Yeremiyo 42 bob

1 Xalq Yeremiyodan ibodat qilishini so‘raydi. 7 Yeremiyoning ibodatiga Egamiz javob beradi.

1 Hamma lashkarboshilar, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Ho‘shayyo o‘g‘li Ozariyo va kattayu kichik odam
2 Yeremiyoning oldiga borib, shunday dedilar: “Iltimos, bir og‘iz gapimizga quloq soling. Egangiz Xudoga biz uchun ibodat qiling, tirik qolganlar uchun so‘rang. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, ilgarilari biz nihoyatda ko‘pchilik edik, endi esa sanoqli odam qoldik.
3 Biz qayerga borishimizni, nima qilishimizni Egangiz Xudo bizga ko‘rsatsin.”
4 Yeremiyo payg‘ambar ularga shunday javob berdi: “Yaxshi, iltimosingizga binoan Egamiz Xudoga ibodat qilaman. Egamiz nimaiki desa hammasini sizlarga aytaman, hech narsani sizlardan yashirmayman.”
5 Ular esa Yeremiyoga shunday dedilar: “Agar biz Egangiz Xudoning siz orqali aytgan bironta so‘ziga rioya qilmasak, Uning O‘zi oramizda adolatli va sadoqatli shohid bo‘lsin.
6 Biz Egamiz Xudoning hamma amrlariga, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, itoat qilamiz. Egamiz Xudoga itoat qilsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.”
7 Oradan o‘n kun o‘tdi. Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.
8 Yeremiyo Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonni, lashkarboshilarni va odamlarning kattayu kichigini to‘plab,
9 ularga shunday dedi: — Men iltimosingizga binoan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga iltijo qildim. U menga shunday dedi:
10 “Endi shu yurtda qolsangizlargina Men sizlarni barbod qilmayman, balki qayta bunyod etaman, qo‘porib tashlamayman, balki mustahkam o‘rnashtiraman. Sizlarning boshingizga falokat keltirganimdan pushaymonman.”
11 Egamiz shunday deb aytdi: “Bundan buyon Bobil shohidan qo‘rqmanglar. Men sizlar bilan birgaman. Shunday ekan, undan qo‘rqmanglar. O‘zim sizlarni qutqaraman, uning qo‘lidan ozod qilaman.
12 Men sizlarga rahm–shafqat qilaman. Bobil shohi sizlarga achinib, ona yurtingizga o‘rnashtiradi.”
13 Ammo Egangiz Xudoga bo‘ysunmay: “Bu yerda qolmaymiz.
14 Misrga ketamiz, u yerda urush ko‘rmaymiz, burg‘u sadolarini eshitmaymiz, nonga zor bo‘lmaymiz, u yerda yashaymiz”, deb aytadigan bo‘lsangizlar,
15 ey Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamizning so‘zini eshitib qo‘yinglar! Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Agar sizlar Misrga borib, u yerda o‘rnashib olishni qaror qilgan bo‘lsangizlar,
16 o‘sha yerga borganingizda o‘zlaringiz qo‘rqayotgan urushga duch kelasizlar. Sizlar ocharchilikdan qo‘rqyapsizlar, ammo ocharchilik ketingizdan Misrga ergashib boradi, u yerda nobud bo‘lasizlar.
17 Misrga borib, u yerda o‘rnashib olishga jazm qilgan har bir kishi qilichdan, ocharchilik va o‘latdan nobud bo‘ladi. Unday odamlardan birontasi ham tirik qolmaydi, Men ularning boshlariga keltiradigan kulfatdan hech kim qochib qutulmaydi.”
18 Isroil xalqining Xudosi Sarvari Olam shunday demoqda: “Agar sizlar Misrga borgudek bo‘lsangizlar, Men Quddus aholisiga yog‘dirgan qahrimni Misrda sizlarning ustingizga yog‘diraman. Ahvolingizni odamlar ko‘rganda dahshatga tushadi. Sizlarni mazax qilib, nomingizni qarg‘ishlarda ishlatishadi. Sizlar bu yurtni boshqa hech qachon ko‘rmaysizlar.”
19 Ey, Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamiz sizlarga, Misrga bormanglar, deb aytdi. Bilib qo‘yinglar, bugun men sizlarni ogohlantirib qo‘yyapman,
20 sizlar katta xato qilyapsizlar. O‘zlaringiz meni Egangiz Xudoning oldiga jo‘natib: “Iltimos, Egamiz Xudoga iltijo qil, Egamiz Xudo nima desa, hammasini qilamiz”, degan edingizlar.
21 Egangiz Xudoning menga aytgan hamma so‘zlarini bugun sizlarga aytdim, ammo sizlar Uning aytgan bironta so‘ziga itoat qilishni xohlamayapsizlar.
22 Sizlarga aytib qo‘yay: bormoqchi bo‘layotgan joyingizda sizlar qilichdan, ocharchilik va o‘latdan nobud bo‘lasizlar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18