Levilar 27 bob

1 Egamizga keltiriladigan in’omlar to‘g‘risidagi qonun.

1 Egamiz Muso orqali
2 Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar birortangiz ont ichib, Egamizga biror odamni bag‘ishlagan bo‘lsangiz, ontingiz ustidan chiqish uchun quyidagi qiymatni to‘lang:
3 20 dan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak uchun 50 bo‘lak kumush,
4 20 dan 60 yoshgacha bo‘lgan ayol uchun 30 bo‘lak kumush,
5 5 dan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bola uchun 20 bo‘lak kumush, 5 dan 20 yoshgacha bo‘lgan qiz bola uchun 10 bo‘lak kumush,
6 1 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bola uchun 5 bo‘lak kumush, 1 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan qiz bola uchun 3 bo‘lak kumush,
7 60 va undan yuqori yoshdagi erkak uchun 15 bo‘lak kumush, 60 va undan yuqori yoshdagi ayol uchun 10 bo‘lak kumush.
8 Agar ont ichgan odam nochorligidan belgilangan qiymatni to‘lay olmasa, u Egamizga bag‘ishlagan odamini ruhoniyning oldiga olib kelsin. Ruhoniy ont ichgan odamning ahvoliga yarasha qiymatni belgilasin.
9 Agar siz ont ichib, qurbonlik qilishga yaraydigan jonivorni Egamizga bag‘ishlagan bo‘lsangiz, Egamizga atalgan bu jonivor muqaddas hisoblansin.
10 Bunday jonivorni boshqasiga almashtirib bo‘lmaydi. Yaxshisini yomoniga yoki yomonini yaxshisiga ayriboshlamang. Jonivorning birini boshqasiga almashtiradigan bo‘lsangiz, jonivorlarning ikkalasi ham muqaddas hisoblansin.
11 Agar Egamizga qurbonlik qilishga yaramaydigan, harom hayvonni atagan bo‘lsangiz, o‘sha hayvonni ruhoniy oldiga olib keling.
12 Ruhoniy hayvonning yaxshi yoki yomon ahvoliga qarab bahosini belgilasin va uning qiymati shunday bo‘lsin.
13 Bordi–yu, siz atagan hayvoningizni qaytarib olmoqchi bo‘lsangiz, ruhoniy tomonidan belgilagan qiymat ustiga o‘sha qiymatning beshdan bir qismini qo‘shib bering.
14 Agar odam Egamizga o‘z uyini bag‘ishlasa, ruhoniy uyni baholasin, uyning yaxshi yoki yomon ahvoliga qarab qiymatini belgilasin va uning qiymati shunday bo‘lsin.
15 Mobodo uyni bag‘ishlagan odam uyini qaytarib olmoqchi bo‘lsa, u ruhoniy belgilagan qiymat ustiga qiymatning beshdan bir qismini qo‘shib bersin. Shunda uy yana uniki bo‘ladi.
16 Agar odam meros qilib olgan yerini Egamizga bag‘ishlamoqchi bo‘lsa, yerning qiymati u yerga ekiladigan urug‘ning miqdoriga ko‘ra, belgilansin. O‘n savat urug‘lik arpaning bahosi ellik bo‘lak kumush bo‘lsin.
17 Agar dala Qutlug‘ yili bag‘ishlangan bo‘lsa, dalaning qiymati belgilangan bahoda qolsin.
18 Bordi–yu, dala Qutlug‘ yildan keyin bag‘ishlangan bo‘lsa, ruhoniy dalaning qiymatini keyingi Qutlug‘ yilgacha qolgan yillarning soniga ko‘ra, belgilasin. Dalaning asl qiymati kamaytirilsin.
19 Dalani bag‘ishlagan odam dalasini qaytarib olmoqchi bo‘lsa, u belgilangan qiymat ustiga dala qiymatning beshdan bir qismini qo‘shib bersin. Shunda dala yana uniki bo‘ladi.
20 Bordi–yu, u dalasini qaytarib sotib olmasa va dala boshqa birovga sotilgan bo‘lsa, dalaning egasi o‘z dalasini qaytarib sotib olish huquqidan mahrum qilinsin.
21 Keyingi Qutlug‘ yili kelganda bu dala Egamizga tamomila bag‘ishlangan bo‘lib, muqaddas hisoblanadi. Dala ruhoniylarga qarashli bo‘ladi.
22 Agar biror odam sotib olgan, ya’ni merosi bo‘lmagan dalasini Egamizga bag‘ishlasa,
23 ruhoniy dalaning qiymatini Qutlug‘ yilgacha qolgan yillar soni asosida belgilasin. U odam ruhoniy belgilagan qiymatni o‘sha kuniyoq Egamizga ehson sifatida keltirsin.
24 Qutlug‘ yili esa dala merosxo‘rga — kimdan sotib olingan bo‘lsa, o‘sha odamga qaytarib berilsin.
25 Har qanday narsaning qiymati belgilanganda Muqaddas chodirda ishlatiladigan kumush birligi asos qilib olinsin. Har bir kumush bo‘lagining og‘irligi 2,5 misqol bo‘lsin.
26 Molu qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan bolalarini Egamizga bag‘ishlamang, ular shusiz ham Egamizga tegishlidir.
27 Harom hayvonning to‘ng‘ich bolasini qaytarib sotib olishingiz mumkin. Buning uchun belgilangan qiymatni to‘lab, buning ustiga qiymatning beshdan bir qismini qo‘shib bering. Agar uni qaytarib sotib olmasangiz, ruhoniy uni boshqa birovga belgilagan qiymatga sotib yuborishi mukin.
28 Egamizga tamomila bag‘ishlangan har qanday odamni, jonivor yoki meros qilib olingan yerni qaytarib sotib olish yoki sotib yuborish mumkin emas. Egamizga tamomila bag‘ishlangan har qanday narsa abadiy Egamizga tegishli hisoblanadi.
29 Hatto Egamizga tamomila bag‘ishlangan odamni ham qaytarib sotib olishingiz mumkin emas. Uni o‘ldirishingiz lozim.
30 Yer hosilidan va daraxt mevalaridan olingan ushr ham Egamiznikidir. Bular Egamiz uchun muqaddasdir.
31 Agar birortasi ushrini qaytarib sotib olmoqchi bo‘lsa, ushrning qiymati ustiga qiymatning beshdan bir qismini qo‘shib bersin.
32 Poda va suruvingizdan olingan ushrni — sanalgan har o‘ninchi jonivorni Egamizga bag‘ishlang.
33 Ushr qilib olingan jonivorni tanlamang, uni yaxshisi yoki yomoniga almashtirmang. Agar almashtiradigan bo‘lsangiz, jonivorlarning ikkalasi ham muqaddas hisoblansin, ularni qaytarib sotib olishingiz mumkin emas.
34 Egamiz Muso orqali Isroil xalqiga Sinay tog‘ida bergan amrlar shulardan iborat edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18