Yuhanno Muqaddas xushxabar 19 bob

1 Iso o‘limga mahkum qilinadi. 17 Isoni xochga mixlashadi. 28 Iso jon beradi. 38 Iso dafn qilinadi.

1 Shundan keyin Pilat Isoni olib ketishni va qamchilatishni buyurdi.
2 Askarlar tikanlardan toj o‘rib, Isoning boshiga qo‘ydilar, ustiga safsar to‘n kiydirdilar.
3 Isoning oldiga qayta–qayta kelib: — Yashavor–e, yahudiylarning Shohi! — deb, Uni tarsakilar edilar.
4 Pilat yana tashqariga chiqib yahudiylarga xitob qildi: — Mana, Uni oldingizga chiqaryapman, bilib qo‘yinglar, men Undan hech qanday ayb topolmadim!
5 Shu payt boshida tikanli toj, egnida safsar to‘n bilan Iso tashqariga chiqdi. — Mana, u Odam! — dedi Pilat ularga.
6 Bosh ruhoniylar va mirshablar Isoni ko‘rib, baqirishdi: — Xochga mixlansin! Xochga mixlansin! — Uni sizlar olib xochga mixlanglar! Men Undan hech qanday ayb topolmadim, — dedi Pilat ularga.
7 Yahudiylar unga javoban: — Bizda qonun bor, qonunimizga ko‘ra U o‘lishi kerak, chunki U O‘zini Xudoning O‘g‘li, deb aytyapti, — dedilar.
8 Pilat buni eshitgach, yuragi orqaga tortib ketdi.
9 Qaytadan hukumat saroyiga kirib, Isodan: — Sen qayerdansan? — deb so‘radi. Iso unga javob bermadi.
10 — Menga javob bermaysanmi?! — dedi Pilat. — Seni ozod qilishga yoki xochga mixlashga menda hokimiyat borligini bilmaysanmi?!
11 Iso javob berdi: — Agar Xudo yo‘l qo‘ymaganda edi, siz Menga hech qanday hokimiyat o‘tkaza olmas edingiz. Shu sababdan Meni sizning qo‘lingizga tutib bergan odamning gunohi sizning gunohingizdan kattaroq.
12 Shundan keyin Pilat Isoni qo‘yib yuborishga chora izlay boshladi. Ammo yahudiylar shunday deb qichqirishdi: — Agar Uni qo‘yib yuborsangiz, siz Qaysarning do‘sti emassiz. O‘zini shoh deydigan har bir kishi Qaysarga qarshi chiqqan bo‘ladi!
13 Pilat bu so‘zni eshitgach, Isoni tashqariga olib chiqdi va Tosh supa deb nom olgan joydagi hukm kursisiga o‘tirdi (bu joyning oromiycha nomi Gabbata edi).
14 O‘sha kuni Fisih bayrami arafasi, tush mahali edi. Pilat yahudiylarga xitob qildi: — Mana, Shohingiz!
15 — Yo‘q qiling Uni, yo‘q qiling! Xochga mixlang! — deb baqirdi ular. — Sizlarning Shohingizni xochga mixlab qo‘yaymi? — deb so‘radi Pilat. — Qaysardan boshqa shohimiz yo‘q, — deyishdi bosh ruhoniylar.
16 Oxiri Pilat Isoni xochga mixlash uchun askarlarga topshirdi. Ular esa Isoni olib ketdilar.
17 Iso O‘z xochini ko‘tarib, shahar tashqarisidagi Bosh suyagi degan joyga keldi. (Bu joyning oromiycha nomi Go‘lgota edi.)
18 U yerda Isoni xochga mixlab qo‘ydilar. U bilan birga yana ikkita odamni ham xochga mixladilar. Ularning biri Isoning bu tomonida, boshqasi u tomonida, Iso esa o‘rtada edi.
19 Pilat bir lavhaga: “Yahudiylarning Shohi Nosiralik Iso”, degan so‘zlarni yozib, lavhani xochga ostirib qo‘ydi.
20 Iso xochga mixlangan joy shaharga yaqin bo‘lgani uchun, bu lavhani ko‘p yahudiylar o‘qidilar. Lavha oromiy, lotin va yunon tillarida yozilgan edi.
21 Yahudiy bosh ruhoniylari esa Pilatga borib shunday dedilar: — “Yahudiylarning Shohi” deb yozmang, balki “Bu Odam yahudiylarning Shohi bo‘lishga da’vogarlik qilgan”, deb yozing.
22 — Men qanday yozgan bo‘lsam, shundayligicha qolsin, — dedi Pilat.
23 Askarlar Isoni xochga mixlab bo‘lib, Uning kiyimlarini oldilar. Kiyimlarini to‘rt bo‘lakka bo‘lib, har bir askarga berdilar. Ichki ko‘ylagini ham oldilar. Ichki ko‘ylak boshdan–oyoq choksiz bir to‘qima edi.
24 Askarlar bir–biriga: — Buni yirtmaylik, bu uchun qur’a tashlaymiz, kimga tushsa, o‘shaniki bo‘lsin, — deyishdi. Shu tariqa Muqaddas Bitiklardagi quyidagi so‘zlar bajo bo‘ldi: “Kiyimlarimni o‘zaro ular bo‘lishgan, Libosim uchun qur’a tashlashgan.” Askarlar xuddi shunday qildilar.
25 Isoning xochi yonida Uning onasi va xolasi, Klopaning xotini Maryam hamda Magdalalik Maryam turar edilar.
26 Iso onasini va onasi yonida turgan sevikli shogirdini ko‘rdi. Iso onasiga: — Ona, mana bu sizning o‘g‘lingiz! — dedi.
27 Keyin shogirdiga qarab: — Mana bu sening onang! — dedi. O‘sha vaqtdan boshlab u shogird Maryamni o‘z uyiga oldi.
28 Iso hamma ishlarini tugatganini bilardi. Muqaddas Bitiklar bajo bo‘lsin deb, U: — Chanqadim! — dedi.
29 Bu yerda arzon sharobga to‘la bir idish turgan edi. Askarlar sharobga shimgichni botirdilar–da, tayoqning uchiga ilib, Isoning og‘ziga olib bordilar.
30 Iso sharobni tatib ko‘rgach: — Amalga oshdi! — dedi–yu, boshini egib jon berdi.
31 O‘sha kuni Shabbat arafasi edi. Ertangi Shabbat kuni nihoyatda tabarruk kun hisoblangani uchun, yahudiylar jasadlarni xochda qoldirishni istamadilar. Ular Pilatning oldiga borib, xochga mixlangan odamlarning boldirlarini sindirib tashlab, xochdan tushirishni so‘radilar.
32 Shunda askarlar borib, Iso bilan birga xochga mixlangan birinchi, so‘ngra ikkinchi odamning boldirlarini sindirib tashladilar.
33 Isoning oldiga kelib, Uning o‘lib bo‘lganini ko‘rdilar. Shuning uchun boldirlarini sindirmadilar.
34 Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi.
35 Bu hodisani ko‘rgan kishi, sizlar ham ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqat aytayotganini biladi.
36 Bu hodisa Muqaddas Bitiklardagi: “Bironta ham suyagi sindirilmaydi”, degan so‘zlar amalga oshishi uchun ro‘y berdi.
37 Muqaddas Bitiklarning boshqa bir joyda shunday deyilgan: “Ular nayzani o‘zlari sanchigan Odamga qaraydilar.”
38 Arimateyalik Yusuf Isoning shogirdi edi, lekin yahudiylardan qo‘rqqani uchun buni yashirib yurar edi. Iso o‘lganidan keyin Yusuf Pilatdan Isoning jasadini xochdan tushirib olishni iltimos qildi. Pilat ijozat berdi. Shunda Yusuf borib, Isoning jasadini xochdan tushirib oldi.
39 Ilgari kechasi Isoning oldiga borgan Nikodim ham Yusuf bilan birga edi. Nikodim ikki pud mirra bilan sabur qorishmasini olib kelgandi.
40 Ular ikkovi Isoning jasadini olib, yahudiylarning dafn odatlariga ko‘ra, bu muattar moddalarni surtib, Uni kafanladilar.
41 Iso xochga mixlangan joyning yaqinida bir bog‘ bor edi. U bog‘da hali hech kim dafn qilinmagan yangi bir qabr bor edi.
42 O‘sha kun yahudiylarning Shabbat arafasi bo‘lgani uchun ular, bu joy yaqinroq, deb Isoning jasadini o‘sha qabrga qo‘ydilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18