Naximiyo 12 bob

1 Ruhoniylar va levilar ro‘yxati. 10 Oliy ruhoniy Yoshuaning avlodlari. 12 Ruhoniy urug‘boshilari. 22 Levilar urug‘boshilari. 27 Naximiyo shahar devorini bag‘ishlaydi. 44 Ma’badda sajda qilish mo‘ljallanadi.

1 Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel va Yoshua bilan birga asirlikdan qaytib kelgan ruhoniylar hamda levilar quyidagilardir: Ruhoniylar: Sarayo, Yeremiyo, Ezra,
2 Emoriyo, Mallux, Xattush,
3 Shaxaniyo, Raxum, Miromo‘t,
4 Iddo, Ginaton, Abiyo,
5 Minyomin, Mo‘vadiyo, Bildax,
6 Shamayo, Yo‘xariv, Yodayo,
7 Sallu, Omoq, Xilqiyo, Yodayo. Bular Yoshua davridagi ruhoniylarning va ruhoniy hamkorlarining yetakchilari edilar.
8 Levilar: Yeshuva, Binnuy, Kadmil, Sharaviyo, Yahudo va Mattaniyo. Mattaniyo va uning hamkorlari shukrona madhiyasini kuylaydiganlar uchun mas’ul edilar.
9 Bobuhyo, Unno va ularning hamkorlari madhiyaning jo‘r bo‘lib aytilishi uchun mas’ul edilar.
10 Yoshua — Yo‘yiqimning otasi, Yo‘yiqim — Eliashabning otasi, Eliashab — Yo‘xadaxning otasi,
11 Yo‘xadax — Yo‘xanonning otasi, Yo‘xanon Yodduvaning otasi edi.
12 Oliy ruhoniy Yo‘yiqim davrida quyidagi ruhoniylar urug‘boshilar edilar: Sarayo urug‘idan — Moriyo. Yeremiyo urug‘idan — Xanoniyo.
13 Ezra urug‘idan — Mashullom. Emoriyo urug‘idan — Yoxuhanon.
14 Mallux urug‘idan — Yo‘natan. Shaxaniyo urug‘idan — Yusuf.
15 Xarim urug‘idan — Adna. Miromo‘t urug‘idan — Xalkay.
16 Iddo urug‘idan — Zakariyo. Ginaton urug‘idan — Mashullom.
17 Abiyo urug‘idan — Zikri. Minyomin urug‘idan ham bir urug‘boshi bor edi. Mo‘vadiyo urug‘idan — Piltay.
18 Bildax urug‘idan — Shammuva. Shamayo urug‘idan — Yo‘natan.
19 Yo‘xariv urug‘idan — Mattanay. Yodayo urug‘idan — Uzzi.
20 Sallu urug‘idan — Kalloy. Omoq urug‘idan — Ibir.
21 Xilqiyo urug‘idan — Xashaviyo. Yodayo urug‘idan — Natanil.
22 Oliy ruhoniylar Eliashab, Yo‘xadax, Yo‘xanon va Yodduva davrlarida levilar ro‘yxatda o‘z urug‘boshilari nomi bilan qayd etilganlar. Fors shohi Doro hukmronligi davrida esa ro‘yxatga olishning bunday usuli ruhoniylarga nisbatan qo‘llanilgan edi.
23 Oliy ruhoniy Eliashab nevarasi Yo‘xanon davrigacha “Tarix kitobi”dagi ro‘yxatlarda levilar o‘z urug‘boshilari nomlari bo‘yicha yozilganlar.
24 Quyidagilar levilarning urug‘boshilari edilar: Xashaviyo, Sharaviyo, Yeshuva, Binnuy, Kadmil va ularning hamkorlari Mattaniyo, Bobuhyo va Obodiyo.
25 Xudoning odami Dovud bergan farmonga ko‘ra, ular Xudoga hamdu sano va shukrona aytayotganlarida, ikki guruhga bo‘linib, bir– birlariga ro‘parama–ro‘para turib, kuylar edilar. Mashullom, Talmo‘n va Oqquv Ma’bad darvozabonlari edilar. Ular Egamizning uyi darvozalari yonidagi omborxonalarni qo‘riqlar edilar.
26 Bu odamlar oliy ruhoniy Yo‘yiqim, hokim Naximiyo, ruhoniy hamda tafsirchi Ezraning zamondoshlari edilar. Oliy ruhoniy Yo‘yiqim — Yoshuaning o‘g‘li, Yohuzadaxning nabirasi edi.
27 Quddusning yangi devori Xudoga bag‘ishlanayotganda Yahudo yurtidagi hamma levilar chaqirildi. Ular xursandchilik paytida shukrona qo‘shiqlar kuylab, zang, arfa, chang chalib, marosimda ishtirok etishlari kerak edilar.
28 Levi qo‘shiqchilari Quddus atrofidagi qishloqlardan yig‘ilib keldilar. Quddus atrofidagi o‘sha qishloqlarni levilar o‘zlari uchun qurgan edilar.
29 Natufo, Bayt–Gilgal, G‘ibo va Ozmobi shaharlarining atrofidagi qishloqlarda yashaydigan levilar ham yig‘ilib keldilar.
30 Ruhoniylar va levilar o‘zlarini pokladilar, so‘ngra xalqni, Quddus darvozalarini va devorini pokladilar.
31 Keyin men Yahudo yo‘lboshchilarini devor ustiga chiqardim. Xudoga shukrona aytadigan ikkita katta guruh qo‘shiqchilarni tayinladim. Qo‘shiqchilarning bir guruhi devor ustida janubga — Go‘ng darvozasi tomonga tantana bilan yurdi.
32 Ho‘shayyo Yahudo yo‘lboshchilarining yarmini ergashtirib, birinchi guruh qo‘shiqchilarning orqasidan bordi.
33 Ularning orqasidan esa quyidagi ruhoniylar karnaylar chalib bordilar: Ozariyo, Ezra, Mashullom,
34 Yahudo, Benyamin, Shamayo va Yeremiyo.
35 Ularning ketidan Yo‘natan o‘g‘li Zakariyo bordi. Zakariyoning nasabnomasi quyidagicha edi: Yo‘natan — Shamayoning o‘g‘li, Shamayo — Mattaniyoning o‘g‘li, Mattaniyo — Mixiyoning o‘g‘li, Mixiyo — Zakkurning o‘g‘li, Zakkur Osaf naslidan edi.
36 Zakariyoning yonida uning hamkorlari — Shamayo, Ozariyol, Milalay, Jilalay, May, Natanil, Yahudo, Xoninni bor edilar. Ular Xudoning odami shoh Dovudning ko‘rsatmasiga binoan musiqa asboblarini ko‘tarib borardilar. Tafsirchi Ezra birinchi guruh qo‘shiqchilarining orqasidan borayotganlarni boshlab bordi.
37 Ular Buloq darvozasidan Dovud qal’asiga olib boradigan zinapoya orqali to‘g‘riga yurdilar. Dovudning saroyidan o‘tib, sharq tomondagi Suv darvozasiga ketdilar.
38 Xudoga shukrona aytayotgan ikkinchi guruh qo‘shiqchilar devorning ustida shimol tomonga ketdilar. Men Yahudo yo‘lboshchilarining yarmini boshlab, ikkinchi guruh qo‘shiqchilarning ortidan ketdim. Biz Tandir darvozasidan, Keng devoridan,
39 Efrayim darvozasidan, Yashono darvozasidan, Baliq darvozasidan, Xanonil minorasidan, Yuz minorasidan va Qo‘y darvozasidan o‘tdik. Nihoyat, Qo‘riqchi darvozasi yonidagi manzilga yetib bordik.
40 Shunday qilib, Xudoga shukrona aytgan ikkala guruh Xudoning uyi oldida to‘xtadi. Yonimdagi yo‘lboshchilar bilan birga,
41 quyidagi ruhoniylar ham karnay chalib, ikkinchi guruh qo‘shiqchilar ortidan yurdilar: Eliyaqim, Masiyo, Minyomin, Mixiyo, Eliyo‘nay, Zakariyo va Xanoniyo.
42 Ularning ketidan Masiyo, Shamayo, Elazar, Uzzi, Yohuxanon, Malkiyo, Elam va Eyzar borgandilar. Qo‘shiqchilar o‘zlarining yo‘lboshchisi Yizraxiyo boshchiligida kuylagandilar.
43 O‘sha kuni xalq ko‘p qurbonliklar keltirib, xursandchilik qilishdi, chunki Xudo ularga ko‘p shod–xurramlik ato qilgan edi. Ayollar va bolalar ham xursand edilar. Quddusdagi shodlik sadolari uzoqlardan eshitilib turardi.
44 O‘sha kuni Ma’baddagi omborxonalar ustidan odamlar tayinlandi. Omborxonalarda hadyalar, birinchi hosildan keltirilgan nazrlar va ushrlar saqlanar edi. Tayinlangan odamlar Tavrotga ko‘ra, shaharlar atrofidagi dalalardan ruhoniylar va levilar uchun ulushlarni yig‘ib, omborxonalarga olib kelishlari kerak edi. Chunki Yahudo xalqi ruhoniylar va levilarning xizmatini qadrlar edi.
45 Ruhoniylar, levilar poklash marosimlarini va Xudo tayin etgan boshqa marosimlarni bajarar edilar. Qo‘shiqchilar va darvozabonlar ham, ular qatorida, shoh Dovud va uning o‘g‘li Sulaymondan qolgan farmonga muvofiq, Ma’badda xizmat qilar edilar.
46 Darvoqe, ko‘shiqchilarga boshlovchi tayinlab, Xudoga hamdu sano va shukronalar aytish odati azaldan — Dovud va Osif davridan boshlangan edi.
47 Zarubabel davrida ham, Naximiyo davrida ham butun Isroil xalqi qo‘shiqchilar va Ma’bad darvozabonlari uchun kundalik ulushlarni berardi. Ular levilar uchun ham ulush ajratishardi, levilar esa ruhoniylarning ulushini ajratib berishar edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак