Yeremiyo 5 bob

1 Quddus aholisining gunohlari. 12 Egamiz Isroilni tark etadi. 20 Xudo xalqni ogohlantiradi.

1 Egamiz shunday deydi: “Quddusning har bir ko‘chasiga kirib chiqinglar, Atrofingizga qarab, bilib olinglar, Shahar maydonlarida qidirib ko‘ringlar, Biron adolatli, rostgo‘y odam bormikan. Agar shunday odamni topib kelsangiz, Men Quddus aholisining gunohidan o‘taman.
2 Ular “Egamiz shohid!” deya qasam ichadilar, Ammo ichgan qasamlari yolg‘on.”
3 Ey Egam, Sen haqiqatni izlaysan. Sen bu xalqni urgan eding, Ammo ular og‘riq sezmadilar. Ularni deyarli yo‘q qilib yuborganingda ham, Gapingga kirmadilar. Betlarini toshdan ham qattiq qildilar, Tavba qilishni xohlamadilar.
4 Shunda men ichimda dedim: “Eha, bular kambag‘al–ku! Shuning uchun ularning farosati yo‘q, Ular Egamizning yo‘lini bilmaydi, Xudosining qonunini tanimaydi.
5 Qani, boylarning oldiga boray–chi, Ular bilan gaplashib ko‘ray–chi, Egamizning yo‘lini ular albatta biladi, Ular Xudosining qonunini tanishadi.” Ammo ularning hammasi bo‘yinturug‘ini sindirgan ekan, Egamizga itoat etishdan bosh tortgan ekan.
6 Shuning uchun o‘rmondan chiqqan sher ularni o‘ldiradi, Cho‘ldan kelgan bo‘ri ularni g‘ajib tashlaydi. Qoplon shaharlari oldida pisib turadi, Shahardan chiqqan har bir odamni tilka–pora qiladi. Axir, ular ko‘p gunoh qildilar, Xudoga ko‘p xiyonat etdilar.
7 “Sizlarni qanday qilib kechiraman?! Farzandlaringiz Meni tark etdilar–ku! Xudo bo‘lmagan butlarning nomini o‘rtaga qo‘yib ont ichdilar. Men ularning ehtiyojlarini qondirar edim, Ular esa zino qilaverar edilar, Fohishalarning uyiga to‘dalashib borar edilar.
8 Ular hirsi qo‘zg‘agan ayg‘ir otlar kabi edi, Har biri qo‘shnisining xotiniga kishnar edi.
9 Men ularni buning uchun jazolamaymi?! Shunday bir xalqdan o‘ch olmaymi?!” Egamizning kalomi shudir.
10 “Qani, ularning uzumzorlariga kiringlar, Toklarini kesib tashlanglar. Ammo butunlay yo‘q qilmanglar. Novdalarini sindiringlar, Endi ular Meniki emas.
11 Axir, Isroil va Yahudo xalqlari Menga butunlay hiyonat qilishdi.” Egamizning kalomi shudir.
12 Isroil xalqi Xudo haqida yolg‘on gapirdi, Ular shunday dedi: “Xudo baribir hech narsa qilmaydi. Hech qanday ko‘rgilik boshimizga tushmaydi! Qahatchilik, urush bo‘lmaydi!
13 Payg‘ambarlarining bema’ni so‘zlari shamolga o‘xshaydi, Xudoning so‘zi ularga ayon bo‘lmagan. Bu kulfatlar o‘zlarining boshiga tushsin!”
14 Shuning uchun Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Ey Yeremiyo, xalqim aytgan bu so‘zlari uchun, Men O‘z so‘zlarimni sening og‘zingda olovday qilaman. Bu xalq esa o‘tin kabi bo‘ladi, Olov ularni yondirib tashlaydi.”
15 Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, Men olisdagi bir xalqni qo‘zg‘ataman. Ularni sizga qarshi yuboraman. Ular kuchli, qadimgi bir xalqdir. Bu xalqning tilini sizlar bilmaysizlar, Ularning gaplarini tushunmaysizlar.
16 Ularning hammasi mohir jangchilardir, O‘qlari o‘lim elchilaridir.
17 Ular hosilingizni, noningizni yeb bitirishadi, O‘g‘il–qizlaringizni o‘ldirishadi. Mol–qo‘ylaringizni bo‘g‘izlashadi, Uzumzoru anjirzorlaringizni yo‘q qilishadi. Suyangan mustahkam shaharlaringizni Qilich bilan vayron qilishadi.”
18 Egamiz shunday demoqda: “Shunday kunlarda ham Men O‘z xalqimni butunlay qirib yubormayman.
19 Xalqim sendan: “Nima uchun Egamiz Xudo bunday ishlarni qildi?” deb so‘raganda, sen, ey Yeremiyo, ularga shunday javob ber: “Sizlar Xudoni tark etib, yurtimizda begona xudolarga xizmat qildingizlar. Endi o‘zga yurtda begonalarga xuddi shunday xizmat qilasizlar.”
20 “Borib, Yoqub nasliga shunday deb ayt, Yahudo xalqiga shunday deb e’lon qil:
21 Sizlarning ko‘zingiz bor, ammo ko‘rmaysizlar, Qulog‘ingiz bor, ammo eshitmaysizlar. Ey aqlsiz, befarosat odamlar, Gaplarimni eshitinglar!”
22 Egamiz shunday demoqda: “Nahotki Mendan qo‘rqmasangizlar?! Mening oldimda titramasangizlar?! Axir, Men qumni dengizga chegara qilib qo‘ydim, Qumni o‘tib bo‘lmaydigan abadiy to‘siq qildim. To‘lqinlar ko‘pirib, ko‘tarilsa ham, To‘siqdan ustun kelolmaydi. Hayqirib o‘kirsa ham, Undan oshib o‘tolmaydi.
23 Ammo bu odamlar o‘jar va isyonkordir, Ular yo‘ldan ozib, Meni tark etdilar,
24 Ular ichlarida hech qachon aytmaydilar: “Egamiz Xudodan qo‘rqaylik, U o‘z vaqtida yomg‘ir yog‘diradi–ku. Kuzda ham, bahorda ham yerimizni sug‘oradi– ku. O‘rim–terim mavsumini o‘z vaqtida beradi–ku”, deb.
25 Gunohlaringiz sizlarni bulardan mahrum etdi, Ayblaringiz sizlarni barakadan judo etdi.
26 “Ha, xalqim orasida yaramas odamlar bor. Ular qushtutar kabi pisib yotishar, Tuzoq qo‘yib, odamlarni o‘z domiga tortishar.
27 Ovchi qafasni qushlarga to‘ldirganday, Ular uylarini hiylaga to‘ldirdilar. Shu tufayli kuchayib, davlat orttirdilar,
28 Semirib, yaltirab ketdilar. Qabih ishlarining cheki–chegarasi yo‘q. Ular yetimni oqlashga harakat qilmaydi, Yo‘qsilning haqini himoya etmaydi.
29 Ularni bu uchun jazolamaymi?! Shunday bir xalqdan o‘ch olmaymi?!” Egamizning kalomi shudir.
30 “Qo‘rqinchli va dahshatli ishlar Bu yurtda sodir bo‘lmoqda:
31 Payg‘ambarlar yolg‘ondan bashorat qilmoqda, Ruhoniylar o‘zlaricha xalqni boshqarmoqda, Xalqqa bularning hammasi xush kelmoqda. Ammo oxirida ular nima qilar ekan–a?”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак