Levilar 16 bob

1 Poklanadigan kun. 20 Qo‘yib yuboriladigan taka. 29 Poklanish kuniga rioya qilish.

1 Horunning ikki o‘g‘li Egamiz amr etmagan begona olovni olib kelib, nobud bo‘lganlaridan so‘ng, Egamiz Musoga gapirib,
2 shunday dedi: “Akang Horunga ayt, u ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xonaga xohlagan paytida kirmasin. U yerdagi ahd sandig‘ining qopqog‘i oldiga bormasin. Aks holda u nobud bo‘ladi. Zotan Men o‘sha qopqoq ustida bulut orasida zohir bo‘laman.”
3 Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi: Horun Muqaddas xonaga kirishidan oldin bitta buqani gunoh qurbonligi va bitta qo‘chqorni kuydiriladigan qurbonlik qilishi lozim.
4 U ustiga zig‘ir matosidan tikilgan muqaddas ko‘ylakni, ichidan zig‘ir ishtonni kiyib olsin, beliga zig‘ir belbog‘ bog‘lab, boshiga zig‘ir matosidan salla taqib olsin. Bu muqaddas liboslardir. Shuning uchun u bu liboslarni kiyishdan oldin yuvinsin, shundan so‘nggina ularni kiysin.
5 So‘ng Isroil jamoasidan gunoh qurbonligi uchun ikkita takani va kuydiriladigan qurbonlik uchun bitta qo‘chqorni olsin.
6 Horun o‘zini va xonadonini gunohdan poklash uchun buqani gunoh qurbonligi sifatida keltirsin.
7 So‘ng ikkita takani Uchrashuv chodiri kiraverishiga yetaklab kelib, Egamizga taqdim qilsin.
8 O‘sha yerda ikkala taka uchun qur’a tashlasin, qaysi birini Egamizga qurbonlik qilishni va qaysi birini qo‘yib yuborishni aniqlasin.
9 Horun qur’a bo‘yicha Egamizga tegishli takani keltirib, gunoh qurbonligi qilsin.
10 Qo‘yib yuboriladigan takani esa tiriklayin Egamizning oldiga olib kelsin. Bu taka xalqni gunohdan poklash uchun cho‘lga haydab yuboriladi.
11 Horun o‘zini va xonadonini gunohdan poklash uchun olib kelgan buqani so‘yib, gunoh qurbonligi qilsin.
12 So‘ng otashkuragiga Egamiz oldida turgan qurbongohdagi cho‘g‘lardan solsin. Ikki hovuch tuyilgan xushbo‘y tutatqidan olib, ichki parda orqasidagi Eng muqaddas xonaga kirsin.
13 Bu tutatqilarni Egamizning oldida yonib turgan cho‘g‘lar ustiga tashlasin. Tutatqidan hosil bo‘lgan bulut ahd sandig‘ining qopqog‘ini berkitadi. Shunda Horun o‘lmaydi.
14 Horun buqaning qonidan olib, barmog‘i bilan qopqoqqa bir marta sepsin, so‘ng qopqoqning oldida yetti marta sepsin.
15 So‘ngra xalqni gunohlaridan poklash uchun takani so‘ysin. Qonidan Eng muqaddas xonaga olib kirsin. Buqaning qonini sepganday takaning qonini ham qopqoqning old tomoniga va uning oldida sepsin.
16 Shu tariqa u Eng muqaddas xonani Isroil xalqining nopokliklaridan, itoatsizliklaridan va gunohlaridan poklash uchun marosim o‘tkazsin. Butun Uchrashuv chodiri uchun ham, shu singari poklash marosimini o‘tkazsin. Chunki bu chodir bulg‘angan xalq orasida o‘rnatilgandir.
17 Horun Eng muqaddas xonaga kirib, o‘zini, xonadonini va Isroil jamoasini gunohdan poklab chiqmaguncha hech kim Uchrashuv chodiriga kirmasin.
18 So‘ng Horun tashqariga chiqib, Egamiz oldida turgan qurbongohni poklash uchun marosim o‘tkazsin. Buqaning va takaning qonidan olib, qurbongohning har bir shoxiga surtib chiqsin.
19 Qurbongohga yetti marta barmog‘i bilan qonni sepsin. Shu yo‘l bilan qurbongohni Isroil xalqining nopokliklaridan poklab, muqaddas qilsin.
20 Horun Eng muqaddas xona, Uchrashuv chodiri va qurbongoh uchun poklash marosimini o‘tkazib bo‘lgach, tirik takani yetaklab kelsin.
21 U ikkala qo‘lini takaning boshiga qo‘ysin, Isroil xalqining hamma haqsizliklarini, hamma itoatsizliklarini va hamma gunohlarini birma–bir e’tirof etib, takaning boshiga yuklasin. Takani cho‘lga haydab yuborish uchun mas’ul bo‘lgan odam takani olib ketsin.
22 O‘sha odam takani cho‘lga qo‘yib yuborgandan keyin, taka o‘zi bilan xalqning gunohlarini kimsasiz joyga olib ketadi.
23 Shundan keyin Horun Uchrashuv chodiriga kirib, Eng muqaddas xonaga kiyib kirgan zig‘ir matosidan tikilgan liboslarini yechsin–da, ularni o‘sha yerda qoldirsin.
24 U muqaddas joyda butun badanini yuvib, kundalik ruhoniy kiyimlarini kiyib olsin. So‘ng tashqariga chiqib, o‘zining va xalqning kuydiriladigan qurbonliklarini ado etsin. Shu tariqa o‘zini ham, xalqni ham gunohdan poklasin.
25 Gunoh qurbonligining yog‘ini qurbongoh ustida kuydirsin.
26 Qo‘yib yuboriladigan takani cho‘lga haydab yuborgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga kira oladi.
27 Gunoh qurbonligi qilingan va qoni Isroil xalqini gunohdan poklash uchun Eng muqaddas xonaga olib kirilgan buqa va takaning tanasi qarorgohning tashqarisiga olib chiqilsin. Bularning terisi, tanasi va ichak–chovoqlari kuydirib yuborilsin.
28 Bularni kuydirgan odam kiyimlarini va butun badanini yuvsin. Shundan so‘nggina u qarorgohga kira oladi.
29 Quyidagilar sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin: yettinchi oyning o‘ninchi kunida ro‘za tutinglar, hech qanday ish qilmanglar. Bu Isroil xalqiga va orangizdagi musofirlarga birday taalluqlidir.
30 Zotan o‘sha kuni ruhoniy sizlarni gunohlaringizdan poklaydi. Shunda sizlar Egamiz oldida barcha gunohlaringizdan forig‘ bo‘lasizlar.
31 O‘sha kun sizlar uchun dam olish Shabbat kunidir, ro‘za tutinglar. Bu sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin.
32 Bobosi Horun o‘rniga oliy ruhoniylikka bag‘ishlanib, moy surtilgan ruhoniy muqaddas zig‘ir liboslarini kiyib, sizlarni gunohlaringizdan poklasin.
33 U Eng muqaddas xonani, Uchrashuv chodirini, qurbongohni, ruhoniylarni va butun Isroil jamoasini poklash uchun marosim o‘tkazsin.
34 Yilda bir marta Isroil xalqi barcha gunohlaridan poklansin. Bu sizlar uchun doimiy qonun–qoida bo‘lsin. Egamiz nimani amr etgan bo‘lsa, Muso hammasini ado etdi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак