Levilar 6 bob

8 Kuydiriladigan qurbonlik keltirish qoidasi. 14 Don nazri. 24 Gunoh qurbonligi.

1 Egamiz Musoga quyidagi qoidalarni berdi:
2 agar birortangiz Egamizga xiyonat qilsangiz, ya’ni sizga omonatga berilgan yoki garovga qo‘yilgan narsa haqida qo‘shningizni aldasangiz, yoki qo‘shningizning biror narsasini o‘g‘irlasangiz, yoki tovlamachilik qilsangiz,
3 yoki yo‘qolgan narsani topib olib, topmadim, deb aytsangiz, yoki qasam ichib turib yolg‘on guvohlik bersangiz, siz gunoh qilgan bo‘lasiz.
4 Gunoh qilib, aybingizni tan olganingizdan keyin o‘g‘irlagan, tovlamachilik qilib qo‘lga kiritgan, omonatga berilgan, topib olgan,
5 yolg‘on qasam ichib o‘zingizga olib qolgan har qanday narsani egasiga qaytarib bering. Ustiga o‘sha narsaning beshdan bir qismi qiymatini ham qo‘shib bering.
6 Bundan tashqari, ayb qurbonligi uchun Egamizga nuqsonsiz bir qo‘chqorni yoki qo‘chqorning qiymatiga ko‘ra kumushni olib keling.
7 Ruhoniy Egamiz oldida sizni gunohdan poklaydi, shunda qilgan har qanday aybingiz kechiriladi.
8 Egamiz Muso orqali
9 Horun va uning o‘g‘illariga kuydiriladigan qurbonlikka oid quyidagi qoidalarni berdi: kuydiriladigan qurbonlikqurbongoh ustida tun bo‘yi, ertalabgacha qolsin. Qurbongoh ustidagi olov doim yonib tursin.
10 Ertasi kuni ertalab ruhoniy zig‘ir matosidan tikilgan libos va ichidan ishtonni kiysin. So‘ng kuydirilgan qurbonlikning kulini qurbongoh ustidan yig‘ishtirib olsin. Kulni qurbongohning yoniga tashlasin.
11 Keyin ustidagi liboslarni yechib, boshqa liboslarni kiysin. Kulni qarorgohdan tashqaridagi halol joyga olib chiqib tashlasin.
12 Qurbongohdagi olov o‘chmay doim yonib turishi shart. Har kuni ertalab ruhoniy olovga o‘tin tashlab, uning ustiga kuydiriladigan qurbonlikni qo‘ysin. Tinchlik qurbonligining yog‘ini ham o‘sha olovda kuydirsin.
13 Qurbongohdagi olov zinhor o‘chmasin, u muttasil yonib tursin.”
14 Don nazr qilganda quyidagi qoidaga rioya qilinsin: Horunning o‘g‘illari don nazrini qurbongoh oldiga olib kelishsin.
15 Ruhoniy zaytun moyi qo‘shilgan sifatli unning bir hovuchini va ustidagi xushbo‘y tutatqining hammasini olib, qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish unning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi.
16 Unning qolganidan xamirturushsiz nonlar yopilsin. Horun va uning o‘g‘illari bu nonlarni muqaddas joyda yesinlar. Nonlar Uchrashuv chodirining hovlisida tanovul qilinishi lozim.
17 Unga xamirturush qo‘shilmasin. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan ularga beriladigan ulush shudir. U gunoh qurbonligi va ayb qurbonligi singari g‘oyat muqaddasdir.
18 Horunning naslidan bo‘lgan har bir erkak zoti bu nazrdan yesa bo‘ladi. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga avlodlar osha berilgan doimiy ulush shudir. Bu nazrga tekkan har qanday narsa muqaddas bo‘ladi.”
19 Egamiz Muso orqali yana quyidagi qoidalarni berdi:
20 Horun va uning o‘g‘illari ruhoniylikka tayinlangan kuni Egamizga don nazrini keltirishsin. Bu nazrning miqdori kundalik nazrday to‘rt kosa sifatli undan tashkil topsin. Unning ikki kosasi ertalab, ikki kosasi kechqurun nazr qilinsin.
21 Undan zaytunmoyiga xamir qorilsin, so‘ng tovada qovurilsin. Qovurilgan xamir moyga yaxshilab bo‘ktirilgan bo‘lsin, uni burdalab Egamizga nazr qiling. Bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi.
22 Boshiga moy surtilib, ruhoniylikka tayinlanadigan Horunning o‘g‘li bu nazrni tayyorlasin. Bu turdagi nazr har bir ruhoniylikka tayinlash marosimida Egamizga keltirilsin. Nazrni butunligicha kuydirish lozim.
23 Xullas, ruhoniy keltirgan har qanday don nazri butunligicha kuydirilsin, uni yeyish mumkin emas.
24 Egamiz Muso orqali
25 Horun va uning o‘g‘illariga gunoh qurbonligiga oid quyidagi qoidalarni berdi: gunoh qurbonligi qilinadigan jonivor Egamizning oldida, kuydiriladigan qurbonlik bo‘g‘izlanadigan joyda bo‘g‘izlansin. Bu g‘oyat muqaddas qurbonlikdir.
26 Gunoh qurbonligini keltirgan ruhoniy qurbonlik go‘shtidan tanovul qilsin. Qurbonlik go‘shti muqaddas joyda, ya’ni Uchrashuv chodirining hovlisida yeyilishi lozim.
27 Qurbonlik go‘shtiga tekkan har qanday narsa muqaddas bo‘ladi. Agar qurbonlikning qoni kiyimga sachrasa, kiyim muqaddas joyda yuvilsin.
28 Go‘sht pishirilgan sopol idish sindirilsin. Bordi– yu, go‘sht bronza qozonda pishirilgan bo‘lsa, qozonni ishqalab yuvish lozim.
29 Ruhoniylar urug‘iga mansub har bir erkak zoti bu qurbonlik go‘shtidan tanovul qilsa bo‘ladi. Bu qurbonlik g‘oyat muqaddasdir.
30 Bordi–yu, gunoh qurbonligining qoni Uchrashuv chodirining ichiga, gunohdan poklash uchun Muqaddas xonaga olib kirilsa, bunday qurbonlik go‘shtini tanovul qilish mumkin emas. Uni butunligicha kuydirish lozim.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак