Yuhanno Muqaddas xushxabar 6 bob

1 Iso 5000 kishini to‘ydiradi. 16 Iso suv ustida yuradi. 22 Iso — hayot noni. 59 Abadiy hayot so‘zlari.

1 Shundan keyin Iso qayiqda Jalila ko‘lining narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tdi (Jalila ko‘lini Tiveriya ko‘li deb ham atashardi).
2 Bir talay xaloyiq Isoning orqasidan ergashib borardi. Chunki Iso mo‘jizali alomatlar orqali xastalarni davolaganini ular ko‘rgan edilar.
3 U shogirdlari bilan toqqa chiqib o‘tirdi.
4 YahudiylarningFisih bayrami yaqinlashayotgan edi.
5 Iso qarasa, bir talay xaloyiq U tomonga kelayotgan ekan. Iso Filipdan: — Bu odamlarni to‘yg‘azish uchun qayerdan non sotib olamiz? — deb so‘radi.
6 Iso bu gapni Filipni sinab ko‘rish uchun aytayotgan edi, aslida O‘zi nima qilishni bilar edi.
7 Filip shunday javob berdi: — Bularning har biriga bir burda non berish uchun, ikki yuz kumush tangaga non sotib olsak ham yetmaydi!
8 Shunda shogirdlaridan biri, Shimo‘n Butrusning ukasi Idris Isoga dedi:
9 — Bu yerdagi bir bolada beshta arpa non bilan ikkita baliq bor ekan. Lekin shuncha odamga bu nima ham bo‘lar edi.
10 — Odamlarni yerga o‘tqazinglar, — dedi Iso. U yer qalin maysazor edi. Odamlarning hammasi yerga o‘tirishdi. U yerda taxminan besh mingga yaqin erkak bor edi.
11 Iso nonlarni olib, shukrona duosini o‘qidi. So‘ng o‘tirganlarning hammasiga tarqatdi. Baliqlarni ham xuddi shunday qildi. Odamlar istaganlaricha yedilar.
12 Hammalari yeb to‘yganlaridan keyin, Iso shogirdlariga shunday dedi: — Ortib qolgan non burdalarini yig‘ib olinglar, isrof bo‘lmasin.
13 Shogirdlar yeyilgan beshta arpa nondan ortib qolgan burdalarni yig‘ib olishdi, o‘n ikki savat to‘ldi.
14 Shunda odamlar Isoning qilgan mo‘jizali alomatini ko‘rib: — Haqiqatan ham dunyoga kelishi kerak bo‘lgan payg‘ambar mana shu Kishi ekan, — dedilar.
15 Iso odamlar Uni zo‘rlik bilan shoh qilib ko‘tarmoqchi ekanliklarini bilgani uchun, yana yolg‘iz O‘zi toqqa chiqib ketdi.
16 Kechki payt Isoning shogirdlari ko‘l bo‘yiga bordilar.
17 Qorong‘i tushgan, Iso esa hali ham ularning oldiga kelmagan edi. Shogirdlar qayiqqa tushib, ko‘lning narigi tomonidagi Kafarnahumga qarab yo‘l oldilar.
18 Kuchli shamol esib, ko‘l to‘lqinlanib ketayotgan edi.
19 Ular qirg‘oqdan besh chaqirimcha yo‘l suzganlaridan keyin, ko‘l yuzida yurib kelayotgan Isoni ko‘rishdi. U qayiqqa yaqinlashayotgan edi, shogirdlar qattiq vahimaga tushishdi.
20 — Qo‘rqmanglar, bu Menman! — dedi ularga Iso.
21 Ular Isoni qayiqqa olmoqchi bo‘ldilar. O‘sha zahoti qayiq ular borayotgan qirg‘oqqa yetib to‘xtadi.
22 Ertasi kuni xalq Isoni qidira boshladi. Odamlar u yerda faqat bir qayiq borligini va shogirdlar Isoni qoldirib, o‘zlari qayiqda suzib ketganlarini bilishardi.
23 Shu payt Tiveriyadan boshqa qayiqlar kelib qoldi. Qayiqlar to‘xtagan joy Rabbimiz Iso O‘z shukrona duosini o‘qigan va xalq non yegan yerga yaqin edi.
24 Odamlar Iso bilan shogirdlarining u yerda yo‘qligini ko‘rgach, qayiqlarga tushib, Isoni qidirib Kafarnahumga suzib kelishdi.
25 Ular Isoni ko‘lning narigi bo‘yidan topib, Undan so‘rashdi: — Ustoz, Siz qachon bu yerga keldingiz?
26 Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlarga chinini aytayin: Sizlar alomatlarni ko‘rganingiz uchun emas, balki non yeb to‘yganingiz uchun Meni qidiryapsizlar.
27 Siz o‘tkinchi ozuqa uchun emas, abadiy hayotga boshlovchi boqiy ozuqa uchun harakat qilinglar. Bunday ozuqani sizlarga Inson O‘g‘li beradi. Zotan, Otamiz Xudoning O‘zi bu vazifa uchun Uni ma’qul deb topdi.
28 Odamlar Isoga shunday savol berishdi: — Xudoga ma’qul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak?
29 Iso dedi: — Xudoga ma’qul ish qilmoqchi bo‘lsangizlar, Xudo yuborgan Zotga ishoninglar.
30 Ular Isoga javoban shunday dedilar: — Sizga ishonishimiz uchun birorta alomat ko‘rsating. Qani, biz uchun nima ish qilasiz?
31 Axir, ota–bobolarimiz sahroda manna yeganlar. Muqaddas Bitiklarda: “Xudo ularga tanovul qilishlari uchun osmondan non berdi”, deb yozilgan–ku.
32 Iso ularga dedi: — Sizlarga chinini aytayin, sizlarga osmondan non bergan Muso emas. Osmondan tushgan haqiqiy nonni sizlarga Mening Otam beradi.
33 Xudo beradigan non osmondan tushib, dunyoga hayot baxsh etadi.
34 Odamlar Isoga shunday dedilar: — Hazrat, bunday nonni bizga doim berib turing!
35 Iso javoban dedi: — Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmaydi, Menga ishongan odam hech qachon chanqamaydi.
36 Ammo Men sizlarga aytganimday, sizlar Meni ko‘rgan bo‘lsangizlar ham, ishonmayapsizlar.
37 Otam Menga bergan har bir odam Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan bironta odamni Men aslo haydab yubormayman.
38 Men O‘z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman.
39 Otamning irodasi shundan iboratki, U Menga bergan birontasining yo‘qolishiga Men yo‘l qo‘ymasligim kerak, balki oxiratda ularning hammasini tiriltirishim kerak.
40 Ha, O‘g‘ilga ko‘z tikkan va Unga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo‘lishi Otamning irodasidir. Men bunday odamlarni oxiratda tiriltiraman.
41 Iso: “Men osmondan tushgan nonman”, degani uchun yahudiylar Undan norozi bo‘la boshlashdi.
42 Ular o‘zaro shunday deb aytishardi: — Bu Yusufning o‘g‘li Iso–ku! Ota–onasini tanisak, qanday qilib: “Men osmondan tushdim”, deb aytishga haddi sig‘di?!
43 — Bunday gaplaringizni bas qilinglar! — dedi ularga Iso.
44 — Agar Meni yuborgan Ota birovni jalb qilmasa, u Menga kelolmaydi. Oldimga kelgan odamni esa Men oxiratda tiriltiraman.
45 Payg‘ambarlar bitiklarida: “Ularning hammasiga Xudo ta’lim beradi”, deb yozilgan. Otaga quloq solgan, Undan o‘rgangan har bir odam Mening oldimga keladi.
46 Aslida hech kim hech qachon Otani ko‘rgan emas, birgina Xudodan bo‘lgan Zot Otani ko‘rgan.
47 Sizlarga chinini aytaman: Kim Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo‘ladi.
48 Men hayot noniman.
49 Ota–bobolaringiz sahroda manna yegandilar, shunga qaramay o‘lib ketdilar.
50 Ammo osmondan tushadigan bu non esa shunday xislatga egaki, undan yegan odam o‘lmaydi.
51 Men osmondan tushgan hayotbaxsh nondirman. Bu nonni yegan kishi abadiy yashaydi. Dunyoga hayot baxshida etish uchun beradigan nonim Mening tanamdir.
52 Shunda yahudiylar: — U qanday qilib bizga O‘zining tanasini yedira olar ekan? — deb o‘zaro talashib–tortisha boshladilar.
53 Iso ularga dedi: — Sizlarga chinini aytaman: agar Inson O‘g‘lining tanasini yemasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, sizda hayot bo‘lmaydi.
54 Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odam esa abadiy hayotga egadir. Men uni oxiratda tiriltiraman.
55 Mening tanam — haqiqiy ozuqa, qonim haqiqiy ichimlikdir.
56 Tanamni yeb, qonimni ichadigan odam Menda, Men esa unda yashayman.
57 Modomiki Meni barhayot Ota yuborgan ekan, Men Ota tufayli yashayman. Mening tanamni yegan har bir odam esa Men tufayli yashaydi.
58 Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota– bobolaringiz yegan mannaga o‘xshamaydi, ular manna yeb o‘lib ketganlar. Men bergan nonni yegan odam esa abadiy yashaydi.
59 Iso bu so‘zlarni Kafarnahumdagi sinagogada ta’lim berayotganda aytgan edi.
60 Uning ko‘plab shogirdlari bu gaplarni eshitib: — Qanday qattiq so‘zlar! Buni kim hazm qila oladi?! — deyishar edi.
61 Shogirdlarining norozi bo‘lganliklarini Iso bilardi, shuning uchun U shunday dedi: — Gaplarim jig‘ingizga tegyaptimi?
62 Agar sizlar Inson O‘g‘lining asli kelgan joyi — osmonga ko‘tarilib ketayotganini ko‘rsangizlar, nima der ekansizlar–a?!
63 Xudoning Ruhi hayot baxsh etadi, inson kuchi bilan esa hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Sizlarga aytgan bu so‘zlarimni Menga Xudoning Ruhi bergan, bu so‘zlarim sizlarga hayot ato qiladi.
64 Shunga qaramay, orangizda Menga ishonmaganlar bor. Holbuki, Iso kimlar ishonmaganini va kim Unga xiyonat qilishini oldindan bilar edi.
65 Iso gapida davom etib dedi: — Shu sababdan Men sizlarga: “Ota yo‘l qo‘ymasa, hech kim Mening oldimga kelolmaydi”, — degan edim.
66 O‘sha vaqtdan boshlab ko‘p shogirdlar Isodan yuz o‘girib, Unga ergashmaydigan bo‘ldilar.
67 Shunda Iso o‘n ikki shogirdidan: — Sizlar ham ketmoqchisizlarmi? — deb so‘radi.
68 Shimo‘n Butrus shunday javob berdi: — Hazrat, biz Sizdan boshqa kimga ham borar edik?! Abadiy hayot baxsh etuvchi so‘zlar Sizda– ku!
69 Biz ishonib bilamizki, Siz Xudoning Azizisiz.
70 Iso ularga dedi: — Men o‘n ikkitangizni tanlab oldim. Lekin biringiz iblisdir!
71 U Shimo‘n Ishqariyotning o‘g‘li Yahudoni nazarda tutgan edi. Yahudo o‘n ikki shogirddan biri bo‘lsa ham, keyinchalik Isoga xiyonat qildi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак