Qonunlar 11 bob

1 Egamizning buyukligi. 8 Va’da qilingan yurtning barakalari.

1 Egangiz Xudoni sevinglar. Har doim Uning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilinglar, talablarini bajaringlar.
2 Shuni unutmanglarki, bolalaringiz emas, sizlar Egangiz Xudoning tarbiyasini olgansizlar. Farzandlaringiz Egamizning buyukligini, qudrati va ajoyibotlarini ko‘rmagan.
3 Egamiz Misr fir’avniga va uning butun yurtiga qilgan mo‘jizalaru ishlarini ular bilmaydi.
4 Orqangizdan quvayotgan Misr lashkarini, ot– aravalarini Egamiz Qizil dengizga cho‘ktirib, tamomila yo‘q qilganini bolalaringiz ko‘rmagan.
5 Shu yerga yetib kelguningizcha sahroda Egamiz sizlarga nimalar qilganini ular bilmaydilar.
6 Ruben qabilasidan Eliyobning o‘g‘illari Datan va Aburamni Egamiz nimalar qilganini bilmaydilar. Butun Isroil xalqining ko‘z o‘ngida yer yorilib ularni, oilalarini, chodirlarini, ularga qarashli barcha jonivorlarni yutib yuborganini bolalaringiz ko‘rmagan.
7 Egamizning qilgan barcha buyuk ishlarni bolalaringiz emas, sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz.
8 Shunday ekan, Men bugun sizlarga berayotgan amrlarning hammasiga rioya qilinglar. Shunda kuchli bo‘lasizlar. Iordan daryosidan kechib, mulk qilib oladigan yurtni qo‘lga kiritasizlar.
9 Egamiz ota–bobolaringizga va ularning avlodiga qasam ichib, va’da bergan sut va asal oqib yotgan yurtda uzoq yashaysizlar.
10 Sizlar kirib mulk qilib olayotgan bu yer o‘zlaringiz chiqqan Misr yurtiday emas. Misrda sabzavot urug‘ini o‘zlaringiz ekib, o‘zlaringiz sug‘orar edingizlar.
11 Sizlar Iordanni kechib o‘tib, mulk qilib oladigan yurtdagi qirlaru vodiylarni esa osmon yomg‘iri sug‘oradi.
12 Egangiz Xudoning O‘zi uni parvarish qiladi. Yil boshidan oxirigacha Egangiz Xudoning ko‘zi doim o‘sha yurtdadir.
13 Bugun men sizlarga berayotgan amrlarga quloq solinglar, Egangiz Xudoni sevinglar, Unga butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan xizmat qilinglar.
14 Shunda U yeringizga kuz va bahor yomg‘irini o‘z vaqtida yog‘diradi. Doningizni, sharobingizni va zaytun moyingizni yig‘ib olasiz.
15 Egamiz dalalaringizda chorvangiz uchun o‘t o‘stiradi, sizlarning rizqingiz ham but bo‘ladi.
16 Ammo ehtiyot bo‘linglar! Yana vasvasaga tushib, yo‘ldan ozmanglar. Boshqa xudolarga xizmat qilib, sig‘inmanglar.
17 Aks holda Egamiz sizlardan g‘azablanib, osmonni yopib qo‘yadi, yomg‘ir yog‘maydi, yer hosil bermaydi. Natijada Egamiz sizlarga mulk qilib berayotgan yaxshi yurtdan tez qirilib ketasizlar.
18 Mening bu so‘zlarimni yuragingiz va qalbingizda saqlanglar. Bularni qo‘lingizga belgi qilib bog‘langlar, peshanangizga nishon qilib taqib olinglar.
19 Bularni bolalaringizga o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda, turganingizda ham shular haqida gapiringlar.
20 Eshigingiz kesakisiga, darvozalaringizga yozib qo‘yinglar,
21 toki Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, mulk qilib beraman, deb va’da qilgan yurtda o‘zlaringiz ham, farzandlaringiz ham uzoq umr ko‘ringlar. Osmon yer ustida qancha tursa, o‘sha yurtda shuncha yashanglar.
22 Men bugun sizlarga aytayotgan amrlarni bitta qoldirmay bajarsangiz, Egangiz Xudoni sevsangiz, Uning yo‘lidan yursangiz, Unga sodiq bo‘lsangiz,
23 Egamiz bu yurtdagi xalqlarning hammasini sizlarning oldingizdan haydaydi. Sizlar o‘zingizdan ko‘proq va qudratliroq xalqlarning yurtlarini egallab olasiz.
24 Oyog‘ingiz tekkan har qanday yer sizniki bo‘ladi. Chegarangiz janubdagi sahrodan to shimoldagi Lubnongacha, sharqdagi Furot daryosidan to g‘arbdagi O‘rta yer dengizigacha cho‘ziladi.
25 Sizlarga hech kim bas kela olmaydi. Egangiz Xudo sizlarga va’da berganday, qadamingiz yetib borgan yerdagi hammani sizlardan qo‘rqadigan, vahimaga tushadigan qilib qo‘yadi.
26 Mana bugun men sizlarga barakani yoki la’natni tanlang, deyapman.
27 Men bugun sizlarga aytayotgan Egangiz Xudoning amrlarini bajarsangiz, baraka topasiz.
28 Bordi–yu, Uning amrlariga quloq solmasangiz, bugun sizlarga buyurayotgan yo‘ldan ozsangiz, oldin bilmagan xudolarga ergashsangiz, la’nati bo‘lasiz.
29 Egangiz Xudo o‘zlaringizga mulk qilib berayotgan yerga sizlarni olib kirganda, Garizim tog‘idan barakalarni aytinglar, Ebal tog‘idan la’natlarni aytinglar.
30 Bu ikkala tog‘ Iordanning kunbotar tomonida joylashgan. Ular Iordan vodiysida yashaydigan Kan’onliklar yurtida, Gilgal yaqinida, Mo‘redagi emanzor yonidadir.
31 Iordandan kechib o‘tib, Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib beradigan yurtni olasizlar. U yerni qo‘lga kiritib joylashib olganingizda,
32 men bugun sizlarga aytayotgan Uning hamma farmonlari va qonun–qoidalarini bitta qoldirmay bajaringlar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак