Yeremiyo 23 bob

1 Kelajakka umid. 9 Yeremiyo soxta payg‘ambarlar haqida bashorat qiladi. 33 Yuk haqida.

1 Egamiz shunday demoqda: “Cho‘ponlar yaylovimdagi qo‘ylarni tarqatib yuboryaptilar, ularni yo‘q qilyaptilar. Bunday cho‘ponlarning holiga voy!”
2 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ey xalqimni boqqan cho‘ponlar, sizlar qo‘ylarimni o‘z holiga tashlab qo‘ydingizlar. Ularni tarqatib, uzoqlarga qochirib yubordingizlar. Bu qilgan yovuz qilmishingiz uchun Men sizlarni o‘z holingizga qo‘ymay jazolayman.” Egamizning kalomi shudir.
3 “Men qo‘ylarimni har xil yurtlarga haydab yuborgan edim. Endi O‘zim ularni yig‘ib olaman, o‘zlarining yayloviga olib kelaman. Ular barakali bo‘lib, ko‘payadilar.
4 Men ular ustidan boshqa cho‘ponlarni tayinlayman. Cho‘ponlar qo‘ylarimni boqadilar. Shunda qo‘ylarim hech narsadan qo‘rqmaydi, sarosimaga tushmaydi. Ularning birontasi ham yo‘qolmaydi”, deb aytmoqda Egamiz.
5 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Dovud naslidan solih bir novdani chiqaraman. Bu Shoh donolik bilan hukmronlik qiladi. Adolat va to‘g‘rilik bilan ish tutadi.
6 Uning hukmronligi davrida Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Isroil xalqi osoyishta hayot kechiradi. O‘sha Shohni “Egamiz najotkorimizdir”, deb atashadi.”
7 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: ‘Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid’, deb aytmaydigan bo‘ladi.
8 Buning o‘rniga ular: ‘Isroil naslini shimoldagi yurtdan va surgun qilingan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid’, deb ont ichadigan bo‘ladi. Ular o‘z yurtlarida yashashadi.”
9 Payg‘ambarlar haqida: Yurak–bag‘rim ezilib ketdi, Vujudim titrab ketmoqda. Egamiz tufayli, Uning aytgan muqaddas so‘zi tufayli Men mast odamga o‘xshab qoldim, Sharobga bo‘kkan kishiday bo‘lib qoldim.
10 Evoh, yurt zinokorlarga to‘lib ketdi, La’nat tufayli yer qaqrab qoldi, Dashtdagi yaylovlar qurib yotibdi. Payg‘ambarlar qabihlik qilishga shoshiladi, Kuchini haqsizlik yo‘lida ishlatishadi.
11 Egamiz shunday demoqda: “Payg‘ambaru ruhoniylar betavfiqdirlar, Hatto Mening uyimda ham qabihlik qilganlarini ko‘rdim.”
12 “Shu sababdan yurgan yo‘llari sirpanchiq bo‘ladi, Ular zulmatga g‘arq bo‘lishadi. Hammasi yiqilib qoladi. Jazo oladigan yili, Boshlariga kulfat keltiraman”, deb aytmoqda Egamiz.
13 “Samariya payg‘ambarlari orasida Jirkanch bir ishni ko‘rdim: Ular Baal nomidan bashorat qilishdi, Xalqimni yo‘ldan ozdirishdi.
14 Ammo Quddus payg‘ambarlari orasida Bundan ham battarog‘ini ko‘rdim: Ular zino qilib, yolg‘on ichida yashashadi, Yovuzlarning ishini qo‘llab turishadi, Shuning uchun hech kim yomon yo‘lidan qaytmayapti. Nazarimda ularning hammasi Sado‘m odamlariday bo‘lib qolgan, Quddus aholisi G‘amo‘ra aholisiga o‘xshab qolgan.”
15 Sarvari Olam payg‘ambarlar haqida shunday demoqda: “Men ularga achchiq o‘tdan yediraman, Zaharli suvdan ichiraman, Zero, Quddus payg‘ambarlari tufayli Yurtimda betavfiqlar ko‘payib ketdi.”
16 Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlarga bashorat qilayotgan payg‘ambarlarning gaplariga quloq solmanglar. Ular qo‘yningizni puch yong‘oqqa to‘ldiryapti. Ular Mening og‘zimdan chiqqan so‘zlarni emas, o‘z dil orzularini aytishyapti.
17 Egangizning so‘zidan nafratlangan odamlarga ular hadeb “Hammasi yaxshi bo‘ladi” deyishadi. Yuragidagi o‘jarliklarni bajarganlarga “Boshingizga balo–qazo yetmaydi”, deyishadi.”
18 Xo‘sh, Egamizning kengashida ulardan qaysi biri qatnashibdi?! Xudoning so‘zini qaysi biri eshitibdi?! Qaysi biri e’tibor bilan Uni tinglabdi?!
19 Ana, bo‘ron ko‘tarildi! Bu Egamizning g‘azabidir. Uning g‘azabi quyun girdobi bo‘lib, Fosiqlarning boshiga tushdi.
20 Egamiz ko‘nglidagi niyatini bajarmaguncha, Uni oxirigacha yetkazmaguncha, G‘azabidan tushmaydi. Keyinchalik buni anglab olasizlar.
21 Egamiz shunday dedi: “Bu payg‘ambarlarni Men yubormadim, Ular o‘zlari yugurib bordilar. Ularga Men gapirmadim, Ular esa bashorat qildilar.
22 Agar o‘sha payg‘ambarlar kengashimda bo‘lganlarida edi, So‘zlarimni xalqimga yetkazgan bo‘lardilar. Xalqimni yomon yo‘ldan, Yovuz qilmishlardan qaytargan bo‘lardilar.”
23 Egamiz shunday demoqda: “Men hamma yoqdaman — yaqinda ham, uzoqda ham o‘sha Xudoman.”
24 “Kim Mendan yashirina oladi?! Yeru ko‘kni to‘ldirib turgan Men emasmi?!” deb aytmoqda Egamiz.
25 “Mening nomimdan yolg‘on bashorat qilgan payg‘ambarlarning: “Men bir tush ko‘rdim! Xudo menga bir tush berdi!” deganlarini eshitdim.
26 Qachongacha bu davom etadi?! Ular yuraklaridagi hiylayu nayranglarini, yolg‘on bashoratlarini bas qilishadimi, yo‘qmi?!
27 Ularning ota–bobolari Meni unutib, Baalga sajda qilgan edilar. Shu singari bu soxta payg‘ambarlar “Xalq Egamizni unutsin”, deya bir–birlariga tushlarini aytishadi.”
28 Egamiz shunday demoqda: “Mayli, tush ko‘rgan payg‘ambar tushini aytsin, so‘zimni eshitgan esa uni sadoqat bilan e’lon qilsin. Axir, somon bilan bug‘doyning farqi bor– ku!”
29 Egamiz shunday demoqda: “Mening so‘zim olovday kuydiradi. Qoyani yoradigan bolg‘aday zarba beradi.”
30 Egamiz demoqda: “Bu payg‘ambarlar “Egamizning so‘zi” deb bir–biridan gap o‘g‘irlaydi. Men ularga qarshiman.”
31 “Ha, Men o‘sha payg‘ambarlarga qarshiman”, — deb aytmoqda Egamiz. “Ular o‘zlaricha valdirab yuradilar, yana “bu Egamizning so‘zlari”, deb aytadilar.
32 Uydirma tushlarini aytgan payg‘ambarlarga qarshiman! Ular yolg‘onlariyu telbaligi bilan xalqimni yo‘ldan ozdirishmoqda. Ularni Men tayinlamaganman, xalqimning oldiga Men yubormaganman. Xalqimga ularning zarracha ham foydasi yo‘q.” Egamizning kalomi shudir.
33 Egamiz menga dedi: “Ey Yeremiyo, agar xalqimdan bo‘lgan birorta odam, payg‘ambar yoki ruhoniy sendan: “Bu safar Egamiz bizga nima yuklamoqchi?” deb so‘rasa, sen shunday deb javob ber: “Sizlar o‘zlaringiz Egamizga yuk bo‘ldingizlar. Endi U sizlarni uloqtirib tashlaydi.”
34 Bordi–yu, biron odam, payg‘ambar yoki ruhoniy: “Egamizning so‘zi bizga yuk bo‘ldi”, deb aytadigan bo‘lsa, Men unday odamni butun xonadoni bilan jazolayman.
35 Sizlar bir– biringizdan: “Egamiz nima deb javob berdi?” yoki “Egamiz nima deb aytdi?” deb so‘ranglar.
36 Ammo “Egamiz bizga nima yuklamoqchi?” deya boshqa so‘ramanglar. Zero, odamlar bu iborani ishlatib, o‘z so‘zlarini ishonarli qilmoqchi bo‘ladilar, barhayot Xudo, Sarvari Olam — Xudoyimizning so‘zlarini buzib aytadilar.
37 Sizlar esa payg‘ambarning oldiga borganingizda, undan: “Egamiz sizga nima javob berdi?” yoki “Egamiz sizga nima dedi?”, deb so‘ranglar.
38 Bordi–yu, sizlar gapimga kirmay, “Egamiz bizga nima yuklamoqchi?” deb yana so‘rasangizlar,
39 Men sizlarni yuk ko‘targanday ko‘tarib, O‘z huzurimdan uloqtirib tashlayman. Ota–bobolaringizga O‘zim bergan shaharni ham shu ko‘yga solaman.
40 Abadiy isnod va sharmandalikka duchor qilaman. Bunday sharmandalikni unutib bo‘lmaydi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18