Qonunlar 22 bob

1 Har xil qonunlar. 13 Jinsiy aloqaga oid qonunlar.

1 Birodaringizning adashib qolgan molini yoki qo‘yini ko‘rib qolganingizda, o‘zingizni ko‘rmaganga olmang, uni albatta egasiga qaytarib olib boring.
2 Agar hayvonning egasi sizdan uzoqda yashasa yoki siz egasini tanimasangiz, uyingizga olib boring. Egasi kelib olib ketmaguncha unga qarab turing, keyin qaytarib bering.
3 Birodaringizning eshagiga ham, kiyimiga ham, siz topib olgan har qanday narsasiga shunday munosabatda bo‘ling. O‘zingizni ko‘rmaganga olmang.
4 Birodaringizning eshagi yoki ho‘kizi yo‘lda yotib qolganini ko‘rsangiz, o‘zingizni ko‘rmaganga olmang, ularni turg‘izishga yordam bering.
5 Ayol erkakning kiyimini kiymasin, erkak esa ayolning libosini kiymasin. Bunday ish qiladiganlarning hammasidan Egangiz Xudo jirkanadi.
6 Yo‘lda ketayotganingizda daraxtdagi yoki yerdagi qush iniga duch kelsangiz, qush tuxum bosgan yoki polaponlari bilan o‘tirgan bo‘lsa, onasini bolalari bilan olmang.
7 O‘zingizga faqat polaponlarini olishingiz mumkin, onasini esa qo‘yib yuboring. Shunda baxtiyor bo‘lib, umringiz uzoq bo‘ladi.
8 Yangi uy qursangiz, tomingiz atrofida to‘siq quring. Shunda birortasi tomingizdan yiqilib o‘lsa, oilangiz javobgar bo‘lmaydi.
9 Uzumzoringiz egatlariga boshqa turdagi urug‘ ekmang. Aks holda uzumzoringizdan va ekkan urug‘ingizdan olgan jamiki hosilni Egamizga bag‘ishlashingizga to‘g‘ri keladi.
10 Ho‘kiz bilan eshakni birga qo‘shga qo‘shmang.
11 Ustingizga jun va zig‘irpoyadan aralashtirib to‘qilgan kiyimni kiymang.
12 To‘ningizning etagiga popuk qilib osib yuring.
13 Birortasi uylanib, qiz bilan yotgandan so‘ng uni yoqtirmay qolsa,
14 qizni yomon otliq qilib, men bu qizga uylandim, u esa qiz chiqmadi, deb bahona qilsa,
15 qizning ota–onasi qizlik belgilarini oqsoqollarga ko‘rsatish uchun, shahar darvozasiga olib borsin.
16 Qizning otasi oqsoqollarga shunday aytsin: “Qizimni mana bu kishiga uzatgan edim. Endi u qizimni yoqtirmay qolibdi.
17 Qizingiz qiz chiqmadi, deb bahona qilyapti. Mana qizimning qizlik belgilari”, deb shahar oqsoqollari oldiga o‘sha matoni yoysin.
18 Shahar oqsoqollari o‘sha kishini olib kelib, jazolasin.
19 Oqsoqollar unga yuz bo‘lak kumush jarima solsinlar. U Isroil xalqining bokira qizini yomon otliqqa chiqargani uchun, kumushni qizning otasiga bersinlar. Qiz u odamning xotini bo‘lib qolaversin, u odam qizdan umri bo‘yi ajralishi mumkin emas.
20 Lekin u odamning aytganlari to‘g‘ri bo‘lib, qiz bokira bo‘lmasa,
21 qizni otasining eshigi oldiga olib kelishsin. Shahar erkaklari u qizni toshbo‘ron qilib o‘ldirsin. U otasining uyida yashagan paytda fohishalik qilib, Isroil xalqi orasida sharmandalarcha ish qildi. Shu tariqa orangizdan yomonlikni yo‘q qiling.
22 Agar biror erkak oilali xotin bilan yotsa va bu ma’lum bo‘lib qolsa, ikkovi — xotin ham, xotin bilan yotgan erkak ham o‘ldirilsin. Shu tariqa Isroildan yomonlikni yo‘q qiling.
23 Agar biron qiz unashtirilgan bo‘lsa–yu, shaharda birortasi o‘sha qizni uchratib qolib, u bilan yotsa,
24 ikkovini ham o‘sha shaharning darvozasi oldiga olib kelishsin. Qiz shaharda bo‘la turib, baqirmagani uchun jazolansin. Erkak esa birovning xotinini sharmanda qilgani uchun jazolansin. Ikkovini ham toshbo‘ron qilib o‘ldiring. Shu tariqa orangizdan yomonlikni yo‘q qiling.
25 Agar birorta erkak unashtirilgan qizni dalada uchratib qolib, uni ushlab zo‘rlasa, o‘sha qiz bilan yotgan erkaknigina o‘ldirish kerak.
26 Qizga hech narsa qilmanglar. U qizning o‘limga loyiq aybi yo‘q, bu xuddi birorta odam boshqasiga hujum qilib o‘ldirgani kabidir.
27 Chunki o‘sha erkak qizni dalada ushlab olgan, qiz yordam so‘rab baqirgan bo‘lishi mumkin. Ammo uni qutqaradigan hech kim bo‘lmagan.
28 Agar birortasi unashtirilmagan qizni uchratib qolsa, qizni ushlab, u bilan yotsa, ammo ikkovini ushlab olishsa,
29 o‘sha qiz bilan yotgan kishi qizning otasiga ellik bo‘lak kumush berishi kerak. Qiz esa uning xotini bo‘lsin. O‘sha odam qizni sharmanda qilgani uchun, umri bo‘yi u qizdan ajralishi mumkin emas.
30 Hech kim otasining xotiniga uylanmasin, bunday qilib otasini sharmanda qilmasin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18