Naximiyo 8 bob

1 Ezra xalqqa Tavrotni o‘qib beradi. 13 Chayla bayrami.

1 Yettinchi oyda Isroil xalqi o‘z shaharlarida o‘rnashib olgandan keyin,butun xalq Suv darvozasi oldidagi maydonda to‘plandi. Ular tafsirchi Ezraga: “Isroil xalqiga Muso orqali Egamiz bergan Tavrotni olib keling”, deb aytdilar.
2 Shunday qilib, yettinchi oyning birinchi kunida ruhoniy Ezra Tavrotni jamoa oldiga olib keldi. Erkagu ayol, esini tanigan hamma odam shu yerda edi.
3 Ezra Suv darvozasining oldidagi maydonda sahardan peshingacha jamoaga Tavrotni o‘qib berdi. Jamiki xalq diqqat bilan quloq solib tingladi.
4 Tafsirchi Ezra yig‘in uchun tayyorlangan baland yog‘och supa ustida turardi. Uning o‘ng tomonida Mattitiyo, Shama, Onoyoh, Uriyo, Xilqiyo, Masiyo va chap tomonida Podiyo, Mishail, Malkiyo, Xashum, Xashbaddanax, Zakariyo, Mashullom turardi.
5 Ezra baland supa ustida turgani uchun jamiki xalq uni ko‘rib turar edi. U butun xalqning ko‘zi oldida Tavrot kitobini ochdi. Ezra kitobni ochganda, butun xalq o‘rnidan turdi.
6 So‘ngra Ezra ulug‘vor Xudo — Egamizni olqishladi, jamiki xalq qo‘llarini ko‘tarib, “Omin, Omin”, dedi. So‘ng xalq ikki bukilib, Egamizga ta’zim qildi.
7 Xalq joyida turar ekan, levilar — Yeshuva, Banix, Sharaviyo, Yomin, Oqquv, Shabbatay, Xo‘diyo, Masiyo, Kilit, Ozariyo, Yo‘zabad, Xanon va Paliyo xalqqa Tavrotni tushuntirar edilar.
8 Ular Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib, o‘qiganlarini tarjima qilib berardilar, Tavrotning mazmunini tushuntirardilar, shuning uchun xalq o‘qilganlarni tushundi.
9 Butun xalq Tavrot so‘zlarini eshitganlarida yig‘ladi. Lekin hokim Naximiyo, ruhoniy va tafsirchi bo‘lgan Ezra, shuningdek, xalqqa Tavrotni tushuntirgan levilar butun jamoaga aytdilar: “Bugungi kun Egamiz Xudoga bag‘ishlangan muqaddas kundir, shuning uchun qayg‘urmanglar, yig‘lamanglar.”
10 Keyin Ezra xalqqa dedi: “Endi uylaringizga qaytib boringlar, yog‘li taomlar yeb, shirin sharob ichinglar. Hech narsa tayyorlamaganlarga taomlaringizdan beringlar. Bugungi kun Rabbimizga bag‘ishlangan muqaddas kundir. Bugun qayg‘urmanglar, axir, Egamiz tufayli topgan sevinchingiz najot qo‘rg‘oningizdir.”
11 Levilar ham jamiki xalqqa: “Xotirjam bo‘linglar, qayg‘uga botmanglar, chunki bu kun muqaddasdir”, deb tasalli berdilar.
12 Jamiki xalq Tavrotdan eshitgan so‘zlarini anglab tushunganlari uchun, yeb–ichgani, taom ulashib, katta xursandchilik qilgani uylariga ketishdi.
13 Ertasi kuni jamiki xalqning urug‘boshilari, ruhoniylar va levilar Tavrot so‘zlarini o‘rganish uchun tafsirchi Ezraning huzuriga kelishdi.
14 Ular Tavrotni o‘rganib, Muso orqali Egamiz bergan Chayla bayrami haqidagi amrni topdilar. Bu amrga ko‘ra, Isroil xalqi yettinchi oyda nishonlanadigan Chayla bayrami kunlarida chaylalarda yashashlari kerakligini bildilar.
15 Bundan tashqari, Quddusda va Isroil xalqining hamma shaharlarida quyidagilar e’lon qilinishi kerakligini ham bilib oldilar: “Tavrotda yozilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, qirlarga chiqinglar, chaylalar yasash uchun zaytun daraxti, mirta butasi, palma daraxtining va boshqa daraxtlarning shox–shabbalaridan olib kelinglar.”
16 Shunday qilib, xalq borib, shox–shabbalar olib keldi va o‘zlari uchun chaylalar yasashdi. Ular chaylalarni uylarining tomlarida, hovlilarida, Xudoning uyi hovlisida, Suv darvozasi yonidagi maydonda, Efrayim darvozasi yonidagi maydonda yasadilar.
17 Asirlikdan qaytgan hamma odamlar chaylalar yasab, o‘sha chaylalarda yashadilar. Nun o‘g‘li Yoshua davridan beri Isroil xalqi bunday bayramni nishonlamagan edi. Hamma g‘oyat xursand edi.
18 Ezra har kuni — bayramning birinchi kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi. Tavrotda talab qilinganiday, ular yetti kun bayramni nishonladilar, sakkizinchi kuni muqaddas yig‘in bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18