Qonunlar 32 bob

45 Musoning oxirgi ko‘rsatmalari.

1 Ey samo, quloq sol, men gapiraman. Ey zamin, og‘zimdan chiqqan so‘zlarni eshit.
2 Ta’limotim yomg‘ir kabi yog‘sin, So‘zlarim shudring kabi tushsin, Maysalarni siypalaydigan yomg‘ir tomchilariday, O‘tlar ustiga yog‘adigan mo‘l yomg‘irday bo‘lsin.
3 Egamizning nomini ulug‘layman! Xudoyimizning buyukligiga hamdlar o‘qing!
4 U suyangan Qoyam, Uning ishlari komil, Hamma yo‘llari adolatlidir. Xudo sadoqatlidir, Unda yolg‘on yo‘q, U haq va odildir.
5 Ammo sizlar Unga sodiq qolmadingiz! Ey buzuq va egri nasl, Endi sizlar Uning farzandlari, deb atalmaysiz, Bu sizlarning isnodingizdir.
6 Egamizga shunday qaytarasizmi, Ey ahmoq, nodon xalq?! U sizlarni yaratgan Otangiz–ku! Sizga shakl bergan Yaratuvchingiz–ku!
7 Qadimgi kunlarni eslang, Uzoq o‘tmishni o‘ylang. Otalaringizdan so‘rang, u sizlarga aytib beradi, Oqsoqollardan so‘rang, sizlarga gapirib berishadi.
8 Xudoyi Taolo xalqlarga yerni bo‘lib berganda, Odamzodni yer yuziga tarqatganda, Xalqlarning chegaralarini, Ilohiy zotlar soniga ko‘ra, belgilagandi.
9 Yoqub naslini esa Egamiz O‘ziga ulush qilib oldi, Isroilni O‘z nasibasi qildi.
10 Egamiz Isroilni sahrodan, Uvullaydigan dashtdan topib oldi. Uni O‘z bag‘riga oldi, Unga g‘amxo‘rlik qilib, Ko‘z qorachig‘iday saqladi.
11 Go‘yo burgut inidagilarni uyg‘otib, O‘z polaponlari uzra aylanganday, Qanotlarini yoyib, polaponlarini ko‘targanday, Qanotlari ustida ularni olib yurganday,
12 Egamizning yolg‘iz O‘zi Isroilni olib yurdi, Yonida boshqa xudo yo‘q edi.
13 Yerning cho‘qqilariga Isroilni hukmdor qildi, Dalaning hosili bilan uni to‘ydirdi. Toshdan chiqqan asal bilan, Toshloq yerda o‘sgan zaytunlarningmoyi bilan boqdi.
14 Sigir qatig‘iyu echki suti bilan, Qo‘zichoq va qo‘y dumbasi bilan, Bashan qo‘chqoriyu buzoqlari go‘shti, A’lo bug‘doy bilan boqdi. Uzumdan qilingan a’lo sharobdan ichirdi.
15 Azizim Isroil semirib, o‘jar bo‘ldi. U semirib, shishib ketdi, oxiri bo‘kib qoldi. O‘zini yaratgan Xudodan yuz o‘girib, O‘z najot Qoyasini xor qildi.
16 Boshqa xudolarga sajda qilib, Uning rashkini keltirdi. Jirkanchli butlar bilan Uning g‘azabini qo‘zg‘atdi.
17 Xudoga emas, jinlarga qurbonlik keltirdi. Bu xudolarni o‘zlari bilmas edi, Bu xudolar yaqinda paydo bo‘lgan, Ota–bobolari ulardan qo‘rqmagan edi.
18 Evoh, ey Isroil, seni tuqqan Xudoni eslamading, Seni dunyoga keltirgan Qoyani unutding.
19 Egamiz bularni ko‘rib, ularni rad etdi, O‘z o‘g‘il–qizlari Uning g‘azabini keltirgandi.
20 U shunday dedi: “Bu xalqdan yuzimni o‘giraman, Ularning ahvoli nima bo‘lishini ko‘raman. Axir, ular egri nasl, sadoqatsiz farzandlardir.
21 Ular Xudo bo‘lmagan butlar bilan rashkimni keltirdilar, Betayin xudolari bilan g‘azabimni qo‘zg‘atdilar. Men ham xalq bo‘lmaganlar bilan ularning rashkini keltiraman, Aqlsiz bir xalq bilan g‘azabini qo‘zg‘ataman.
22 G‘azabimdan olov chiqadi, O‘liklar diyorining eng chuqur joyigacha yondiradi, Yerni, hosilini kuydiradi, Tog‘ poydevorini kul qiladi.
23 Ularga kulfat ketidan kulfat keltiraman, O‘qlarimni bitta qo‘ymay ularga otaman:
24 Ochlik ularning sillasini quritadi, Isitma yondirib kuydiradi, Ofat jonlarini oladi. Yovvoyi hayvonlar ularni tilka–pora qiladi, Yerda sudraladigan ilonlar zahrini sochadi.
25 Ko‘chalarda yigitu qizlarni qilich halok qiladi, Uylarda esa chaqalog‘u oq sochli keksalarni vahima o‘ldiradi.
26 Ha, Men ularni sochib tashlagan bo‘lardim, Odamlar orasidan ularning xotirasini o‘chirib yuborgan bo‘lardim,
27 Ammo dushmanning mazaxidan hayiqdim, G‘animlar noto‘g‘ri tushunmasin, dedim. ‘Isroilni Egasi emas, biz mag‘lub qildik’, deb O‘ylamasin dedim.”
28 Isroil aqlini yo‘qotgan, idroksiz xalqdir.
29 Agar ularda aql bo‘lsa edi, tushunardi, Oqibati nima bo‘lishini bilardi.
30 Ana, Egasi Isroilni tark etdi, Suyangan Qoyasi ularni dushmanga berib qo‘ydi. Aks holda bir kishi Isroilning mingtasini ta’qib qila olarmidi?! Ikki kishi Isroilning o‘n mingtasini hayday olarmidi?!
31 Hatto dushmanlari tan oladi, Isroil Xudosi qudratli Qoya ekanligini.
32 Isroilning dushmanlari uzum tokiga o‘xshar, Sado‘m va G‘amo‘ra dalalarida o‘sar, Uzumzorlarining mevasi zaharli, Uzumlari og‘u singari achchiqdir.
33 Ularning sharobi ajdarho zahri, Ilonlarning qo‘rqinchli og‘usidir.
34 Egamiz shunday deydi: “Men Isroil dushmanlarini Nimalar qilishni dilimda tutaman, O‘shalarni xazinamda saqlayman.
35 Ularning oyoqlari chalishganda Men qasos olaman, jazosini beraman. Ularning halokat kuni yaqindir, Ularning qismati hal bo‘ladi.”
36 Egamizning xalqi kuchdan qolganda, Erkinu erksizlar nobud bo‘lganda, Egamiz O‘z xalqini oqlaydi, O‘z qullariga rahm–shafqat qiladi.
37 Shunda Egamiz O‘z xalqidan so‘raydi: “Ishongan xudolaringiz qani?! Siz panoh olgan qoyangiz qani?!
38 Sizlar o‘shalarga qurbonlik yog‘idan yedirdingiz, Nazr sharobidan ichirdingiz. Endi ular kelib, sizlarga yordam bersin! O‘shalar sizga qalqon bo‘lib ko‘rsin!
39 Bilib qo‘ying, Men yagonaman! Mendan boshqa Xudo yo‘qdir. O‘ldiradigan Menman, Hayot beradigan ham Menman, Jarohat yetkazadigan Menman, Shifo beradigan ham Menman. Mening qo‘limdan hech kim qutula olmaydi.
40 Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi, Qo‘limni osmonga ko‘tarib, ont ichib aytamanki:
41 Men yaltiroq qilichimni charxlayman, Adolat o‘rnata boshlayman. Dushmanlarimdan qasos olaman, Mendan nafratlanganlarga qaytaraman.
42 Halok bo‘lganlar va asirlarning qoni bilan O‘qlarimni mast qilaman, Yov lashkarboshilarning kallalari bilan Qilichimni etga to‘ydiraman.”
43 Ey ellar, Uning xalqi bilan shodlaning, U qullarining o‘limi uchun o‘ch oladi. Dushmanlaridan qasos olib, Yurti va xalqini gunohdan poklaydi.
44 Muso Nun o‘g‘li Yoshua bilan birga bu qo‘shiqning barcha so‘zlarini ovoz chiqarib, xalqqa aytib berdi.
45 Muso mana shu so‘zlarning hammasini butun Isroil xalqiga aytib bergandan keyin,
46 ularga shunday dedi: — Bugun men sizlarni ogohlantirib, aytgan so‘zlarning hammasini yuragingizda saqlang. Bolalaringizga ham buyuring, mana shu qonunning so‘zlarini bitta qoldirmay bajarishsin.
47 Bu shunchaki quruq so‘zlar emas, balki sizlarning hayotingizdir. Mana shu so‘zlar tufayli sizlar mulk qilib oladigan Iordanning narigi tomonidagi yurtda uzoq yashaysizlar.
48 Egamiz o‘sha kuni Musoga shunday dedi:
49 — Aborim tizmasidagi Navo tog‘iga chiq. Bu tog‘ Yerixo shahri ro‘parasidagi Mo‘ab yurtida joylashgan. U yerdan Men Isroil xalqiga mulk qilib berayotgan Kan’on yurtiga qara.
50 Akang Horun Xo‘r tog‘ida olamdan o‘tganday, sen ham o‘zing chiqadigan tog‘da olamdan o‘tasan.
51 Ikkovingiz Isroil xalqining oldida Menga sadoqatsizlik qilgan edingiz. Sizlar Zin cho‘lida, Mariva suvlari bo‘yidagi Kadesh yonida Isroil xalqiga muqaddasligimni namoyon qilmagan edingiz.
52 Shuning uchun sen o‘sha yurtni uzoqdan ko‘rasan. Men Isroil xalqiga berayotgan o‘sha yerga sen kirmaysan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак