Qonunlar 24 bob

1 Ajralish va qaytadan turmush qurish. 5 Har xil qonunlar.

1 Agar biror kishi uylansa–yu keyinchalik xotinidan birorta uyatli qiliq topib, uni yoqtirmay qolsa, uning qo‘liga taloq xati yozib berib, uyidan chiqarib yuborishi mumkin.
2 Ayol erining uyidan ketib, boshqa erga tegsa–yu,
3 bu eri ham uni yoqtirmay qolsa, ayolning qo‘liga taloq xati yozib berib, uyidan chiqarib yuborsa yoki ayolning keyingi eri o‘lib qolsa,
4 birinchi eri ayolga qaytadan uylanishi mumkin emas. Chunki u ayol harom bo‘ldi. Bunday qilmishdan Egangiz Xudo jirkanadi. Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtni bulg‘amang.
5 Yangi uylangan odam urushga bormasin, shunga o‘xshash majburiyat unga yuklanmasin. U bir yil davomida erkin bo‘lib, xotinini uyda baxtli qilsin.
6 Hech kim tegirmonni yoki tegirmon toshini garovga olmasin. Shunday qilsa, u hayotni garovga olganday bo‘ladi.
7 Agar birortasi Isroil xalqidan bo‘lgan birodarini o‘g‘irlab, uni qul qilib olgani yoki sotgani ma’lum bo‘lsa, bunday o‘g‘ri o‘ldirilsin. Shu tariqa orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar.
8 Teri kasalligidan ehtiyot bo‘linglar. Men leviruhoniylariga bergan amrlarimni bitta qoldirmay bajaringlar.
9 Misrdan chiqqanlaringizdan keyin, Egangiz Xudo yo‘lda Maryamni nima qilganini esingizda tutinglar.
10 Birovga biror narsani qarzga berganingizda, garov olgani uning uyiga kirmang.
11 Tashqarida kutib turing. Siz qarz berayotgan odamning o‘zi sizga garovni ko‘chaga olib chiqib bersin.
12 Agar u kambag‘al bo‘lsa, uning kiyimini garovga olib, uxlagani yotmang.
13 Quyosh botayotganda undan olgan garovni qaytarib bering. U o‘zining kiyimini kiyib uxlasin, sizni duo qilsin. Bu bilan siz Egangiz Xudoning nazarida to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasiz.
14 Kambag‘al, muhtoj mardikorning ish haqini ushlab qolmang. U Isroil xalqidan bo‘ladimi yoki shahringizga kelgan musofir bo‘ladimi, bunday qilmang.
15 U kambag‘aldir, tirikchiligi mana shu ish haqiga bog‘liq. Shuning uchun, har kuni, quyosh botmasdan oldin unga xaqini bering. Aks holda birodaringiz Egamizga sizdan noliydi, natijada siz gunoh orttirib olasiz.
16 Otalar farzandlarining gunohi uchun o‘ldirilmasin. Farzandlar otalarining gunohi uchun o‘ldirilmasin. Har kim o‘z gunohi uchun o‘zi o‘lim jazosini olsin.
17 Musofir va yetimga nohaqlik qilmang, bevaning kiyimini garovga olmang.
18 O‘zlaringiz ham Misrda qul bo‘lganingizni, Egangiz Xudo sizlarni ozod qilib, u yerdan olib chiqqanini yodingizda tuting. Shuning uchun ham men sizlarga shunday qilinglar, deb buyuryapman.
19 Dalangiz hosilini o‘rganingizda, biron bog‘lam esingizdan chiqib qolsa, shu bog‘lamni olib kelgani qaytib bormang. O‘sha bog‘lam musofirlarga, yetim va bevalarga qolsin. Shunda Egangiz Xudo qiladigan har bir ishingizga baraka beradi.
20 Zaytun daraxtingiz mevasini qoqib olganingizdan keyin, qolgan–qutganiga tegmang. Ularni musofirlarga, yetim va bevalarga qoldiring.
21 Uzumzoringiz hosilini yiqqaningizda, toklarda qolib ketgan uzum boshlarini yig‘ib olmang. Ularni musofir, yetim va bevalarga qoldiring.
22 Misrda qul bo‘lganingizni esingizdan chiqarmang. Shuning uchun ham men sizlarga shunday qilinglar, deb buyuryapman.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18