Yuhanno Muqaddas xushxabar 18 bob

1 Isoni qo‘lga olish. 15 Butrus Isodan tonadi. 19 Iso oliy ruhoniy Hanan oldida. 25 Butrus Isodan yana tonadi. 28 Iso Rimlik hokim Pilat huzurida.

1 Bu so‘zlarni aytgandan so‘ng, Iso O‘z shogirdlari bilan u yerdan chiqib, Qidron soyligining narigi tomoniga o‘tdi. O‘sha yerda bir bog‘ bor edi. Iso shogirdlari bilan boqqa kirdi.
2 Isoning xoini Yahudo ham o‘sha joyni bilar edi, chunki Iso shogirdlari bilan u yerda tez–tez uchrashib turar edi.
3 Shunday qilib, Yahudo bir bo‘linma Rim askarlarini hamda bosh ruhoniylar va farziylar tomonidan yuborilgan mirshablarni boshlab, u yerga keldi. Qo‘llarida mash’alu fonuslar, qurol–yarog‘lar bor edi.
4 Iso boshidan kechadigan hamma narsani bilar edi. U odamlarga peshvoz chiqib, so‘radi: — Kimni qidiryapsizlar?
5 — Nosiralik Isoni, — deb javob berishdi ular. — O‘sha Menman, — dedi Iso. Isoning xoini Yahudo ularning orasida turgan edi.
6 Iso “O‘sha Menman” deyishi bilanoq ular orqaga tisarilib, yerga yiqilishdi.
7 Iso ulardan yana so‘radi: — Kimni qidiryapsizlar? — Nosiralik Isoni, — dedilar.
8 — Sizlarga aytdim–ku, O‘sha Menman, — dedi ularga Iso. — Agar Meni qidirayotgan bo‘lsangizlar, bularni qo‘yib yuboringlar, ketaverishsin.
9 Shu yo‘sin Isoning ilgari: “Ota, Sen Menga bergan odamlardan hech birining yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymadim”, degan so‘zlari bajo bo‘ldi.
10 Shu onda Shimo‘n Butrus yonidagi qilichini qinidan sug‘urdi–da, oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, o‘ng qulog‘ini kesib tashladi. Xizmatkorning ismi Malxus edi.
11 Iso Butrusga: — Qilichingni qiniga solib qo‘y! Nahotki Men Otam bergan azob kosasidan ichmasam?! — dedi.
12 Shunda Rim askarlari bilan bo‘linma qo‘mondoni va yahudiy mirshablari Isoni qo‘lga olib, bog‘lab qo‘yishdi.
13 Uni oldin Hanan oldiga olib borishdi. Hanan o‘sha yilgi oliy ruhoniy bo‘lgan Kayafaning qaynatasi edi.
14 Yahudiylarga: “Xalq uchun bitta odamning o‘lishi yaxshiroq”, deb maslahat bergan o‘sha Kayafa edi.
15 Isoning orqasidan Shimo‘n Butrus va yana boshqa bir shogird ergashib borishar edi. Bu shogird oliy ruhoniy Hananning tanishi bo‘lib, Iso bilan bemalol oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi.
16 Butrus esa tashqarida, darvoza oldida qoldi. Oliy ruhoniyga tanish bo‘lgan shogird keyinroq yana tashqariga chiqdi–da, darvozabon cho‘riga nimadir deb, Butrusni ichkariga olib kirib ketdi.
17 Shunda darvozabon cho‘ri Butrusdan: — Siz ham U Odamning shogirdlaridan emasmisiz? — deb so‘radi. — Yo‘q! — dedi Butrus.
18 Havo sovuq bo‘lgani uchun u yerda turgan xizmatkorlar bilan mirshablar ko‘mir yoqib, isinayotgan edilar. Butrus ham ularning oldiga borib, isinib turdi.
19 Shu paytda oliy ruhoniy Hanan Isoga shogirdlari va ta’limotiga taalluqli savollar berar edi.
20 Iso unga javob berib dedi: — Men elu olamga ochiq so‘zladim. Har doim yahudiylar yig‘iladigan sinagogalarda va Ma’badda ta’lim berib yurdim, hech yashirincha gap aytmadim.
21 Nega Meni so‘roq qilyapsiz? Gaplarimni eshitgan odamlardan so‘rang. Nimalar haqida gapirganimni ular bilishadi.
22 Iso bularni aytib bo‘lgach, yonida turgan mirshablardan biri Isoning yuziga bir shapaloq urib, dedi: — Oliy ruhoniyga ham shunday javob berasanmi?
23 Iso bunga javoban dedi: — Agar Men noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam, noto‘g‘ri joyini ko‘rsat. Agar to‘g‘ri gapirgan bo‘lsam, nega Meni urasan?
24 Shundan keyin Hanan Isoni bog‘langan holda oliy ruhoniy Kayafa huzuriga yubordi.
25 Shimo‘n Butrus olov oldida isinib turarkan, kimdir undan: — Siz ham Uning shogirdlaridan emasmisiz? — deb so‘radi. — Yo‘q! — deb tondi u.
26 Oliy ruhoniyning xizmatkorlaridan biri Butrus qulog‘ini uzib yuborgan odamning qarindoshi edi. Bu xizmatkor Butrusga dedi: — Sizni bog‘da U bilan ko‘rdim, shekilli?
27 Butrus esa yana tondi. Naq shu payt xo‘roz qichqirdi.
28 Tong otdi. Yahudiylar Isoni Kayafa huzuridan olib chiqib, Rimlik hokim Pilatning saroyiga olib bordilar. O‘zlari esa bulg‘anishni istamay hukumat saroyiga kirmadilar, chunki bulg‘angan odam Fisih taomini yeya olmasdi.
29 Shu sababli Pilat tashqariga, ularning oldiga chiqdi. — Bu Odamni nimada ayblayapsizlar? — deb so‘radi.
30 — Agar U jinoyatchi bo‘lmaganda, Uni sizning qo‘lingizga topshirmas edik, — deb javob berishdi ular.
31 — Uni olib ketib, o‘z qonuningiz bo‘yicha hukm qilaveringlar, — dedi Pilat. — Bizga hech kimni qatl qilishga ijozat berilmagan, — deyishdi unga yahudiylar.
32 Iso O‘zining qanday o‘lishi haqida aytgan so‘zlari amalga oshishi uchun bu voqea sodir bo‘ldi.
33 Shunda Pilat yana saroyga kirdi va Isoni chaqirtirib: — Sen yahudiylarning Shohimisan? — deb so‘radi.
34 — O‘zingiz qiziqib so‘rayapsizmi, yoki boshqalar sizga Men to‘g‘rimda aytishdimi? — deb so‘radi Iso.
35 Pilat dedi: — Nima, men yahudiymidim?! O‘z xalqing, bosh ruhoniylaring Seni menga topshirishdi. Sen nima ish qilib qo‘yding?
36 Iso javob berdi: — Mening Shohligim bu dunyodan emas. Agar Shohligim bu dunyodan bo‘lganda edi, yahudiylarning qo‘liga tushmasligim uchun Mening xizmatkorlarim kurashar edilar. Biroq Mening Shohligim bu yerdan emas.
37 — Demak, Sen Shoh ekansan–da?! — dedi Pilat. — Shoh ekanimni o‘zingiz aytdingiz, — dedi Iso. — Men haqiqat to‘g‘risida shohidlik qilmoq uchun tug‘ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Haqiqat tarafida bo‘lgan har bir odam Menga quloq soladi.
38 — Haqiqat o‘zi nima? — deb so‘radi Pilat. Shunday dedi–yu, yana tashqariga, yahudiylarning oldiga chiqdi. — Men Undan hech qanday ayb topmadim, — dedi ularga.
39 — Sizlarning bir odatingiz bor–ku, sizlar uchun har Fisih bayramida bir mahbusni ozod qilar edim. Shunga ko‘ra, sizlar uchun yahudiylarning Shohini ozod qilishimni istaysizlarmi?
40 — Uni emas, Barabbani ozod qiling! — deb baqirdi ular. Barabba esa isyonda ishtirok etgandi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18