Yuhanno Muqaddas xushxabar 7 bob

1 Iso va ukalari. 10 Iso Quddusda Chayla bayramida. 25 Isoning kimligi haqida gumonlar. 32 Isoni tutib olmoqchilar. 37 Hayotbaxsh suv va Ruh haqida. 40 Iso tufayli xalq bo‘linadi.

1 Shundan keyin Iso Jalilani keza boshladi. U Yahudiyani kezishni xohlamagan edi, chunki u yerdagi yahudiylar Uni o‘ldirishga qasd qilgan edilar.
2 Yahudiylarning Chayla bayrami yaqinlashayotgan edi.
3 Ukalari Isoga shunday deyishdi: — Bu yerdan chiqib Yahudiyaga boring. Qilayotgan ishlaringizni shogirdlaringiz ham ko‘rishsin.
4 Mashhur bo‘laman, degan bironta odam yashirincha ish qilmaydi–ku! Bunday ishlarni qilar ekansiz, O‘zingizni dunyoga taniting!
5 Hatto ukalari ham Unga ishonmas edilar.
6 Iso ukalariga shunday dedi: — Mening vaqt–soatim hali kelgani yo‘q. Lekin sizlar uchun har vaqt qulaydir.
7 Dunyo sizlardan nafratlana olmaydi, lekin Mendan nafratlanadi. Chunki Men uning qilmishlari yomon ekanligini yuziga solaman.
8 Mayli, sizlar bayramga boringlar. Men bu bayramga bormayman, chunki Mening vaqtim hali kelgani yo‘q.
9 Shu so‘zlarni aytib, Iso Jalilada qoldi.
10 Isoning ukalari bayramga ketganlaridan keyin, Isoning O‘zi ham hech kimga bildirmay, yashirincha bayramga bordi.
11 Yahudiylar esa Isoni bayramda qidirar, “U qayoqda?” deb so‘rar edilar.
12 Omma orasida Iso to‘g‘risida har xil gap–so‘zlar yoyilgan edi. Ba’zilar: “U yaxshi Odam”, — desalar, boshqalar: “Yo‘q, U xalqni yo‘ldan ozdiryapti”, — deyishardi.
13 Biroq yahudiylardan qo‘rqqanlari uchun U haqda hech kim ochiq gapirmas edi.
14 Bayramning yarmi o‘tganda, Iso Ma’badga kirib, ta’lim bera boshladi.
15 Uni eshitgan yahudiylar hayron qolib deyishdi: — Bu Odam o‘qimagan bo‘lsa, qayerdan shuncha narsani biladi?!
16 Iso ularga javoban dedi: — Mening ta’limotim O‘zimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir.
17 Kim Xudoning irodasini bajarishni istasa, bu ta’limotim Xudodanmi yoki O‘zimdanmi, bilib oladi.
18 Kim o‘z nomidan gapirsa, o‘ziga shuhrat izlaydi. Kim uni yuborganga shuhrat izlasa, haqiqatni so‘zlaydi, uning dilida hiyla bo‘lmaydi.
19 Qonunni sizlarga Muso berdi, shunday emasmi? Ammo birortangiz qonunni bajarmaysizlar. Nega Meni o‘ldirmoqchisizlar?
20 — Seni jin uribdi! Kim Seni o‘ldirmoqchi ekan? — dedi xaloyiq.
21 Iso javob berib dedi: — Men Shabbat kuni bitta mo‘jiza qilganim uchun hammalaringiz hayron qolyapsizlar.
22 O‘zlaringiz esa, Musoning qonuniga amal qilaylik, deb Shabbat kuni o‘g‘il bolani sunnat qilasizlar–ku! Aslida, sunnat odati Musodan emas, Ibrohim davridan qolgan.
23 Musoning Qonuni buzilmasin deb, sizlar hatto Shabbat kuni ham o‘g‘il bolani sunnat qilsangizlar, nega Mendan g‘azablanasizlar?! Shabbat kuni odamni butunlay sog‘aytirganim uchunmi?!
24 Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli bo‘lsin.
25 Ba’zi quddusliklar shunday deyishardi: — O‘ldirishmoqchi bo‘lgan Odam shu emasmi?
26 Mana, U hammaning oldida so‘zlayapti, Unga qarshi hech kim hech narsa demayapti. Nahotki boshliqlar Uni Masih, deb tan olishgan bo‘lsa?!
27 Ammo bu Odamning qayerdanligini hammamiz bilamiz, Masih kelganda esa, Uning qayerdanligini hech kim bilmaydi.
28 Iso Ma’badda ta’lim berar ekan, baland ovozda shunday dedi: — Ha, sizlar Mening kimligimni ham, qayerdanligimni ham bilasizlar. Lekin Men O‘zimcha kelganim yo‘q. Meni Yuborgan bor, sizlar esa Uni tanimaysizlar. U haqdir.
29 Men Uni bilaman, chunki Men Uning oldidan kelganman, U Meni yuborgan.
30 Bu gapi uchun Isoni qo‘lga olmoqchi bo‘ldilar. Biroq hech kim Unga qo‘l tekkizmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi.
31 Shu bilan birga, xalq orasidagi ko‘p odamlar Unga imon keltirdi. Ular: — Masih kelsa ham, baribir bunchalik ko‘p mo‘jizali alomatlar ko‘rsata olmaydi! — deyishardi.
32 Odamlar Iso to‘g‘risida shunday deb pichirlashayotganini farziylar eshitib qolishdi. Shunda bosh ruhoniylar bilan farziylar Isoni qo‘lga olish uchun mirshablarni yuborishdi.
33 Iso dedi: — Men sizlar bilan qisqa bir muddat bo‘lib, yana Meni Yuborganning oldiga qaytib boraman.
34 Sizlar Meni izlaysiz–u, lekin topolmaysizlar. Men boradigan joyga sizlar borolmaysizlar.
35 Buni eshitgan yahudiylar o‘zaro shunday deb aytishardi: — U qayerga bormoqchi, biz Uni topolmas ekanmiz? Balki U boshqa yurtlarda yashaydigan yahudiylar orasiga bormoqchidir?! G‘ayriyahudiylarga ham ta’lim bermoqchidir?!
36 “Sizlar Meni izlaysiz–u, lekin topolmaysizlar, Men boradigan joyga, sizlar borolmaysizlar”, degan gaplari bilan nima aytmoqchi ekan?!
37 Bayramning oxirgi, ulug‘ kunida Iso turib, baland ovozda xitob qildi: — Kim chanqagan bo‘lsa, Mening oldimga kelib ichsin.
38 Shunda Muqaddas Bitiklarda aytilganidek, Menga ishongan odamning ichidan hayotbaxsh suv daryo bo‘lib oqib chiqadi.
39 Iso shunday deganda, Muqaddas Ruhni nazarda tutgan edi. Unga ishonganlar Ruhni qabul qilib olishlari kerak edi. Lekin Ruh hanuz berilmagan edi, chunki Iso hali ulug‘lanmagan edi.
40 Olomon ichidan ba’zilari bu so‘zlarni eshitib shunday dedilar: — Haqiqatan ham bu Odam biz kutgan payg‘ambar ekan.
41 Boshqalari: — Bu Masih, — deyishsa, yana boshqalari shunday deyishardi: — Masih Jaliladan kelmaydi–ku!
42 Muqaddas Bitiklarda, Masih Dovudning urug‘idan kelib chiqadi, U Dovud yashagan Baytlahm qishlog‘ida tug‘iladi, deb aytilmaganmi?!
43 Shu tariqa Iso tufayli xalq ikkiga bo‘lindi.
44 Ba’zilar Uni qo‘lga olmoqchi bo‘lishdi, ammo hech kim Unga qo‘l tekkizmadi.
45 Shu payt mirshablar bosh ruhoniylarning va farziylarning oldiga qaytib kelishdi. — Nega Uni olib kelmadinglar? — deb so‘rashdi ulardan.
46 — Hech kim hech qachon bu Odamday gapirmagan, — dedi mirshablar.
47 — Mabodo U sizlarni ham yo‘ldan urmadimi? — deyishdi farziylar.
48 — Boshliqlar bilan farziylar orasida Unga ishongan bironta odam ham yo‘q!
49 Tavrotni bilmagan o‘sha qalang‘i– qasang‘ilar esa shundoq ham la’nat ostida qolgan!
50 Shunda farziylardan biri, ilgari Isoning oldiga borgan Nikodim shunday savol berdi:
51 — Qonunimizga ko‘ra, biz odamni eshitmay turib, aybini topmasdan uni hukm qila olamizmi?!
52 — Sen ham Jaliladan bo‘lsang kerak–a? Muqaddas Bitiklarni o‘rganib chiq, Jaliladan payg‘ambar chiqmasligi aniq, — deyishdi unga.
53 Shundan keyin hammalari uy–uylariga tarqalib ketdilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18