Levilar 24 bob

1 Moychiroqlar. 5 Xudovandga nazr qilinadigan nonlar. 10 To‘g‘ri va adolatli hukmning misoli.

1 Egamiz Muso orqali
2 Isroil xalqiga quyidagi amrlarni berdi: toza zaytun moyidan olib kelinglar. Toki moychiroqlar har doim tun bo‘yi yonib tursin.
3 Horun moychiroqlarniUchrashuv chodiriga, ahd sandig‘ini to‘sib turgan ichki parda oldiga o‘rnatsin. MoychiroqlarEgamiz oldida oqshomdan ertalabgacha o‘chmay yonib tursin. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin.
4 Horun moychiroqlarni toza oltindan yasalgan chiroqpoyaga o‘rnatsin. Moychiroqlar Egamizning oldida har doim tun bo‘yi yonib tursin.
5 Sifatli undan o‘n ikkita non yop. Har bir non sakkiz kosa undan yopilgan bo‘lsin.
6 Nonlarni Egamiz huzuridagi toza oltindan yasalgan xontaxta ustiga ikki qator qilib ter. Har bir qatorda oltitadan non bo‘lsin.
7 Har bir qatorga toza xushbo‘y tutatqidan qo‘y. Bu xushbo‘y tutatqi nonning o‘rniga olovda kuydirilib, Egamizga nazr qilinadi.
8 Horun nonlarni doimiy tarzda, har Shabbat kuni Isroil xalqi nomidan Egamiz oldiga qo‘ysin. Bu Isroil xalqining abadiy majburiyatidir.
9 Bu nonlar Horun va uning avlodiniki bo‘lsin. Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga berilgan doimiy ulush shudir, u g‘oyat muqaddasdir.
10 Dan qabilasidan bo‘lgan Dibri qizi Shalumit Misrlik bir kishiga turmushga chiqqan edi. Ularning bir o‘g‘li bor edi. Bir kuni o‘sha o‘g‘li Isroil xalqidan bo‘lgan bir odam bilan janjallashib qoldi.
11 Janjal paytida Shalumitning o‘g‘li qarg‘anib, Xudoga shak keltirdi. Shunda uni Musoning oldiga olib kelishdi.
12 Egamizning hukmi ma’lum bo‘lgunga qadar uni qamab qo‘yishdi.
13 Egamiz Musoga dedi:
14 — Shakkokni qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar. Shak keltirganini eshitganlarning hammasi qo‘lini uning boshiga qo‘ysin, keyin butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin.
15 Isroil xalqiga shu gapimni aytib qo‘y: “Meni qarg‘agan har qanday odam jazoga tortilsin.
16 Men, Egangizga shak keltirgan odamning jazosi o‘limdir. Butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin. Shakkok, musofir yoki Isroil xalqidan bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘ldirilsin.
17 Odamning joniga qasd qilgan har qanday odam o‘ldirilsin.
18 Birovning molini o‘ldirib qo‘ygan odam egasiga tovon to‘lasin. Bunday vaziyatda jon evaziga jon, degan qoida qo‘llanilsin.
19 Agar kimdir birovga shikast yetkazsa, unga ham xuddi shunday shikast yetkazilsin.
20 Siniq evaziga siniq, ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish bilan javob qaytarilsin. Shikast yetkazganga xuddi shunday shikast yetkazilsin.
21 Jonivorni o‘ldirgan tovon to‘lasin, odamni o‘ldirgan esa o‘lim jazosini olsin.
22 Musofir uchun ham, Isroillik uchun ham qonun birdir. Men Egangiz Xudoman.”
23 Muso bu so‘zlarni Isroil xalqiga aytib bo‘lgach, xalq shakkokni qarorgoh tashqarisiga olib chiqib, toshbo‘ron qildi. Shunday qilib, Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18