Yuhanno Muqaddas xushxabar 16 bob

1 Muqaddas Ruhning faoliyati. 17 Qayg‘ungiz shodlikka aylanadi. 25 Iso — dunyodan ustun.

1 “Men bu gaplarni sizlar to‘g‘ri yo‘ldan ozmanglar, deb aytdim.
2 Sizlarni sinagogalardan haydab yuboradilar. Hatto shunday zamon keladiki, sizlarni o‘ldirayotgan har bir kishi bu bilan Xudoga xizmat qilyapman, deb o‘ylaydi.
3 Bu ishlarni Otam bilan Meni tanimaganlari uchun qiladilar.
4 Bularni sizlarga hozirdan aytib qo‘yyapman, toki o‘sha vaqt–soat kelganda, so‘zlarimni esga olinglar. Sizlarga bularni boshdanoq aytishimga hojat yo‘q edi, chunki O‘zim sizlar bilan birga edim.
5 Endi esa Meni Yuborganning oldiga ketyapman. Birontangiz Mendan: “Qayerga ketyapsan?” deb so‘ramayapsiz.
6 Bularni aytganim uchun, dilingiz g‘am–qayg‘uga botgan.
7 Ammo sizlarga haqiqatni aytaman, Mening ketishim sizlar uchun yaxshiroqdir. Agar Men ketmasam, Homiy kelmaydi. Agarda ketsam, Uni oldingizga yuboraman.
8 U kelganda dunyoga gunoh, adolat va hukm to‘g‘risidagi haqiqatni ayon qiladi.
9 Gunoh to‘g‘risidagi haqiqat shundan iboratki: odamlar Menga ishonmaydilar.
10 Adolat to‘g‘risidagi haqiqat shuki, Ota Meni oqlaydi. Men Otaning oldiga ketyapman va sizlar Meni boshqa ko‘rmaysizlar.
11 Hukm to‘g‘risidagi haqiqat shundan iboratki, hukm chiqarib bo‘lingan, bu dunyoning yovuz hukmdori mahkum qilingan.
12 Sizlarga yana aytadigan gaplarim ko‘p, lekin endi ichingizga sig‘dirolmaysizlar.
13 Haqiqat Ruhi kelib, sizlarni to‘liq haqiqat sari boshlaydi. U O‘zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o‘shani so‘zlab beradi, U yuz beradigan voqealar haqida sizlarga xabar qiladi.
14 U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, shu orqali Meni ulug‘laydi.
15 Otaning bor narsasi Menikidir. Ana shu sababdan, Ruh Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma’lum qiladi, deb aytdim.
16 Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman, lekin ko‘p o‘tmay sizlar Meni yana ko‘rasizlar.”
17 Shu paytda Isoning shogirdlari bir–biriga dedi: — Qiziq, U bizga o‘zi nima aytmoqchi?! “Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman, lekin ko‘p o‘tmay sizlar Meni yana ko‘rasizlar”, dedi. “Otaning oldiga ketyapman”, deb aytdi.
18 “Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman” deyishi bilan nima demoqchi ekan, tushunmadik.
19 Iso shogirdlarining savol bermoqchi bo‘lganlarini bilib, dedi: — “Sizlar bilan birga uzoq vaqt bo‘lmayman, lekin ko‘p o‘tmay sizlar Meni yana ko‘rasizlar”, deb aytgan gapimning ma’nosini muhokama qilyapsizlarmi?
20 Sizlarga chinini aytayin: sizlar yig‘lab dod–faryod qilasizlar, dunyo esa quvonadi. Sizlar qayg‘urasiz, lekin qayg‘ungiz shodlikka aylanadi.
21 Oyi to‘lgan ayol dard bilan tug‘adi. Ammo bola tug‘ilgandan keyin, dunyoga odamzod keldi, deb ayol quvonadi. Quvonganidan u chekkan dardini unutib yuboradi.
22 Shunga o‘xshab sizlar ham hozir g‘am–qayg‘u chekyapsizlar. Lekin Men sizlarni yana ko‘raman. Shunda yuragingiz quvonchga to‘ladi. Quvonchingizni sizlardan hech kim tortib olmaydi.
23 O‘sha kuni Mendan hech narsa so‘ramaysizlar. Sizlarga chinini aytayin: Mening nomimdan Otadan nima so‘rasangizlar, U sizlarga beradi.
24 Shu paytgacha Mening nomim bilan Otadan hech narsa so‘ramadingizlar. So‘ranglar, olasizlar va qalbingiz shodlikka to‘ladi.
25 — Shu vaqtgacha sizlarga matallar orqali gapirib keldim. Lekin shunday vaqt keladiki, Men sizlarga Otam haqida matallar orqali emas, ochiqdan–ochiq gapiraman.
26 O‘sha kuni o‘zlaringiz Otadan istaganingizni Mening nomimdan so‘raysizlar. Mening sizlar uchun Otadan iltimos qilishimning hojati bo‘lmaydi.
27 Zotan Otaning O‘zi sizlarni sevadi, chunki sizlar Meni yaxshi ko‘rib, Xudodan kelganimga ishondingizlar.
28 Men Otamdan chiqib, dunyoga keldim. Endi dunyoni tark etib, Otamning oldiga ketyapman.
29 Shogirdlar Isoga shunday deyishdi: — Mana, hozir Siz matal ishlatmay, ochiq so‘zlayapsiz.
30 Hamma narsani bilishingizni endi tushundik. Savolga ham o‘rin yo‘q. Siz Xudodan kelganingizga endi ishondik.
31 Iso dedi: — Endi rostdan ham ishonyapsizlarmi?
32 Shunday vaqt keladiki, hatto keldi ham, sizlar tarqalib, har biringiz in–iningizga kirib ketasizlar. Meni yolg‘iz qoldirasizlar. Biroq Men yolg‘iz emasman, chunki Otam Men bilandir.
33 Men tufayli xotirjam bo‘lishingiz uchun bularni sizlarga aytdim. Dunyoda qayg‘u–alam chekasizlar. Lekin dadil bo‘linglar, Men dunyoni yengdim.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18