Naximiyo 2 bob

1 Naximiyo Quddusga boradi. 11 Naximiyo Quddus devorini ko‘zdan kechiradi.

1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili, Nison oyi edi. Bir kuni shohga sharob keltirildi. Men sharobni olib kirib, unga uzatdim. Shoh qarshisida men hech qachon g‘amgin ahvolda bo‘lmagandim.
2 Shuning uchun shoh mendan so‘radi: — Nega g‘amgin ko‘rinasan? Kasalga o‘xshamaysan–ku! Yuragingda biror darding bo‘lsa kerak–a? Men qattiq qo‘rqib ketdim,
3 shunga qaramay shohga dedim: — Shoh hazratlarining umrlari uzoq bo‘lsin. Ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shahar tashlandiq bo‘lib, o‘sha shaharning darvozalari yondirib yuborilsa–yu, nega g‘amgin bo‘lmayin?!
4 Shoh mendan: — Tilaging nima? — deb so‘radi. Shunda men Samoviy Xudoga ibodat qilib,
5 shohga shunday javob berdim: — Agar shoh hazratlari ma’qul topsalar, bu qulingiz shoh hazratlaridan marhamat topgan bo‘lsa, meni Yahudo yurtiga — ota–bobolarimning qabrlari joylashgan shaharga yuborsalar, deb iltimos qilmoqchi edim, toki men u shaharni qaytadan qurayin. —
6 Malika ham shohning yonida o‘tirgan edi. Shoh mendan: — Qancha vaqt yo‘l yurasan? Qachon qaytib kelasan? — deb so‘radi. Shoh menga marhamat qilib, ijozat berdi. Men unga qachon qaytib kelishimni aytdim.
7 So‘ngra shohga yana dedim: — Agar shoh hazratlari ma’qul deb topsalar, Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimlariga maktublar yozib berilsa, toki Yahudoga kirib borishim uchun ular menga ijozat berishsin.
8 Yana shoh hazratlarining o‘rmon qorovuli Osifga ham maktub yozilib, unga ko‘rsatma berilsa. Ma’bad yonidagi qal’a darvozalari uchun, shahar devori uchun va o‘zim yashaydigan uy uchun yog‘och tayyorlagani u menga daraxtlar kesib bersin. Men nima so‘ragan bo‘lsam, shoh hammasiga ijozat berdi, chunki Xudoyimning marhamati menga yor edi.
9 Shoh bir necha lashkarboshisini va otliq sipohlarini menga hamroh qilib jo‘natdi. Men Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimlari huzuriga borib, ularga shohning maktublarini berdim.
10 Bayt–Xo‘ronlik Sanballat va Ommonlik malay To‘viyo: “Isroil xalqining manfaati uchun jon kuydiradigan bittasi kelibdi”, degan gapni eshitib, g‘oyat g‘azablandilar.
11 Shunday qilib, men Quddusga yetib keldim. Oradan uch kun o‘tgach,
12 tunda o‘rnimdan turdim, yonimga bir nechta sheriklarimni olib, tashqariga chiqdim. Lekin Quddus haqidagi Xudo ko‘nglimga solgan rejamni hech kimga aytmadim. Men mingan eshakdan bo‘lak boshqa birorta hayvonni o‘zimiz bilan olmadik.
13 Men tunda Soylik darvozasi orqali shahardan chiqib, Ajdar bulog‘iga, u yerdan Go‘ng darvozasiga bordim. Vayron bo‘lib yotgan Quddus devorini, yonib ketgan darvozalarini ko‘zdan kechirdim.
14 So‘ngra Buloq darvozasiga va Shoh hovuziga bordim. Lekin minib borayotgan eshagim vayronalar orasidan yo‘l topa olmadi.
15 Shu sababdan men Qidron soyligiga tushdim. Soylik bo‘ylab chiqib borib, o‘sha yerdan devorni ko‘zdan kechirishda davom etdim. So‘ng ortimga qaytib, Soylik darvozasi orqali shaharga kirdim.
16 Qayerga borganimni, nima qilayotganimni shahar amaldorlari bilmasdilar. Men yahudiylarga, ruhoniylarga, yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va ishda qatnashadigan boshqa odamlarga hali hech gap aytmagandim.
17 Nihoyat, endi ularga shunday dedim: “Qanchalar kulfatda qolganimizni o‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar! Quddus vayron bo‘lib yotibdi, shaharning darvozalari yonib ketgan. Kelinglar, shahar devorini qaytadan quraylik, sharmandali ahvolimizdan qutulaylik.”
18 Xudoyimning marhamati menga yor bo‘lganini va shohning menga aytgan gaplarini ularga aytib berdim. Ular: “Qurilishni boshlaylik”, deyishdi. Shunday qilib, ular ishni boshlashga tayyor bo‘ldilar.
19 Bayt–Xo‘ronlik Sanballat, Ommonlik malay To‘viyo va Arabistonlik Gashim buni eshitib, bizning ustimizdan kuldilar, nafrat bilan shunday dedilar: — Bu qilayotganlaringiz nimasi?! Sizlar shohga qarshi isyon ko‘taryapsizlarmi?!
20 Men ularga shunday javob berdim: — Samoviy Xudo ishimizning barorini beradi. Biz, Uning qullari, devorni qayta qurishni boshlaymiz. Ammo sizlar bizga gaplaringni o‘tkaza olmaysizlar, qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. Sizlar bizning diniy marosimlarimizda ham qatnasha olmaysiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18