Yeremiyo 28 bob

1 Yeremiyo va Xanoniyo payg‘ambar.

1 Ayni o‘sha yili, ya’ni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronlik qilayotgan ilk davrida, to‘rtinchi yilining beshinchi oyida Xanoniyo payg‘ambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Ozzurning o‘g‘li edi. U menga shunday dedi:
2 “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Bobil shohi solgan bo‘yinturuqni Men sindirib tashladim.
3 Shoh Navuxadnazar uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman.
4 Bundan tashqari, Bobilga surgun bo‘lgan Yahudo shohi Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni va u bilan birga hamma asirlarni qaytarib olib kelaman. Men Bobil bo‘yinturug‘ini sindirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.
5 Shunda men Egamiz uyida hozir bo‘lgan ruhoniylar va xalq oldida Xanoniyoga
6 shunday dedim: “Omin! Egamiz shunday qilsin. Bashorat qilgan so‘zlaringizni Egamizning O‘zi bajo aylasin. O‘z uyining ashyolariyu asirlarni Bobildan qaytarib, bu yerga olib kelsin.
7 Endi esa men sizga va xalqqa aytmoqchi bo‘lgan mana bu gaplarimni eshiting.
8 Sizdan va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlar ko‘p yurtlaru buyuk shohliklarga qarshi urush, ocharchilik va o‘latni bashorat qilgan edilar.
9 Tinchlikni bashorat qilgan payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lganidan keyingina, xalq uni “haqiqatan ham Egamizning elchisi”, deb tan olar edi.”
10 So‘ng Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyoning gardanidagi bo‘yinturuqni olib sindirdi–da,
11 to‘planib turgan xaloyiqqa murojaat qilib dedi: “Egamiz aytmoqda, xuddi shunday qilib, Men ikki yil ichida Bobil shohi Navuxadnazarning xalqlarga solgan bo‘yinturug‘ini olib, sindirib tashlayman.” Bu gaplardan keyin Yeremiyo o‘z yo‘liga ketdi.
12 Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyo payg‘ambarning gardanidagi bo‘yinturuqni sindirgandan keyin, ko‘p o‘tmay Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qilib dedi:
13 “Xanoniyoning oldiga borib, shunday deb ayt: Egamiz aytmoqda, sen yog‘och bo‘yinturuqni sindirding, ammo o‘shaning o‘rniga Men temirini yasayman.
14 Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu xalqlarning gardaniga temir bo‘yinturuq solaman. Ularning hammasi Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilishadi. Ha, ularning hammasi Navuxadnazarga bosh egadi. Men hatto yovvoyi hayvonlarni ham Navuxadnazarning izmiga topshiraman.”
15 Yeremiyo payg‘ambar Xanoniyo payg‘ambarga dedi: “Menga qara, Xanoniyo, Egamiz seni yubormagan. Sen esa bu xalqni yolg‘on gaplaringga ishontirib qo‘yding.
16 Shu qilganing uchun Egamiz shunday demoqda: Men seni yer yuzidan daf qilaman. Sen o‘z bashoratlaring bilan xalqni Egangga qarshi qo‘zg‘atganing uchun shu yiliyoq o‘lasan.”
17 O‘sha yilning yettinchi oyida Xanoniyo olamdan o‘tdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18