Naximiyo 5 bob

1 Naximiyo kambag‘allarga yordam beradi. 14 Naximiyoning fidoyiligi.

1 Oradan bir oz vaqt o‘tgach, ba’zi erkagu ayollar o‘z yahudiy birodarlaridan qattiq noliy boshlashdi.
2 Ulardan ba’zilari shunday deb aytishardi: “Biz ko‘pchilikmiz, bola–chaqamiz ko‘p. Bizga bug‘doy kerak, bo‘lmasa ochlikdan o‘lib qolamiz.”
3 Boshqa ba’zi birlari esa shunday deb aytishardi: “Ocharchilik paytida donimiz bo‘lsin, deb dalalarimizni, uzumzorlarimizni, uylarimizni garovga beryapmiz.”
4 Yana birovlari shunday deb nolishardi: “Dalalarimiz va uzumzorlarimiz solig‘ini shohga to‘lash uchun pulni qarzga olyapmiz.
5 Bizning yahudiy birodarlarimizdan kam joyimiz yo‘q! Ularning bolalari bizning bolalarimizdan ortiq emas. Lekin o‘g‘il–qizlarimizni qul, cho‘ri qilib sotishga majbur bo‘lyapmiz. Ha, qizlarimizdan ba’zilari cho‘ri qilib sotildi ham. Bu xususda biror narsa qilishga ojizmiz. Axir, dalalarimiz, uzumzorlarimiz endi boshqalarning qo‘lida.”
6 Ularning dod–faryodlarini, shikoyatlarini eshitib, qattiq g‘azablandim.
7 Bu to‘g‘rida mulohaza qilib, yo‘lboshchilar bilan amaldorlarni koyidim: “Sizlar hali birodarlaringizning garovga qo‘ygan mulklarini tortib olyapsizlarmi?!” So‘ngra katta bir yig‘in chaqirtirib, yo‘lboshchilarga tanbeh berdim:
8 “Butparast xalqlarga qul va cho‘ri qilib sotilgan yahudiy birodarlarimizni imkonimiz boricha qaytarib sotib oldik. Endi esa birodarlaringizning qullikka sotilishiga o‘zlaringiz sababchi bo‘lyapsizlar. Ularni biz yana qaytarib sotib olishimiz kerakmi?!” Yo‘lboshchilar va amaldorlar sukut saqlab, miq etmay turaverdilar.
9 Men gapimni davom ettirdim: “Qilayotgan ishlaringiz yaxshi emas. Dushman xalqlarga masxara bo‘lmasligingiz uchun Xudoyimizdan qo‘rqib yurishlaringiz kerak emasmi?!
10 Mana, mening yaqinlarim, odamlarim, hatto o‘zim ham yahudiy birodarlarimizga qarzga pul va bug‘doy berib turibmiz. Kelinglar, endi ularning garovga qo‘yilgan narsalarini tortib olmaylik!
11 Sizlar ulardan tortib olgan dalalarni, uzumzorlarni, zaytunzorlarni, uylarni, foiz qilib olgan pullarni, donni, sharobni, zaytun moyini hoziroq o‘zlariga qaytarib beringlar.”
12 Yo‘lboshchilar va amaldorlar shunday dedilar: “Aytganlaringizni qilamiz. Biz ularning hamma narsasini qaytarib beramiz, ulardan endi hech narsa talab qilmaymiz.” Men ruhoniylarni chaqirdim, bergan va’dalarini bajarishlari uchun yo‘lboshchilar va amaldorlarga qasam ichirdim.
13 So‘ng belbog‘imni yechib qoqdim–u shunday dedim: “Shu va’dani bajarmaganni Xudo xuddi shunday qilib qoqib yuborsin. Uni uyidan va mol–mulkidan mahrum qilsin. Xudo o‘sha odamlarni qup–quruq qoldirsin.” Butun jamoa “Omin”, deb, Egamizga hamdu sanolar aytdi. Yo‘lboshchilar va amaldorlar bergan va’dalarida turdilar.
14 Men Yahudo yurti hokimi etib tayinlanganim uchun xalqdan oziq–ovqat talab qilish huquqiga ega edim. Lekin hokimligimning o‘n ikki yili davomida — Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilidan to o‘ttiz ikkinchi yiligacha men xalqdan o‘zim uchun ham, qarindosh–urug‘larim uchun ham hech qanday oziq–ovqat talab qilmadim.
15 Mendan oldingi hokimlar xalqdan kuniga qirq kumush tanga bilan birga oziq–ovqat va sharob ham olib, xalqning yelkasiga minib olgan ekan. Hatto hokimlarning odamlari ham xalqqa hukmini o‘tkazardilar. Men esa Xudodan qo‘rqqanim uchun shunday qilmadim.
16 Buning o‘rniga men butun kuchimni devorni qayta qurishga bag‘ishladim. Odamlarimning hammasi ta’mirlash ishlariga bel bog‘lagan edi. Yer sotib olishga vaqtimizni sarflab o‘tirmadik.
17 Mening dasturxonimdan har kuni 150 yahudiy va ularning amaldorlari taom yer edilar. Bulardan tashqari, atrofdagi xalqlardan kelgan mehmonlarning oyog‘i menikidan uzilmas edi.
18 Har kungi dasturxonimga bitta buqa, oltita semiz qo‘y va bir qancha tovuqlar talab qilinardi. Har o‘n kunda mesh–mesh turli xil sharob kerak bo‘lardi. Lekin xalq shusiz ham og‘ir soliqlar ostida qolib ketganini bilar edim. Shu bois men hokim sifatida talab qilishga haqqim bo‘lgan oziq– ovqatdan voz kechdim.
19 Ey Xudoyim! Bu xalq uchun qilgan hamma ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак