushingiz va barcha mulkingiz ko‘payganda,
14 gerdayib ketmanglar. Sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoni esingizdan chiqarmanglar.
15 U sizlarni zaharli ilonlar, chayonlarga to‘la o‘sha bahaybat va qo‘rqinchli sahrodan, suvsiz, taqir joylardan olib o‘tdi. U yerda sizlar uchun qoyadan suv chiqardi.
16 Ota– bobolaringiz bilmagan manna bilan sahroda qorningizni to‘yg‘izdi. Oqibatda sizlarga yaxshilik keltirish uchun, sizlarni qiynchiliklarga duchor qilib, sinadi.
17 Xayolingizda: “O‘z kuch–qudratim bilan mana shu boylikni topdim”, demanglar.
18 Ammo Egangiz Xudoni doimo yodingizda tutinglar. Zero, boylikni topishga kuch bergan Egangizdir. Shunday qilib, U ota–bobolaringiz bilan qasam ichib, qilgan ahdini bugun bajarmoqda.
19 Bugun men sizlarni jiddiy ogohlantiryapman. Agar Egangiz Xudoni unutib boshqa xudolarga ergashsangizlar, ularga xizmat qilib, sig‘insangizlar sizlar albatta yo‘q bo‘lasizlar.
20 Egangiz Xudo boshqa xalqlarni oldingizdan yo‘q qilgani kabi, Uning amrlariga quloq solmaganingiz uchun, sizlarni ham yo‘q qiladi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18