Levilar 14 bob

1 Teri kasalligidan forig‘ bo‘lgan odamning poklanishi. 33 Uylardagi mog‘or.

1 Egamiz Musoga
2 xasta odamning poklanish marosimiga oid quyidagi qoidalarni berdi: teri kasalligidan forig‘ bo‘lgan odamni ruhoniyning oldiga olib keling.
3 Ruhoniy uni qarorgohdan tashqarida ko‘rsin. Agar o‘sha odam haqiqatan ham qasalligidan forig‘ bo‘lgan bo‘lsa,
4 ruhoniy uni poklash uchun ikkita halol tirik qushni, sadr yog‘ochini, qirmizi ipni va issop o‘tining bir tutamini keltirsin.
5 Ruhoniyning amriga binoan qushlarning bittasi yangi buloq suvi solingan sopol idish ustida bo‘g‘izlansin.
6 So‘ng ruhoniy tirik qushni, sadr yog‘ochini, qirmizi ipni va issopni olib, buloq suvi ustida bo‘g‘izlangan qushning qoniga botirsin.
7 Keyin qonni teri kasalligidan poklanadigan odamning ustiga yetti marta sepsin. Ruhoniy o‘sha odamni pok, deb e’lon qilsin va tirik qushni dalaga qo‘yib yuborsin.
8 Poklanadigan odam kiyimlarini yuvsin. Hamma sochini qirib tashab, yuvinsin, shunda u pok bo‘ladi. Shundan keyin u qarorgohga kirsin, lekin yetti kun davomida chodirining tashqarisida yashasin.
9 Yettinchi kuni u yana sochini, soqolini, qoshlarini va hamma tuklarini qirsin. So‘ng kiyimlarini yuvib, o‘zi ham yuvinsin, shunda u pok bo‘ladi.
10 Sakkizinchi kuni u ikkita nuqsonsiz qo‘chqor qo‘zini va bitta bir yoshli nuqsonsiz urg‘ochi qo‘zini, don nazri sifatida zaytun moyi qo‘shilgan o‘n ikki kosa sifatli unni va bir kosa zaytunmoyini olib kelsin.
11 Poklanish marosimini olib borayotgan ruhoniy poklanadigan odamni va uning olib kelgan qurbonligu nazrlariniEgamizning oldiga, Uchrashuv chodiri kiraverishiga qo‘ysin.
12 So‘ng qo‘zining bittasini bir kosa zaytun moyi bilan birga ayb qurbonligi sifatida keltirsin. O‘sha narsalarni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatib, yuqoriga ko‘tarsin.
13 U qo‘zini muqaddas joyda, gunoh qurbonligi va kuydiriladigan qurbonlik bo‘g‘izlanadigan joyda so‘ysin. Ayb qurbonligi gunoh qurbonligi singari ruhoniyga tegishlidir. Bu qurbonlik nihoyatda muqaddasdir.
14 Ruhoniy ayb qurbonligining qonidan olib, poklanayotgan odamning o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga va o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga surtsin.
15 So‘ng kosadagi zaytun moyidan olib, o‘z qo‘lining chap kaftiga quysin.
16 O‘ng qo‘lining barmog‘ini chap kaftidagi zaytun moyiga botirib, yetti marta Egamizning oldida sepsin.
17 Chap kaftida qolgan zaytun moyidan poklanayotgan odamning o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘li bosh barmog‘iga va o‘ng oyog‘i bosh barmog‘iga — ayb qurbonligining qoni surtilgan joyga surtsin.
18 Ortib qolgan moyni esa poklanayotgan odamning boshiga surtsin. Shu yo‘sin, ruhoniy poklanish marosimini o‘tkazsin.
19 Keyin ruhoniy gunoh qurbonligini keltirib, poklanish marosimini o‘tkazsin. U kuydiriladigan qurbonlikni so‘yib,
20 don nazri bilan birga qurbongoh ustida kuydirsin. Ruhoniy shu yo‘sin poklanish marosimini o‘tkazsin, shunda kasallikdan forig‘ bo‘lgan odam pok bo‘ladi.
21 Bordi–yu, u odam kambag‘al bo‘lib, bularni qurbonlik qilishiga qurbi yetmasa, u poklanishi uchun yuqoriga ko‘tariladigan ayb qurbonligi sifatida bitta qo‘chqor qo‘zini, don nazri uchun zaytun moyi qo‘shilgan to‘rt kosa sifatli unni va bir kosa zaytun moyini olib kelsin.
22 Bulardan tashqari, imkoniyatiga ko‘ra ikkita kaptarni yoki ikkita musichani olib kelsin. Biri gunoh qurbonligi, ikkinchisi kuydiriladigan qurbonlik uchundir.
23 U bu narsalarni sakkizinchi kuni poklanish uchun Uchrashuv chodiri kiraverishiga, Egamizning oldiga olib kelib, ruhoniyga bersin.
24 Ruhoniy ayb qurbonligi uchun keltirilgan qo‘zini va bir kosa zaytun moyini olib, Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun Egamizning oldida yuqoriga ko‘tarsin.
25 So‘ng qo‘zini so‘ysin, qonidan olib, poklanayotgan odamning o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga va o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga surtsin.
26 Keyin ruhoniy chap qo‘lining kaftiga zaytun moyidan quysin.
27 O‘ng qo‘lining barmog‘i bilan o‘sha moyni yetti marta Egamizning oldida sepsin.
28 So‘ng qo‘lidagi moydan poklanayotgan odamning o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga va o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga — ayb qurbonligining qoni surtilgan joyga surtsin.
29 Qo‘lidagi ortib qolgan moyni poklanayotgan odamning boshiga surtsin. Shu yo‘l bilan ruhoniy poklanish marosimini o‘tkazsin.
30 So‘ng ruhoniy kaptarlarni yoki musichalarni qurbon qilsin.
31 Bittasini gunoh qurbonligi, ikkinchisini kuydiriladigan qurbonlik qilib, don nazri bilan birga keltirsin. Shunday qilib, ruhoniy poklanish marosimini o‘tkazsin.
32 Bu qoidalar teri kasalligidan forig‘ bo‘lgan, lekin poklanish marosimi uchun kerakli qurbonliklarni keltirishga qurbi yetmagan odam uchundir.
33 Muso bilan Horunga Egamiz
34 mog‘or bosgan uylarga oid quyidagi qonunlarni berdi: Egamiz sizlarga mulk qilib beradigan Kan’on yurtiga borganingizdan keyin sizlarga qarashli yurtdagi uyni mog‘or bostirishi mumkin.
35 Shunda xonadon sohibi ruhoniyning oldiga borib: “Uyimni mog‘or bosganga o‘xshaydi”, — deb aytsin.
36 Uydagi narsalar harom deb e’lon qilinmasligi uchun, ruhoniy mog‘orni ko‘rishga kirishdan oldin, uydagi hamma narsalarni chiqartirishni buyursin. Shundan so‘ng uyni ko‘zdan kechirish uchun ichkariga kirib,
37 mog‘or bosgan devorlarni ko‘rsin. Agar mog‘orning ko‘kimtir yoki qizg‘ish dog‘lari bo‘lib, devorga chuqur botib kirgan bo‘lsa,
38 ruhoniy tashqariga chiqib, uyni yetti kunga berkitib qo‘ysin.
39 Yettinchi kuni ruhoniy qaytib kelib, uyni yana ko‘rsin. Agar mog‘or devorga yoyilib ketgan bo‘lsa,
40 ruhoniy mog‘or yoyilgan devordagi toshlarni ko‘chirtirib, shahar tashqarisidagi harom joyga olib borib tashlashni buyursin.
41 So‘ng uy ichkarisidagi devorlarning suvog‘ini ko‘chirtirib, shahar tashqarisidagi harom joyga chiqartirib tashlatsin.
42 Ko‘chirib olingan toshlar o‘rniga boshqa toshlar qo‘ydirib, uyning ichini yangidan suvoq qildirsin.
43 Agar shundan keyin ham uyni mog‘or bossa,
44 ruhoniy kelib uyni ko‘rsin. Mog‘or devorlarga yoyilgan bo‘lsa, bu yoyiladigan zamburug‘dir. Uy harom hisoblanadi.
45 Uy buzib tashlansin, uning tosh, yog‘och va suvog‘ini shahar tashqarisidagi harom joyga olib chiqib tashlashsin.
46 Uy yopiq paytida u yerga kirgan har qanday odam kechgacha harom hisoblanadi.
47 O‘sha uyda uxlagan yoki u yerda ovqatlangan har qanday odam kiyimlarini yuvsin.
48 Bordi–yu, uy yangidan suvoq qilingandan keyin ruhoniy kelib, uyni ko‘rganda devorlarni mog‘or bosmagan bo‘lsa, ruhoniy uyni pok deb e’lon qilsin. Mog‘or yo‘q bo‘lgan bo‘ladi.
49 Uyni poklash uchun ruhoniy ikkita qushni, sadr yog‘ochini, qirimizi ipni va issop o‘tining bir tutamini olsin.
50 Qushning birini sopol idishdagi yangi buloq suv ustida so‘ysin.
51 So‘ng sadr yog‘ochini, issopning tutamini, qirmizi ipni va tirik qushni olib, ularni buloq suvi ustida bo‘g‘izlangan qushning qoniga botirsin–da, uyga yetti marta sepsin.
52 Shu yo‘l bilan uyni poklagandan keyin,
53 tirik qushni shahar chekkasiga olib chiqib, dalaga qo‘yib yuborsin. Shu tariqa ruhoniy uy uchun poklash marosimini o‘tkazsin, shunda uy pok bo‘ladi.
54 Teri kasalligiga va yoyiladigan zamburug‘larga oid qoidalar shudir. Bu qoidalar teridagi qichitmaning,
55 uy va kiyimlardagi mog‘orlarning, teridagi shish, toshma yoki dog‘larning
56 halol yoki harom ekanligini bilish uchun xizmat qiladi. Xullas, teri kasalligi va yoyiladigan zamburug‘larga oid qoidalar shulardan iborat.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак