Yuhanno Muqaddas xushxabar 11 bob

1 Lazarning o‘limi. 17 Iso — tiriklik manbayi. 38 Iso Lazarni tiriltiradi. 45 Isoni o‘ldirish rejasi.

1 Baytaniya qishlog‘ida Lazar ismli bir odam kasal yotgan edi. Maryam va uning opasi Marta ham shu qishloqda yashar edilar.
2 RabbimizIsoga atir moy surtgan va Uning oyoqlarini sochi bilan artib quritgan o‘sha Maryam edi. Kasal yotgan Lazar esa Maryamning akasi edi.
3 Opa–singil Isoga: — Hazrat, Sizning aziz do‘stingiz kasal, — degan xabarni yuborishdi.
4 Iso buni eshitib shunday dedi: — Bu kasallik o‘lim bilan yakunlanmaydi, balki Xudoning ulug‘lanishiga va shu orqali Xudo O‘g‘lining ulug‘lanishiga sabab bo‘ladi.
5 Iso Martani, uning singlisini va Lazarni yaxshi ko‘rar edi.
6 Ammo Lazarning xasta ekanini bilsa ham, turgan joyida yana ikki kun qoldi.
7 Shundan so‘ng U shogirdlariga: — Yahudiyaga qaytib boraylik, — dedi.
8 Shogirdlari esa shunday dedilar: — Ustoz, yaqindagina yahudiylar Sizni toshbo‘ron qilmoqchi edilar–ku! Endi yana u yerga bormoqchimisiz?
9 Iso javob berdi: — Kunduz o‘n ikki soatdan iborat emasmi?! Kim kunduzi yursa, qoqilmaydi, chunki bu dunyoning nurini ko‘radi.
10 Kechasi yurgan esa qoqiladi, chunki uning o‘zida nur yo‘q.
11 Bu so‘zlarini aytib bo‘lib, ularga yana dedi: — Do‘stimiz Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg‘otgani ketyapman.
12 — Hazrat, agar uxlayotgan bo‘lsa, tuzalib ketadi, — dedi shogirdlari.
13 Iso Lazarning o‘limini nazarda tutgan edi. Shogirdlar esa Iso odatdagi uyqu to‘g‘risida gapirdi, deb o‘yladilar.
14 Keyin Iso ularga ochig‘ini aytdi: — Lazar vafot etdi.
15 Men uning yonida bo‘lmaganimdan xursandman, chunki bu vaziyat sizlarning ishonishingizga imkon beradi. Qani, endi uning oldiga boraylik.
16 Shunda To‘ma (ya’ni “Egizak”) boshqa shogirdlarga: — Qani yuringlar, biz ham Iso bilan o‘lamiz! — dedi.
17 Iso u yerga yetib borib bildiki, Lazarning qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘lgan ekan.
18 Baytaniya qishlog‘i Quddusdan bor–yo‘g‘i uch chaqirimcha masofada joylashgan edi.
19 Quddusdagi ko‘p yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati ila tasalli berish uchun borgan edilar.
20 Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda qoldi.
21 — Hazrat! — dedi Marta Isoga. — Agar Siz bu yerda bo‘lganingizda edi, mening akam o‘lmagan bo‘lardi.
22 Ammo hozir ham bilaman, Siz Xudodan nima so‘rasangiz, Xudo Sizga beradi.
23 — Sening akang tiriladi, — dedi Iso.
24 — Bilaman, oxiratda o‘liklar tirilganda tiriladi, — dedi Marta.
25 Iso unga dedi: — Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi.
26 Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?
27 — Ha, Hazrat, — dedi Marta, — Siz olamga keladigan Masih, Xudoning O‘g‘li ekaningizga ishonaman.
28 Marta shunday dedi–yu, borib singlisi Maryamni chaqirdi. Unga sekingina dedi: — Ustoz shu yerda, U seni chaqiryapti.
29 Maryam buni eshitgach, shoshib o‘rnidan turdi–da, Isoning oldiga ketdi.
30 Iso hali qishloqqa kirmagan, hanuz Marta Uni kutib olgan joyda edi.
31 Maryam bilan uyda bo‘lgan va unga tasalli berayotgan odamlar uning shoshilib o‘rnidan turib tashqariga chiqqanini ko‘rishdi. Maryam yig‘i– sig‘i qilgani qabrga ketyapti, deb o‘ylab, uning orqasidan ketishdi.
32 Maryam Iso turgan yerga yetib kelib, Uni ko‘rdi–yu, oyog‘iga yiqilib dedi: — Hazrat! Agar Siz shu yerda bo‘lganingizda edi, mening akam o‘lmagan bo‘lardi!
33 Maryam ham, u bilan kelganlar ham yig‘layotgan edilar. Iso buni ko‘rib, qattiq iztirobga tushdi, ko‘ngli o‘rtanib ketdi.
34 — Uni qayerga qo‘ydingizlar? — deb so‘radi. — Yuring, Hazrat, ko‘rasiz! — dedilar.
35 Isoning ko‘zlaridan duv–duv yosh oqdi.
36 O‘sha yerdagi odamlar: — Qaranglar, uni qanchalik yaxshi ko‘rar ekan! — deyishdi.
37 Ulardan ba’zilari esa shunday deyishdi: — U ko‘rning ko‘zlarini ochgan. Lazarni ham o‘limdan olib qolsa bo‘lmasmidi?!
38 Iso tag‘in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi. Qabr bir g‘or bo‘lib, og‘zi tosh bilan yopilgan edi.
39 Iso: — Toshni olib tashlanglar! — dedi. Marhumning singlisi Marta Unga dedi: — Hazrat, jasad hidlanib qolgan–ku! Axir, qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘ldi!
40 — Agar ishonsang, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rasan, deb senga aytmaganmidim?! — dedi Iso.
41 Toshni olib tashladilar. Iso esa osmonga ko‘z tikib, dedi: — Ey Ota! Meni eshitganing uchun Senga shukrlar aytaman.
42 Sen Meni doimo eshitishingni bilaman. Lekin bu so‘zlarni shu yerda turgan xalq uchun, Meni Sen yuborganingga ular ishonsin deb aytyapman.
43 Shunday dedi–yu, baland ovoz bilan xitob qildi: — Lazar, tashqariga chiq!
44 Shu payt qo‘lu oyoqlari kafanlangan, yuzi ro‘mol bilan o‘ralgan marhum chiqib keldi. — Kafanini yechinglar, uni qo‘yib yuboringlar, — dedi Iso odamlarga.
45 Maryamni yo‘qlagani kelgan odamlarning ko‘pi Isoning qilgan ishini ko‘rib, Unga ishonishdi.
46 Ammo ba’zilari farziylarning oldiga borib, Isoning qilganlarini aytib berishdi.
47 Shundan keyin bosh ruhoniylar va farziylar Oliy kengash chaqirib, deyishdi: — Nima qilamiz? Bu Odam juda ko‘p mo‘jizali alomatlar ko‘rsatib yuribdi–ku!
48 Buni davom etishiga yo‘l qo‘ysak, hamma Unga ishonib ketadi. Rimliklar kelib, Ma’badimizni ham, xalqimizni ham xonavayron qiladilar.
49 Ulardan biri, o‘sha yili oliy ruhoniy bo‘lgan Kayafa so‘z oldi: — Sizlar hech narsani bilmaysizlar!
50 Butun xalq halok bo‘lgandan ko‘ra, bitta odamning xalq uchun o‘lishi o‘zingiz uchun yaxshiroq–ku! Nahotki buni tushunmasangizlar?!
51 U bu so‘zlarni o‘zidan o‘zi aytmagan edi. Balki o‘sha yili oliy ruhoniy sifatida Isoning xalq uchun o‘lishini bashorat qilgan edi.
52 Iso nafaqat yahudiy xalqi uchun, balki Xudoning tarqoq bo‘lgan hamma odamlarini birlashtirish uchun o‘lishi kerak edi.
53 Shunday qilib, o‘sha kundan boshlab Isoni o‘ldirishga til biriktirdilar.
54 Iso esa endi yahudiylar orasida ochiq yurmaydigan bo‘ldi. U cho‘l yaqinidagi Efrayim shahriga borib, O‘z shogirdlari bilan o‘sha yerda qoldi.
55 Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi. Mamlakatning hamma yog‘idan odamlar bayramdan oldin poklanish uchun Quddusga borishdi.
56 Shu vaqtda Isoni izladilar. Ma’badda yig‘ilib turganlar o‘zaro: “Nima deb o‘ylaysizlar? U bayramga keladimi?” — deb so‘rashdi.
57 Bosh ruhoniylar va farziylar esa Isoni qo‘lga olmoqchi bo‘lib, shunday buyruq bergan edilar: “Kim Isoning qayerdaligini bilib qolsa, xabar qilsin.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18