Yeremiyo 15 bob

1 Yahudo xalqining qismati. 10 Yeremiyo Egamizga shikoyat qiladi.

1 Egamiz menga dedi: “Hatto Muso bilan Shomuil huzurimda turib, yolvorganda ham, Men bu xalqqa achinmagan bo‘lardim. Bu xalqni huzurimdan hayda! Yo‘qolishsin!
2 Ular sendan “Qayerga boramiz?” deb so‘rashsa, ularga shunday deb ayt: Egamiz shunday demoqda: Hamma peshanasidagini ko‘rsin, Ba’zilar o‘latga yo‘liqib nobud bo‘lsin, Ba’zilar qilichdan o‘tkazilsin, Ba’zilar ochlikdan qirilib ketsin, Ba’zilar asirlikka tushib, surgunga ketsin.
3 Egamiz demoqda: “Ularning boshiga to‘rt xil balo–ofatni keltiraman: ular qilichdan halok bo‘lishadi, jasadlarini itlar sudraydi, qushlar va yovvoyi hayvonlar ularni g‘ajib tashlaydi.
4 Hizqiyo o‘g‘li Manashe Yahudo shohligi taxtida o‘tirib, Quddusda ko‘p qabihliklar qilgan edi. O‘sha qabihliklar tufayli dunyodagi barcha shohliklar xalqimdan hazar qiladigan bo‘ladi.”
5 Egamiz shunday demoqda: “Ey Quddus, kim senga achinar ekan?! Kim sen uchun motam tutar ekan?! Birontasi senga kelib, Hol–ahvol so‘rarmikan?!”
6 Egamiz shunday demoqda: “Sen Meni rad etding, Menga orqa o‘girding. Senga rahm qilaverib charchadim. Endi senga qarshi qo‘l ko‘taraman, Seni yo‘q qilib yuboraman.
7 Men seni yurtning har bir shahrida Bug‘doyni sovurganday sovuraman. Seni farzandlaringdan judo qilaman. Ey xalqim, seni nobud etaman, Axir, sen o‘z yo‘lingdan qaytmading.
8 Men bevalaringni dengiz qumidan ham ko‘p qilaman, Yigitlaringning onalariga qarshi Kuppa–kunduz kuni qirg‘in etuvchini jo‘nataman. To‘satdan boshlariga dahshat va azob–uqubat solaman.
9 Yetti farzandning onasi holdan toyib, jon beradi. Uning quyoshi kunduz kuni botadi, U xo‘rlanib, sharmanda bo‘ladi. Omon qolganlari dushman qilichidan o‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
10 Sho‘rim qurisin! Nega onam meni dunyoga keltirgan ekan–a?! Men butun yurt bilan tortishib, janjallashyapman. Qarz olmagan, qarz bermagan bo‘lsam ham, hamma meni qarg‘amoqda.
11 Egamiz shunday dedi: “Ey Quddus ahli, Men ayrimlaringizni omon qoldiraman, o‘shalarga yaxshiroq taqdir ato qilaman. Qolganingizning ustiga esa dushman tortib kelaman, boshingizga kulfatu og‘ir kunlar solaman.
12 Ey Yahudo xalqi, siz bronza va temirni sindira olmaganingiz kabi, shimoldan sizga hujum qiladigan dushmanlarni ham sindira olmaysizlar.”
13 “Sizlar yurtingizning hamma joyida ko‘p gunohlar qildingizlar. Shuning uchun boyliklaringiz va xazinalaringiz dushmanlarga tekin o‘lja bo‘ladi.
14 O‘zingiz bilmagan yurtda dushmanlaringizga xizmat qilasizlar. Mening g‘azabim olovday sizlarni yamlamay yutadi”, deb aytmoqda Egamiz.
15 Shunda men dedim: Ey Egam, Sen hammasini bilasan, Yodga ol meni, yordam bergin, Meni quvg‘in qilganlardan o‘ch olgin. G‘animlarimga sabr–toqat qilib, Tag‘in meni halok qilib yuborma. Seni deb xo‘rlanganimni esingdan chiqarma.
16 Aytgan har bir so‘zingga tashna edim. So‘zlaringdan shodlanar edim, So‘zlaring dilimga quvonch bag‘ishlar edi. Zero, men Senga tegishliman, Ey Parvardigori Olam — Egamiz.
17 Men xushchaqchaq ulfatlar davrasida o‘tirmadim, Ularning xursandchiligiga sherik bo‘lmadim. Qo‘ling ostida yolg‘iz o‘zim o‘tirar edim, Sen meni g‘azabga to‘ldirgan eding.
18 Nega mening dardim zo‘rayyapti? Nega og‘ir yaram tuzalmayapti? Nahotki yozda qurigan buloq kabi Umidlarimni barbod qilsang?!
19 Egamiz demoqda: “Agar tavba qilsang, seni yana xizmatimga olaman. Bo‘lmag‘ur gaplar o‘rniga to‘g‘ri so‘zlar gapirsang, Seni O‘zimning so‘zlovchim qilaman. Shunda sen ularning oldiga bormaysan, Ular sening oldingga kelishadi.
20 Men seni bu xalq qarshisida Mustahkam bronza devorday qilaman. Ular senga hujum qilishadi, Lekin seni yenga olishmaydi. O‘zim sen bilan birga bo‘laman, Seni xalos qilib, qutqaraman.
21 Ha, fosiqlar qo‘lidan xalos qilaman, Zolimlar changalidan ozod etaman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак