Qonunlar 6 bob

1 Eng buyuk amr. 10 Itoatsizlikka qarshi ogohlantirish.

1 Egangiz Xudo, xalqqa o‘rgatgin, deb menga bergan amrlar, farmonlar va qonun–qoidalar shulardan iboratdir. Iordanni kechib o‘tib, mulk qilib oladigan yurtda bularga rioya qilinglar.
2 Men sizlarga beradigan farmon va amrlarga o‘zlaringiz, farzandlaringiz va nabiralaringiz, hammangiz rioya qilinglar. Bir umr Egangiz Xudodan qo‘rqinglar, shunda umringiz uzoq bo‘ladi.
3 Ey Isroil xalqi, quloq soling, bularni bitta qoldirmay bajaring. Shunda ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz bergan va’daga ko‘ra, sut va asal oqib yotgan yurtda ko‘payasizlar, baxtiyor bo‘lasizlar.
4 Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo tanho Egadir.
5 Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar.
6 Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar.
7 Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar.
8 Bularni qo‘lingizga belgi qilib bog‘langlar, peshanangizga nishon qilib taqib olinglar.
9 Eshigingiz kesakisiga, darvozalaringizga yozib qo‘yinglar.
10 Egangiz Xudo ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq, Yoqubga qasam ichib, va’da qilgan yerga sizlarni olib kiradi. U sizlarga o‘zingiz qurmagan katta va chiroyli shaharlarni beradi.
11 O‘zingiz to‘ldirmagan, boyliklarga to‘la uylarni, o‘zingiz qazimagan sardobalarni, siz ekmagan toklar va zaytunzorlarni beradi. O‘shanda yeb to‘yganlaringizdan keyin
12 ehtiyot bo‘linglar! Sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egamizni unutmanglar.
13 Egangiz Xudodan qo‘rqinglar. Faqat Unga xizmat qilinglar. Yolg‘iz Uning nomi bilan qasam ichinglar.
14 Begona xudolarga, atrofingizdagi xalqlarning xudolariga ergashmanglar.
15 Axir, orangizdagi Egangiz Xudo rashkchi Xudodir. U g‘azablanib, sizlarni yer yuzidan yo‘qotib yuboradi.
16 Massaxda qilganingizdek, Egangiz Xudoni sinamanglar.
17 Uning amrlarini, farmon va shartlarini bitta qoldirmay bajaringlar.
18 Egamiz to‘g‘ri va yaxshi deb bilgan ishlarni qilinglar. Shunda Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, va’da qilgan hosildor yurtni sizlar mulk qilib olasizlar, baxtiyor bo‘lasizlar.
19 Egamiz O‘zi aytganidek, yurtingizda yashagan barcha dushmanlaringizni haydab chiqaradi.
20 Kelajakda farzandlaringiz sizlardan: “Egamiz Xudo sizlarga bergan qonun–qoidalar, farmon va shartlarning ma’nosi nima?” deb so‘raydi.
21 Ularga shunday deb javob beringlar: “Biz Misrda fir’avnning qullari edik. Egamiz O‘z qudrati bilan bizni Misrdan olib chiqdi.
22 U bizning ko‘z oldimizda Misrga, fir’avn va uning butun xonadoniga buyuk, qo‘rqinchli alomatu mo‘jizalarni ko‘rsatdi.
23 Ota–bobolarimizga ont ichib va’da qilgan yurtga bizni olib kirish uchun, o‘sha yurtni bizga berish uchun bizni Misrdan olib chiqdi.
24 Egamiz Xudo: ‘Mana shu farmonlarning hammasiga rioya qilinglar, Mendan qo‘rqinglar, shunda bugungiday tirik bo‘lasiz, baxtli hayot kechirasiz’, dedi.
25 Egamiz Xudoning oldida mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarsak, solih bo‘lamiz.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18