Yeremiyo 11 bob

1 Yeremiyo va Ahd. 18 Yeremiyoning joniga qasd qilishadi.

1 Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2 “Mening Isroil xalqi bilan tuzgan ahd shartlarimga quloq sol. Bularni Yahudo xalqi va Quddus aholisiga yetkaz.
3 Ularga ayt: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ushbu ahd shartlariga rioya qilmagan har bir odam la’nati bo‘lsin!
4 Men ota–bobolaringizni Misrdan, o‘sha temir o‘choq ichidan olib chiqqan edim. Ularga, gaplarimga quloq solinglar, hamma amrlarimni bajaringlar, deb aytgan edim. Agar shunday qilsangiz, sizlar Mening xalqim, Men esa sizning Xudoyingiz bo‘laman, deb aytdim.
5 Men ota–bobolaringizga bergan qasamimni bajarish uchun shu so‘zlarni aytgan edim. Mana, Men ularga va’da qilgan, sut va asal oqib yotgan yurtda sizlar yashab yuribsizlar.” “Omin, ey Egam, aytganing kelsin”, dedim men.
6 Egamiz menga shunday dedi: “Aytadigan gaplarimning hammasini Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shunday deb e’lon qilgin: Ushbu ahdning shartlarini eshitinglar, ularga rioya qilinglar.
7 Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimdan beri ularni ogohlantirib keldim. Ularga: “Mening gaplarimga quloq solinglar”, deb qayta–qayta aytdim.
8 Ammo ular itoat qilmadilar, Menga quloq solmadilar. Aksini qilib, yovuz yuraklarining o‘jarliklarini bajardilar. Shuning uchun ahdda yozilgan hamma la’natlarni ularning boshiga soldim. Men ularga buyurgan ahdimning shartlarini bajarmaganlari uchun shunday qildim.”
9 Egamiz menga dedi: “Yahudo xalqi va Quddus aholisi Menga qarshi fitna uyushtirishmoqda.
10 Ular ota–bobolarining eski gunohlariga qaytishdi. Ota–bobolari singari gaplarimga quloq solmay, begona xudolarga ergashib, sajda qilishdi. Yahudo xalqi Isroil xalqiga taqlid qildi, Men ota– bobolari bilan tuzgan ahdimni ular buzishdi.”
11 Shuning uchun Egamiz shunday deb aytmoqda: “Ularning boshlariga shunday kulfat keltiramanki, birontasi ham qutulib qololmaydi. Menga iltijo qilishsa ham, ularning iltijolariga quloq solmayman.
12 O‘shanda Yahudo xalqi bilan Quddus aholisi xudolariga iltijo qilishadi. Ular bu xudolariga qurbonliklar keltirishar edi. Ammo kulfat kuni o‘sha xudolari ularni aslo qutqarolmaydi.
13 Ey Yahudo xalqi, shaharlaringiz soni qancha bo‘lsa, xudolaringiz ham shunchadir. Quddusdagi ko‘chalar qancha ko‘p bo‘lsa, qurbongohlaringiz ham shunchadir. Sizlar bu qurbongohlarni jirkanch Baalga qurbonliklar keltirish uchun qurgandingizlar.”
14 “Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma. Ular uchun iltijo qilib yolvorma. Ularning boshlariga kulfat tushib, iltijo qilganlarida, Men ularga quloq solmayman.
15 “Aziz xalqim shuncha jirkanch ishlar qildi. Endi uyimga kirishlariga nima haqlari bor?! Va’dalaru qurbonliklar bilan kulfatning oldini olib bo‘larmidi?! Axir, xalqim qabihliklar qilayotganda sevindi–ku!”
16 Egamiz O‘z xalqini “Yaxshi meva beradigan, maftunkor yam–yashil zaytun daraxti”, deb atagan edi. Ammo endi Egamiz bo‘ronning dahshatli tovushi ostida daraxtga o‘t qo‘yadi, uning shox– shabbalari yonib ketadi.
17 Bu daraxtni ekkan Sarvari Olamning O‘zi uni yo‘q qilishga amr berdi. Zero, Isroil va Yahudo xalqlari qabihliklar qildilar. Baalga qurbonliklar keltirib, Xudoni g‘azablantirdilar.
18 Egamiz menga dushmanlarimning fitnasini ayon qildi. Egamiz ularning yovuz qilmishlarini ko‘rsatgani uchun, men bu haqda xabar topdim.
19 Men bo‘g‘izlanishga olib ketilayotgan yuvosh qo‘ziday bo‘lgan ekanman. Dushmanlarim menga qarshi fitna uyushtirganlarini payqamagan ekanman. Ular shunday deb aytishgan edi: “Daraxt va uning mevalari kesilganday, Kelinglar, uni ham bu dunyodan daf qilaylik, Uning xotirasini o‘chiraylik!”
20 Ey Sarvari Olam, Sen adolat bilan hukm qilasan, Insonning yuragini, xayollarini sinaysan. Dushmanlarimdan o‘ch olganingni ko‘ray, Da’voimni O‘zing hal qil!
21 Shunda Egamiz menga shunday dedi: “Ey Yeremiyo, Onoto‘t aholisi senga: “Egamizning nomidan gapirma, bo‘lmasa o‘lasan”, deb aytib yurishibdi.”
22 Ammo Men, Sarvari Olam, shunday demoqdaman: “Men ularni jazolayman! Yigitlari qilichdan o‘ladi. O‘g‘il–qizlari qahatchilikdan nobud bo‘ladi.
23 Ularning birontasi omon qolmaydi. Belgilangan vaqtda Onoto‘t aholisining boshiga kulfat keltiraman.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак