Yeremiyo 30 bob

1 Egamiz O‘z xalqiga va’da beradi.

1 Egamizning so‘zi Yeremiyoga ayon bo‘ldi.
2 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday dedi: “Men senga aytgan barcha so‘zlarimni o‘rama qog‘ozga yozib qo‘y.
3 Shunday kunlar keladiki, Men xalqim Isroilni va Yahudoni yana farovonlikka erishtiraman. Ota–bobolariga bergan yurtga ularni olib kelaman. Ular o‘sha yurtga egalik qiladilar.” Egamizning kalomi shudir.
4 Quyida Egamizning Isroil va Yahudo haqida aytgan so‘zlari yozilgan:
5 “Egamiz shunday demoqda, Sarosima xitoblarini eshitdik. Ana, vahima sadolari eshitilmoqda! Tinchlik yo‘q!
6 Qani, so‘rab ko‘ring: Erkak kishi tug‘adimi? Nega unda men ko‘rgan har bir kuchli erkak Dard tutgan ayolday belini ushlab olgan? Nega har bir erkakning yuzi bo‘zday oqargan?
7 Evoh, naqadar dahshatli bu kun! Bunday kun hech qachon bo‘lmagan. Yoqub nasli uchun bu jabr kuni bo‘ladi, Ammo bu kundan xalqim qutqariladi.”
8 Sarvari Olam shunday demoqda: “O‘sha kuni Men xalqimning bo‘ynidagi bo‘yinturuqni sindiraman, kishanlarini uzib tashlayman. Mening xalqim endi hech qachon ajnabiylarga qul bo‘lmaydi.
9 Ular Menga — O‘z Egasi Xudoga va Men taxtga o‘tqizadigan Dovud avlodidan bo‘lgan shohga xizmat qilishadi.
10 Egamiz shunday demoqda: “Ey qulim Yoqub, qo‘rqma! Ey Isroil xalqi, sarosimaga tushma! Men seni olis yurtdan ozod qilib olib kelaman, Naslingni surgun bo‘lgan mamlakatdan qutqaraman. Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan, Osoyishta va bexatar yashaysan. Endi hech kim seni qo‘rqitmaydi.”
11 Egamiz shunday demoqda: “Men sen bilan birga bo‘laman, O‘zim seni qutqaraman. Seni xalqlar orasiga tarqatgan edim, Endi o‘sha xalqlarning hammasini qirib tashlayman. Seni esa qirib yubormayman, Ammo jazosiz ham qoldirmayman, Adolat ila jazoingni beraman.”
12 Mana, Egamiz xalqiga shunday demoqda: “Yarangni davolab bo‘lmaydi, Sening darding tuzalmasdir.
13 Arzingni eshitadigan odam yo‘q, Yarang uchun dori–darmon yo‘q, Seni davolab bo‘lmaydi.
14 Hamma o‘ynashlaring seni unutdi, Ularning sen bilan ishi yo‘q. Men dushman kabi senga hamla qildim, Shafqatsiz jazoingni berdim. Og‘ir jinoyating, ko‘p gunohlaring uchun, Seni shu ko‘yga soldim.
15 Nechun jon achchig‘ida baqiryapsan?! Yarangni davolab bo‘lmaydi, axir! Og‘ir jinoyating, ko‘p gunohlaring uchun Seni shu ko‘yga soldim.
16 Ammo seni halok qilganlar halok bo‘ladi, Dushmanlaringning hammasi surgun qilinadi. Seni talon–taroj qilganlar talanadi. Senga hujum qilganlar bosib olinadi.
17 Dushmanlar seni “Tashlab ketilgan”, deb atashsa ham, “Hech kimning Quddus bilan ishi yo‘q”, deb aytishsa ham, Men seni sog‘aytiraman, Yarangga shifo beraman.” Egamizning kalomi shudir.
18 Egamiz shunday demoqda: “Men Yoqub naslining chodirlarini qayta tiklayman. Xalqim xonadonlariga rahm–shafqat qilaman. Shahar o‘z vayronalari ustida qayta bunyod bo‘ladi, Saroy o‘z joyida tiklanadi.
19 U yerdan shukrona qo‘shiqlari eshitiladi, Shodlik hayqiriqlari yangrab turadi. Men xalqimni ko‘paytiraman, Ularning soni kamaymaydi. Ularni obro‘–e’tiborli qilaman, Hech kim ularni oyoq osti qilmaydi.
20 Farzandlari oldingiday farovon hayot kechiradi, Jamoasi oldimda mustahkam turadi. Ularga jabr qilganlarni Men jazolayman.
21 Shahzodasi o‘zlaridan chiqadi, Hukmdori Mening xalqimdan bo‘ladi. Men uni O‘zimga yaqinlashtiraman, Shunda u Menga yaqinlasha oladi. Zotan hech kim o‘zidan o‘zi Menga yaqinlashishga jur’at etmaydi!” deb aytmoqda Egamiz.
22 Shunda sizlar Mening xalqim, Men esa sizlarning Xudoyingiz bo‘laman.
23 Qaranglar, Egamiz g‘azabga mindi, Uning qahri bo‘ronga o‘xshaydi, Avj olgan to‘fonday, Fosiqlarning boshiga tushadi.
24 Egamiz niyatini to‘liq bajarmaguncha, O‘z g‘azabidan tushmaydi. Keyinchalik buni anglab olasiz.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак