Levilar 20 bob

1 Itoatsizlikning jazolari.

1 Egamiz Muso orqali
2 Isroil xalqiga shunday dedi: “O‘z bolasini Mo‘laxgaqurbonlik qilgan har qanday odamga, Isroil xalqidan yoki yurtingizda yashagan musofir bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘lim jazosi berilsin. Butun jamoa uni toshbo‘ron qilsin.
3 Men O‘zim bunday odamga qarshi chiqib, uni xalq orasidan yo‘q qilib yuboraman, chunki u farzandini Mo‘laxga qurbonlik qilib, Muqaddas chodirimni bulg‘agan bo‘ladi, Meni, Muqaddas Xudoni badnom etgan bo‘ladi.
4 Bordi–yu, jamoa bu odamning qilmishidan ko‘z yumib, uni o‘ldirmasa,
5 Men O‘zim jamoaga va ularning barcha xonadonlariga qarshi chiqaman. Ularni xalq orasidan yo‘q qilaman. Menga bevafolik qilib, Mo‘laxga sig‘inadigan barcha izdoshlarini ular qatori qirib yuboraman.
6 Agar biror odam Menga bevafolik qilib, arvoh chaqiruvchiga va folbinga maslahat solsa, Men o‘sha odamga qarshi chiqib, uni xalq orasidan yo‘q qilib yuboraman.
7 O‘zlaringizni Menga bag‘ishlanglar, muqaddas bo‘linglar. Men Egangiz Xudoman.
8 Qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar. Sizlarni muqaddas qiladigan Egangizman.
9 Otasini yoki onasini xo‘rlagan har qanday odamga o‘lim jazosi berilsin. Uning qoni o‘z gardanida qoladi.
10 Agar erkak qo‘shnisining xotini bilan zino qilsa, ikkovi ham o‘ldirilsin.
11 Otasining xotini bilan yotgan erkak otasining sha’niga dog‘ tushirgan bo‘ladi. Bunday erkak va ayol o‘ldirilsin. Ularning qoni o‘z gardanida qoladi.
12 Agar erkak o‘z kelini bilan yotsa, ikkovi ham o‘ldirilsin. Ular Xudo yaratgan tartibni buzgan hisoblanadilar. Ularning qoni o‘z gardanida qoladi.
13 Agar erkak ayol bilan yotganday boshqa erkak bilan yotsa, ularning ikkovi jirkanch ish qilgan bo‘ladilar. Ikkovi ham o‘ldirilsin, ularning qoni o‘z gardanida qoladi.
14 Agar erkak xotin olib, xotinining onasiga ham uylansa, u buzuqlik qilgan bo‘ladi. Ularning uchalovi ham tiriklayin olovga tashlansin. Orangizdan buzuqlikni yo‘q qiling.
15 Agar erkak hayvon bilan jinsiy aloqa qilsa, u o‘lim jazosini olsin. Hayvon ham o‘ldirilsin.
16 Agar ayol hayvonning oldiga borib jinsiy aloqa qilsa, ayolni ham, hayvonni ham o‘ldiring. Ularning qoni o‘z gardanida qoladi.
17 Agar erkak o‘z singlisiga — otasining yoki onasining qiziga uylanib, u bilan qovushsa, sharmandalikka yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Ularning ikkovi ham xalqning ko‘zi oldida yo‘q qilinsin. U singlisining sha’niga dog‘ tushirgani uchun jazoga tortilsin.
18 Agar erkak hayz ko‘rgan ayol bilan yotsa, ikkalasi ayolning hayz manbaini ochgan hisoblanadi. Ularning ikkovi ham xalq orasidan yo‘q qilinsin.
19 Xolangiz yoki ammangiz bilan yotmang. Bunday qilgan odam o‘z qondoshining sha’niga dog‘ tushirgan bo‘ladi. Ularning ikkovi ham jazoga tortilsin.
20 Agar erkak amakisining xotini bilan yotsa, u amakisining sha’niga dog‘ tushirgan bo‘ladi. Erkak ham, ayol ham jazoga tortilsin. Ular farzand ko‘rmay o‘tib ketishadi.
21 Agar erkak akasining yoki ukasining xotiniga uylansa, yaramas ish qilgan bo‘ladi. U akasining yo ukasining sha’niga dog‘ tushirgani uchun, ular farzandsiz o‘tib ketishadi.
22 Qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar, toki Men sizlarni olib borayotgan yurt sizlarni qusib yubormasin.
23 Men oldingizdan quvib yuborayotgan xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ular bu ishlarning hammasini qilganlari uchun, Men ulardan jirkanib ketdim.
24 Sizlar ularning sut va asal oqib yotgan yurtini mulk qilib olasizlar, deb Men sizlarga va’da qilgan edim. O‘sha yurtni sizlarga Men beraman. Men Egangiz Xudoman. Sizlarni xalqlar orasidan ajratib olganman.
25 Shunday ekan, sizlar halol bilan harom hayvonning farqiga, halol bilan harom qushning farqiga borishingiz lozim. Harom hayvonu qushlarni va yerda sudralib yuruvchilarni yeb o‘zingizni bulg‘amang. Men ularni harom, deb e’lon qilganman.
26 O‘zingizni Menga bag‘ishlab, muqaddas bo‘linglar, chunki Men, Egangiz, muqaddasman. Men sizlarni boshqa xalqlardan O‘zim uchun ajratib olganman.
27 Arvoh chaqiradigan va folbinlik qiladigan erkagu ayolning jazosi o‘limdir. Ularni toshbo‘ron qiling, ularning qoni o‘z gardanida qoladi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак