Levilar 8 bob

1 Horun va uning o‘g‘illari ruhoniylikka tayinlanadi.

1 Egamiz Musoga dedi:
2 “Horun va uning o‘g‘illarini Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel, ular bilan birga ruhoniylik liboslarini, muqaddas qiladigan moyni, gunoh qurbonligi uchun buqani, ikkita qo‘chqorni va bir savat xamirturushsiz nonlarni olib kel.
3 So‘ng butun jamoani o‘sha yerga to‘pla.”
4 Muso Egamizning aytganini qildi. Jamoa Uchrashuv chodiriga kiraverishda to‘plangach,
5 Muso ularga dedi: “Men hozir Egam bergan amrni bajaraman.”
6 Muso Horun va uning o‘g‘illarini oldinga chiqarib yuvintirdi.
7 So‘ng Horunning ustiga ko‘ylakni kiydirib, beliga belbog‘ni bog‘ladi. Ustidan ridoni kiydirib, efodni taqdi. Beliga naqsh solingan kamarni bog‘lab, efodni mahkamladi.
8 Ko‘ksiga ko‘krakpech taqib, ko‘krakpech xaltasining ichiga Urim va Tummimni soldi.
9 Horunning boshiga sallani kiydirdi. Egamizning Musoga bergan amriga binoan sallaning old tomoniga oltin lavhani o‘rnashtirdi, bu lavha Horun Egamizga bag‘ishlanganini bildirar edi.
10 So‘ng Muso Muqaddas chodirga va uning ichidagi hamma ashyolarga muqaddas qiladigan moydan surtib chiqib, ularni muqaddas qildi.
11 Qurbongoh ustiga moydan yetti marta sepdi. So‘ng qurbongohga, qurbongoh buyumlariga, qo‘lyuvgichga va qo‘lyuvgich tagligiga moydan surtib, ularni muqaddas qildi.
12 U Horunning boshiga ham muqaddas qiladigan moydan surtib, Horunni Egamizning xizmatiga bag‘ishladi.
13 So‘ng Egamizning amriga ko‘ra, Horunning o‘g‘illarini oldinga chiqarib, ularning ustiga ko‘ylaklar kiydirdi, bellariga belbog‘lar, boshlariga peshanabog‘lar bog‘ladi.
14 Keyin Muso gunoh qurbonligi qilinadigan buqani yetaklab keldi. Horun va uning o‘g‘illari qo‘llarini buqaning boshiga qo‘yishdi.
15 Muso buqani so‘ydi. Qurbongohni poklash uchun barmog‘ini qonga botirib, qonni qurbongohning shoxlariga surtib chiqdi. Qonning qolganini qurbongohning yoniga to‘kdi. Shu yo‘sin u qurbongohni poklab, Egamizga bag‘ishladi.
16 So‘ng buqaning ichak–chovoqlarini qoplagan hamma yog‘larni, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larini ajratib olib, qurbongoh ustida kuydirdi.
17 Buqaning o‘zini esa terisi, go‘shti va ichak–chovoqlari bilan birga, Egamizning amriga ko‘ra, qarorgohning tashqarisiga olib chiqib kuydirdi.
18 So‘ng Muso kuydiriladigan qurbonlik qilish uchun qo‘chqorni olib keldi. Horun va uning o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘yishdi.
19 Muso qo‘chqorni so‘yib, qonidan qurbongohning to‘rtta yon tomoniga sepib chiqdi.
20 So‘ng qo‘chqorning tanasini bo‘laklarga bo‘lib, kallasini, bo‘laklarini va yog‘ini qurbongoh ustida kuydirdi.
21 Ichak–chovoqlari va oyoqlarini yuvib, qo‘chqorni butunligicha qurbongoh ustida kuydirdi. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid bordi. Muso hammasini Egamizning amriga binoan bajardi.
22 So‘ng Muso ikkinchi qo‘chqorni yetaklab keldi. Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash marosimida keltiriladigan qurbonlik shu edi. Horun va uning o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘yishdi.
23 Muso qo‘chqorni so‘yib, qo‘chqorning qonidan Horunning o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga va o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga surtdi.
24 So‘ng Muso Horunning o‘g‘illarini oldinga chiqarib, qo‘chqorning qonidan ularning o‘ng quloqlari solinchaklariga, o‘ng qo‘llari bosh barmoqlariga va o‘ng oyoqlari bosh barmoqlariga surtdi. Qonning qolganini esa qurbongohning to‘rtta yon tomoniga sepib chiqdi.
25 U qo‘chqorning yog‘ini, chunonchi dumbasini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan yog‘larni, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini, buyrak atrofidagi yog‘larini va o‘ng sonini ajratib oldi.
26 Egamiz huzuridagi xamirturushsiz nonlar solingan savatdan xamirturushsiz nondan bittasini, zaytun moyi qo‘shilgan nondan bittasini va chalpakdan bittasini olib, qo‘chqorning yog‘i va o‘ng soni ustiga qo‘ydi.
27 U bularning hammasini Horunning va uning o‘g‘illarining qo‘liga tutqazdi. Ular bularni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tardilar.
28 So‘ng Muso bu nazrlarni ularning qo‘llaridan olib, qurbongoh ustida kuydiriladigan qurbonlik bilan birga kuydirdi. Olovda kuydirilgan bu nazrlardan Egamizga yoqimli hid bordi. Ruhoniylikka tayinlash marosimida keltirilgan nazrlar shular edi.
29 Keyin Muso to‘shni olib, uni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tardi. Egamizning amriga binoan ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan qo‘chqorning bu qismi Musoga tegadigan ulush edi.
30 Muso muqaddas qiladigan moydan va qurbongoh ustidagi qondan olib, Horunga va uning liboslariga hamda Horunning o‘g‘illariga va ularning liboslariga sepdi. Shunday qilib, u Horunni va uning liboslarini hamda Horunning o‘g‘illarini va ularning liboslarini muqaddas qildi.
31 Muso Horun va uning o‘g‘illariga dedi: “Uchrashuv chodiriga kiraverishda qurbonlikning go‘shtini pishiringlar. Go‘shtni o‘sha yerning o‘zida, savatdagi nazr qilingan nonlarga qo‘shib yenglar. Zotan bu Egamizning amridir.
32 Ortib qolgan go‘sht va nonni kuydiringlar.
33 Ruhoniylikka tayinlash marosimi tamom bo‘lgunga qadar, yetti kun davomida Uchrashuv chodiri kiraverishidan jilmanglar.
34 Biz bugungi marosimni Egamizning amriga ko‘ra, sizlarni gunohdan poklash uchun ado etdik.
35 Sizlar Uchrashuv chodiriga kiraverishda kechayu kunduz yetti kun davomida bo‘lib, Egamizning barcha talablarini bajaringlar. Shunda nobud bo‘lmaysizlar. Egamizning amri shudir.”
36 Horun va uning o‘g‘illari Egamizning Muso orqali amr qilgan hamma narsani bajardilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак