Levilar 23 bob

1 Bayramlar.

1 Egamiz Muso orqali
2 Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: Egamiz belgilagan bayramlarni nishonlanglar, o‘sha kunlari muqaddas yig‘in e’lon qilinglar. Egamizning belgilagan bayramlari quyidagilardir.
3 Olti kun mehnat qilinglar, yettinchi kuni — Shabbat kuni esa to‘liq dam olinglar. Shu kuni muqaddas yig‘in bo‘lsin. Hech qanday ish qilmanglar. Axir, Shabbat kuni Egamizga atalgandir! Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, shu kunga rioya qilinglar.
4 Egamiz Shabbat kunidan tashqari boshqa bayramlar ham belgilab berdi. Bu bayramlarda muqaddas yig‘inlarni o‘z vaqtida o‘tkazinglar.
5 Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurun Egamizga Fisih qurbonligini keltiringlar.
6 O‘sha oyning o‘n beshinchi kuni Egamizning xamirturushsiz non bayrami bo‘lsin. Yetti kun davomida xamirturushsiz nonlar yenglar.
7 Bayramning birinchi kuni muqaddas yig‘in bo‘lsin. Har kungi ishlaringizni qilmanglar.
8 Yetti kun davomida har kuni Egamizga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Bayramning yettinchi kuni ham muqaddas yig‘in o‘tkazinglar. Har kungi ishlaringizni qilmanglar.
9 Egamiz Muso orqali
10 Isroil xalqiga shunday dedi: “Men sizlarga berayotgan yurtga kirganingizdan keyin, har yili yig‘ishtirgan hosilingizning birinchi bog‘lamini ruhoniyga olib keling.
11 Shabbat kunining ertasiga ruhoniy bog‘lamni Men, Egangizga bag‘ishlaganini ko‘rsatib yuqoriga ko‘tarsin, shunda Men nazringizni qabul qilaman.
12 O‘sha kuni bir yoshli nuqsonsiz qo‘zini Menga kuydiriladigan qurbonlik qiling.
13 Qo‘zi bilan birga zaytun moyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni don nazri qiling. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Men, Egangizga yoqimli hid boradi. Bular bilan birga sharob nazri uchun ikki kosa sharobni keltiring.
14 Ilk hosil nazrini Menga keltirmaguningizcha yangi bug‘doydan yopilgan nonni, qovurilgan bug‘doy va bug‘doy boshoqlarini tanovul qilmang. Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin.
15 Hosilingizning birinchi bog‘lamini yuqoriga ko‘tarib, Men, Egangizga bag‘ishlagan kuningizdan, ya’ni Shabbatning ertasi kunidan boshlab, yettita to‘liq haftani sanang.
16 Elliginchi kuni, yettinchi Shabbatdan keyin, Menga yangi don nazrini olib keling.
17 Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, yuqoriga ko‘tariladigan nazr uchun ikki dona nonni olib keling. Nonlar sakkiz kosa sifatli undan, xamirturush qo‘shib yopilgan bo‘lsin. Bular Menga keltiriladigan ilk hosilingiz nazridir.
18 Non bilan birga yettita bir yoshli nuqsonsiz qo‘zini, bitta buqani va ikkita qo‘chqorni olib keling. Bularni don va sharob nazrlari bilan birga kuydiriladigan qurbonlik qiling. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Menga yoqimli hid boradi.
19 Bulardan tashqari, bitta takani gunoh qurbonligi va ikkita bir yoshli erkak qo‘zini tinchlik qurbonligi qiling.
20 Ruhoniy ikkita qo‘zini nonlar bilan birga Menga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘taradi. Men, Egangiz uchun muqaddas bo‘lgan bu nazr ruhoniylarniki bo‘lsin.
21 O‘sha kuni muqaddas yig‘in e’lon qilinglar. Har kungi ishlaringizni qilmanglar. Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin.
22 Dalangiz hosilini o‘rganingizda dalaning eng chetidagi bug‘doyni o‘rmang, yerga tushib qolgan bug‘doy boshoqlarini ham termang. Ularni kambag‘al va musofirlarga qoldiring. Men Egangiz Xudoman.”
23 Egamiz Muso orqali
24 Isroil xalqiga shunday dedi: “Yettinchi oyning birinchi kunida to‘liq dam olinglar. Bu kun karnaylarning sadolari bilan nishonlanadigan xotira kunidir. O‘sha kuni muqaddas yig‘in o‘tkazinglar.
25 Har kungi ishlaringizni qilmanglar. Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar.”
26 Egamiz Musoga dedi:
27 “Yettinchi oyning o‘ninchi kunida esa Poklanish kunini nishonlanglar. O‘sha kuni muqaddas yig‘in bo‘lsin. Ro‘za tutib, Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar.
28 O‘sha kuni hech qanday ish qilmanglar, chunki bu kuni gunohdan poklash marosimi o‘tkaziladi.
29 O‘sha kuni ro‘za tutmagan odam xalq orasidan yo‘q qilinsin.
30 Ish qilgan odamni ham Men xalq orasidan nobud qilaman.
31 O‘sha kuni umuman hech qanday ish qilmang. Qayerda yashashingizdan qat’iy nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin.
32 Bu kuni Shabbat singari to‘liq dam oling. To‘qqizinchi kuni kechqurundan boshlab, keyingi kuni kechqurungacha ro‘za tuting.”
33 Egamiz Muso orqali
34 Isroil xalqiga shunday dedi: “Yettinchi oyning o‘n beshinchi kunidan boshlab yetti kun davomida Menga atab Chayla bayramini nishonlanglar.
35 Bayramning birinchi kuni muqaddas yig‘in qilinglar. Har kungi ishlaringizni qilmanglar.
36 Yetti kun davomida har kuni Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Sakkizinchi kuni ham muqaddas yig‘in qilinglar, Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Bu oxirgi muqaddas yig‘in kunidir. Har kungi ishlaringizni qilmanglar.
37 Men, Egangiz, belgilagan bayramlar shulardir. Ularni nishonlab, muqaddas yig‘inlar o‘tkazinglar. Olovda kuydiriladigan hamma nazrlaringizni — kuydiriladigan qurbonliklarni, don nazrlarni, sharob nazrlarni belgilangan kunlarda Menga keltiringlar.
38 Bu bayramlarni Menga atab Shabbat kunlardan tashqari nishonlanglar. Bayram kunlari keltiradigan qurbonliklaringiz Menga beradigan ehsonlaringizdan, bergan va’dangizga muvofiq keltiradigan qurbonliklaringizdan va ko‘ngildan chiqarib beradigan nazrlaringizdan tashqari keltirilishi lozim.
39 Dalangizning hosilini yig‘ib bo‘lganingizdan keyin, yetti kun davomida Menga atab Chayla bayramini nishonlanglar. Bayram yettinchi oyning o‘n beshinchi kunida boshlansin. Bayramning birinchi va sakkizinchi kunlari to‘liq dam olinglar.
40 Birinchi kuni daraxtlaringizning eng yaxshi mevalarini terib olinglar, palma daraxtining shoxlarini, suv bo‘yida o‘sadigan majnuntolning va boshqa serbarg daraxtlarning novdalarini olib, yetti kun davomida Men, Egangiz Xudoning oldida xursandchilik qilinglar.
41 Menga atab bu bayramni har yili, yetti kun davomida nishonlanglar. Yilning yettinchi oyida nishonlanadigan bu bayram sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin.
42 Yetti kun davomida chaylalarda yashanglar. Isroil xalqiga mansub bo‘lgan har bir kishi chaylada yashasin.
43 Toki avlodlaringiz Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimda, chaylalarda yashattirganimni bilishsin. Men Egangiz Xudoman.”
44 Shunday qilib, Muso Isroil xalqiga Egamizning belgilangan bayramlarini e’lon qildi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак