Qonunlar 12 bob

1 Kan’on yurtida rioya qilinadigan qonun–qoidalar. 4 Sajda qilish uchun yagona joy. 29 Butparastlikka qarshi ogohlantirish.

1 Ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda bajarishingiz lozim bo‘lgan farmonlar va qonun–qoidalar quyidagilardan iboratdir. Bularni bitta qoldirmay bajaringlar.
2 Sizlar boradigan yurtdagi xalqlar boshqa xudolarga sig‘inadi. Ularning yurtini qo‘lga kiritganingizdan keyin tog‘ cho‘qqilaridagi, qirlardagi va har bir yashil daraxt ostidagi sajdagohlarini buzib, yo‘q qilinglar.
3 Qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini parchalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni yondiringlar, butlarini chopib tashlab, xudolarining nomini u yerdan yo‘q qilinglar.
4 Egangiz Xudoga o‘sha xalqlar singari sajda qilmanglar.
5 U ulug‘lanishi uchun barcha qabilalaringiz orasidan O‘ziga bir joy tanlaydi. Sizlar o‘sha joyda Unga sajda qilinglar.
6 U yerga kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni, ushrlaringizni, ehsonlaringizni, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan nazrlaringizni, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonliklaringizni, mol– qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan bolalarini olib boringlar.
7 U yerda, Egangiz Xudoning huzurida oilalaringiz bilan yeb, Egangiz Xudo hamma ishingizga bergan barakadan sevininglar.
8 U yerda biz hozir qilayotgan ishlarni qila ko‘rmanglar. Bu yerda hamma ko‘ngliga ma’qul kelganini qilyapti.
9 Chunki Egangiz Xudo sizga mulk qilib beradigan yerga hali kirmadingiz, osoyishta hayotga erishmadingiz.
10 Ammo ko‘p o‘tmay sizlar Iordan daryosidan o‘tasizlar, Egangiz Xudo mulk qilib beradigan yurtda joylashasizlar. U dushmanlaringizni yengib, sizlarga har tarafdan osoyishtalik ato qiladi, sizlar xavf–xatarsiz yashaysizlar.
11 Shunda Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga men amr qilgan nazru qurbonliklaringizni olib boringlar. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklaringizni, ushrlaringizni, ehsonlaringizni, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan a’lo nazrlaringizni Egamizga atab, o‘sha yerga olib boringlar.
12 Egangiz Xudo huzurida o‘zlaringiz, o‘g‘illaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, cho‘rilaringiz, shahringizdagi Levi qabilasidan bo‘lganlar bilan xursandchilik qilinglar. Chunki levilarning siznikiga o‘xshagan ulushi ham, mulki ham yo‘qdir.
13 Ehtiyot bo‘linglar, kuydiriladigan qurbonligingizni duch kelgan joyda qilavermanglar.
14 Ularni faqat Egamiz qabilalaringiz orasidan tanlagan joyda qilinglar. Men sizlarga amr qilganning hammasini o‘sha yerda ado etinglar.
15 Bordi–yu, go‘sht yemoqchi bo‘lsangiz, hayvonni istagan paytingizda, Egangiz Xudo bergan barakaga yarasha, xohlagan shahringizda so‘yib, yeyishingiz mumkin. Odam pok bo‘lsa ham, harom bo‘lsa ham, kiyik va ohu go‘shtini yeganday, bu go‘shtdan yeyaversin.
16 Faqat qonni iste’mol qilmanglar, uni suvday yerga to‘kib tashlanglar.
17 Nazru qurbonliklaringizni shaharlaringizda yemanglar. Doningiz, sharobingiz va zaytun moyingizning o‘ndan bir qismini, mol, qo‘yingizning birinchi tug‘ilgan bolasini, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan nazrlaringizni, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonliklaringizni, ehsonlaringizni
18 faqat Egangiz Xudo tanlagan joyda yenglar. Bularni Uning huzurida o‘g‘lingiz, qizingiz, qullaringiz, cho‘rilaringiz, shahringizdagi levilar bilan birga yeb, Egangiz Xudo ishingizga bergan barakadan sevininglar.
19 Yurtingizda yashar ekansiz, ehtiyot bo‘linglar, levilarni unutib qo‘ymanglar.
20 Egangiz Xudo sizlarga bergan va’daga ko‘ra, yerlaringizni kengaytiradi. Shunda ko‘nglingiz go‘shtni tusab: “Go‘sht yegim kelyapti”, deb aytsangiz, xohlaganingizcha go‘sht yeysiz.
21 Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joy sizlar turgan joydan uzoqda bo‘lsa, men buyurganimday, U sizlarga bergan mol yoki qo‘ylardan so‘yib, shahringizda xohlaganingizcha go‘sht yesangiz bo‘ladi.
22 Pok yoki harom odam bu go‘shtni ohu yoki kiyik go‘shtini yeganday tanovul qilaversin.
23 Qonni esa aslo iste’mol qilmanglar, chunki qon jondir, jonni go‘sht bilan birga yemanglar.
24 Qonni iste’mol qilmay, suv singari yerga to‘kib tashlanglar.
25 Sizlar ham, farzandlaringiz ham, qonni iste’mol qilmanglar, shunda baxtiyor bo‘lasizlar. Egamizning oldida ma’qul ish qilgan bo‘lasizlar.
26 Egamizga atagan ehsonlaringizni va va’da qilgan nazrlaringizni U tanlagan joyga olib boringlar.
27 Kuydiriladigan qurbonliklaringizni, ularning qonini, go‘shtini Egangiz Xudoning qurbongohida keltiringlar. Boshqa qurbonliklaringizning qonini ham Egangiz Xudoning qurbongohi yoniga to‘kinglar, go‘shtini esa yesangiz bo‘ladi.
28 Men berayotgan bu amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Shunda o‘zlaringiz ham, sizlardan keyingi farzandlaringiz ham to abad baxtli bo‘lasizlar. Negaki, Egangiz Xudoning oldida to‘g‘ri, yaxshi ishlarni qilgan bo‘lasizlar.
29 Sizlar yurtga kirib, u yerdagi xalqlarga hujum qilganingizda, Egangiz Xudo ularni yo‘q qiladi. Sizlar ularning yerlariga joylashasizlar.
30 Shunda ehtiyot bo‘linglar, ularning udumlarini qilib, tuzoqqa tushib qolmanglar. “Bu xalqlar xudolariga qanday xizmat qilgan ekan–a?! Men ham ularday qilaman”, deb ularning xudolari haqida surishtirmanglar.
31 Ularga xos usul bilan Egangiz Xudoga sig‘inmanglar. Ular Egamiz nafratlanadigan har bir jirkanch ishni qiladilar. Hatto o‘g‘illarini, qizlarini xudolariga qurbonlik qilib, olovda yondiradilar.
32 Men sizlarga bergan amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Bu amrlarga hech narsa qo‘shmanglar ham, olib tashlamanglar ham.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак